Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali 558-22 guruh talabasi fayziraxmonov Oybek


Download 10.81 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi10.81 Kb.
#1538468
  1   2
Bog'liq
3-topshiriq (3)


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI 558-22 GURUH TALABASI Fayziraxmonov Oybek.

3-topshiriq.




  1. Fillips egri chizig’i.

  2. Ouken koiffitsiyenti.

  3. Monetar qoida.

ishchi kuchi bozori o'zining maxsus tovari-ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'ziga xos o'rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo'Iadi. Birinchidan, ishchi kuchi bozori ikki mustaqil subyekt-kapital egasi va ishclii kuchi egasi manfaatlarining o'zaro to'qnashish munosabatlari hisoblanadi. Ulami bozorga o'zaro qarama-qarshi xohish va maqsadlar 371 yetaklaydi, ya’ni ularning biri ishchi kuchini sotishni istasa, boshqa biri uni xarid qilishni istaydi. Ular o'rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o‘zi bo'yicha emas, balki u mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo'yicha boradi. Bitim natijasi bo'lib kapital egasi tomonidan sotib olingan ishchi kuchi evaziga to'lanadigan ish haqi miqdori hisoblanadi. Hckinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida bo'lgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o'rtasida bo'sh ishchi o'mini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi. Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo'lgan yalpi talabdan doimiy ravishda ko'proq bo'lish tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo'lmagan qismi ishsizlaming vujudga kelishiga olib keladi. To'rtinchidan, bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o'rtasida ma’lum o'zaro bog'liqlik mavjud bo'lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada pasayib ketishi: narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to'lovga qodir talabning pasayishi va h.klar orqali namoyon bo'ladi. Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat inflatsiyaning o'sishi uchun asosiy sabab bo'lishi ham, yoki, aksincha, uning o'sishiga to'sqinlik qilishi ham mumkin. Mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlaming ulushi qanchalik oz bo'lsa, narxlarning inflatsiya ta’siri ostidagi o'sish sur’atlari shunchalik yuqori bo'ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflatsiyaning o'sishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatib berib, bu bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq Filips egri chizig'i deb nom oldi (20.1-rasm). Unga ko'ra, inflatsiya darajasini l%ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2%ga o'stirish zarur bo'ladi.


F illips egri chizig’i.
bu yerda,
W - nominal ish haqining o‘sish sur’ati;
P - inflatsiya darajasi;
U - ishsizlik darajasi.
Ishsizlik va inflatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflatsiya darajasini nazorat qilishi, balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirining oldini olishi ham zarur.
Download 10.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling