Mirzoxidbek


Download 15 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi15 Kb.
#167763
Bog'liq
Video piksellar haqida


720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?

MIRZOXIDBEK

2043

10.09.2020 13:40



720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?

«Bu nima?» rukni davom etadi. 720p, 1080p va 4K'lar tasvir rezolyutsiyasini ifodalaydi.

720p

Bunda tasvir kattaligi eniga 1280, bo‘yiga esa 720 ta pikseldan iborat bo‘ladi.



Aslida, HD (yuqori tiniqlik) formati bo‘lgan 720p video kontent rezolyutsiyasi, videokameraning tasvir yozish imkoniyati hamda displeyning piksel o‘lchamlarini ham ifodalaydi. 720p, tabiiyki, 1080p'dan quyiroq rezolyutsiya hisoblanadi va undan ko‘ra kamroq detallga ega bo‘ladi.

O‘QING: YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

1080p

1080p rezolyutsiyaga ega videoda tasvir eniga 1920, bo‘yiga esa 1080 ta pikseldan tarkib topgan bo‘ladi. Ba’zi hollarda 1080p rezolyutsiyasi 1920 x 1080 piksel bo‘lgan displeylarni ham ifodalaydi. Rasmlar haqida gap ketganda 1080p'ga ko‘zingiz tushsa, bu 2 megapikselni anglatayotgan bo‘ladi.



O‘QING: Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

4K

4K formatdagi tasvir eniga 3840, bo‘yiga 2160 ta pikseldan iborat bo‘ladi. Video yozuv, video kontent va displeyga oid termin sifatida 4K'ni yana Ultra HD (UHD) deyish ham mumkin. «4K» atamasi tasvirning eniga joylashgan piksellari sonidan olingan. Biroq 720p va 1080p'larning nomlanishi tasvirdagi bo‘yiga joylashgan piksellar miqodiridan kelib chiqqan. 1080p bilan taqqoslaganda, 4K ham bo‘yiga, ham eniga ikki karra ko‘proq detallga ega. Megapiksel haqida gap ketganda, 4K 8 megapiksel bo‘ladi.



4K'dan keyingi kattalikdagi rezolyutsiya esa 8K. Bu haqda keyingi maqolalarimizda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Download 15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling