Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi yig‘ilishining
Download 53.5 Kb.
|
16-bayonnoma dastlabki himoya 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- TINGLANDI: H.Boltaboye
- H.Boltaboyev
- Yig‘ilish raisi: prof. H.Boltaboyev Kotiba: S.Mamatova
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi yig‘ilishining 2023-yil 8-apreldagi 16-sonli yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma 2023-yil 8-aprel Toshkent shahri QATNASHDILAR: kafedra mudiri, prof. H.Boltaboyev (yig‘ilish raisi), prof. N.Rahmonov, PhD J.Mahmudov, PhD Sh.Xojiyeva, PhD R.Mullaxo‘jayeva, PhD D.Kazakbayeva, S.Mamatova (kotiba) va 2-kurs magistrlar. K U N T A R T I B I: Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) magistratura mutaxassisligi 2-bosqich talabalarining magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasi. TINGLANDI: H.Boltaboyev: Assalomu alaykum! Hurmatli kafedra a’zolari! Bugun 2-bosqich magistrlarining dastlabki himoyasini o‘tkazish masalasi kun tartibiga qo‘yilgan. Magistrlarga dissertatsiya himoyasiga qo‘yiladigan talablarni hamda reglamentning 10 daqiqadan oshmasligini eslatib o‘tmoqchiman. Ushbu masala yuzasidan 2-bosqich magistrlariga so‘z navbatini beramiz. R.Akramova: Dissertatsiya mavzusi “Umumta’lim maktablarida jadid adabiyotining o‘qitilishi”. Ishning tuzilishi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. (Dissertant mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning obyekti, predmeti, maqsadi, ilmiy yangiligi, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili va 3 bobning qisqacha annotatsiyasi haqida gapirdi. Ma’ruza matni bayonnomaga ilova qilinadi) H.Boltaboyev: Dissertantga savollar bormi? Umumta’lim maktablari uchun “Milliy dastur” asosida ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilayotgan yangi darsliklarda jadid adabiyotini o‘qitish borasida qanday o‘zgarishlar mavjud? Ushbu darsliklarning amaldagi “Adabiyot” darsliklaridan farqi nimada? R.Akramova: Yangi avlod darsliklari amaldagi “Adabiyot” darsliklaridan farq qiladi. “Milliy dastur” asosida ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilayotgan yangi darsliklarda Yozuvchi va shoirlar hayoti va ijodiga oid qisqa ma’lumotlar berilgan va asosiy e’tibor matn tahliliga qaratilgan. Amaldagi “Adabiyot” darsliklarida esa adiblar hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berilar edi. Qolaversa, har bir asar o’rganilgandan keyin u haqida darslik mualliflarining talqini berilar edi. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchi uchun tayyor ma’lumot bo‘lib, o‘quvchi fikrlashga, o‘qiganlarini tahlil qilishga yo‘naltirilmas edi. H.Boltaboyev: Ushbu holat yuzasidan qanday taklif berdingiz? R.Akramova: Badiiy matn tahlilida darslik mualliflarining tayyor talqinini o‘quvchiga taqdim etishdan ko‘ra uning o‘zini badiiy asar matnini tahlil qilishga yo‘naltirish taklifi berildi. N.Rahmonov: Badiiy matn tahlilida nimalarga e’tibor berish kerak, deb o‘ylaysiz? R.Akramova: Badiiy matn tahlilida asardan g‘oya izlashdan qochish kerak, deb o‘ylayman, tahlil jarayonlarida badiiy asar g‘oyasi, mavzusi, muallifning maqsadini aniqlashdan ko‘ra, asarning o‘quvchi ruhiyatiga ta’sirini aniqlash, muallifning mahoratiga e’tibor qaratish, badiiy matnning yutuq va kamchiliklarini aniqlash ijobiy samara beradi. H.Boltaboyev: Boshqa savollar bo‘lmasa, endi so‘z dissertantning ilmiy rahbari Q.Yo‘ldoshevga va taqrizchilarga. Q.Yo‘ldoshev: Dissertatsiya ishiga ilmiy xulosa taqdim qilganman. Shu bilan cheklanaman. (Ilmiy rahbar xulosasi ilova qilinadi.) Ichki taqrizchi: dots. (PhD) Sh.Hojiyeva (taqriz ilova qilinadi). H.Boltaboyev: Dissertant ma’ruzasi tinglandi, ilmiy rahbar xulosasi, ichki taqrizchi fikrlari va savol-javoblar inobatga olinib, ushbu magistrlik dissertatsiyasini ochiq himoyaga tavsiya etish mumkin. Dissertant R.Akramovaning yakunlovchi so‘zi: ishimizni sinchiklab o‘qib, yutuq va kamchiliklarimizni ko‘rsatib bergan taqrizchiga va mavzuga eʼtibor qilib savollar bergan ustoz va magistrantlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. QAROR QILINDI: 1. R.Akramovaning “Umumta’lim maktablarida jadid adabiyotining o‘qitilishi” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyaga tavsiya etilsin. 2. Muhokama vaqtida ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘rilash dissertant R.Akramova va uning ilmiy rahbariga topshirilsin. 3. Ushbu qarorni tasdiqlash fakultet ilmiy kengashidan so‘ralsin. Yig‘ilish raisi: prof. H.Boltaboyev Kotiba: S.Mamatova Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling