Mitoxondriya


Download 21.84 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi21.84 Kb.
#1200424
Bog'liq
ОН саволлари 16 - 24


16. Poya (caulis) — oʻsimlikning shoxbarg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya. ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi
17. Mitoxondriya (yun. mitos - ip, chondrios — donacha) — eukariot hujayralar organoidi. Mitoxondriya ikki qavat membrana bilan oʻralgan; ichki membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. Mitoxondriyaning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi. Mitoxondriya matriksida DNKRNKribosomalar va oqsil sintezida qatnashuvchi fermentlar mavjud boʻlgani tufayli oʻz oqsillarining bir qismi sintezlanadi
18. Qoplovchi toʻqimalar - oʻsim liklarni tashqi muhitning noqulay sharoitidan himoya qilib turadigan toʻqimalar. Tigʻiz joylashgan hujayralardan iborat. Birlamchi Qoplovchi toʻqimalar (epi-dermis) barglar va yosh novdalarning sirtida boʻladi. Uning hujayralarining sirtqi qalin devori kutikula bilan qoplangan, oʻsimlikni qizib ketishdan va suvning ortiqcha bugʻlani-shidan himoya qiladi.
19. Plastidalar (yun. plastos — shakllangan) — avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi. Yuksak oʻsimliklarda 3 xil-ga: yashil xloroplastlar (XP), rangsiz leykoplastlar (LP) va rangli xromoplastlar (XR)ga boʻlinadi. XP — lin-zasimon yoki sharsimon tangachalar, 
20. Endoplazmatik toʻr, endop lazmatik retikulum — eukariotlar hujayrasining membranali umumiy organoidi. AQSH olimi K.Porter fibroblastlar endoplazmasida kashf etgan (1945). Uning nafis tuzilishi elektron mikroskop kashf etilganidan keyin oʻrganilgan. Endoplazmatik toʻr hujayrada oʻzaro tutashgan bir qavat membrana bilan sitoplazmadan chegaralangan mayda vakuolalar va naychalar sistemasidan iborat. Endoplazmatik toʻr qalinligi 5— 7 nm, koʻpincha yadroning tashqi membranasi va hujayra membranasi bilan tutashgan. Endoplazmatik toʻr silliq (agranulyar) va donador (granulyar) boʻladi. Silliq Endoplazmatik toʻr membranasida ribosomalar boʻlmaydi. Silliq Endoplazmatik toʻr lipidlar horil boʻlishi va toʻplanishida, glikogen almashinuvida, triglitseridlar, steroid gormonlar sintezida, zaharli moddalar toʻplanishi va ajratilishida qatnashadi
21. Meva (fruct) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar mevasi (partenokarp meva) urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. Mevalarning shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tu-gunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻjagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi
22. Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o`simlikni havodan oziqlanishiga xizmat qilishdir. Poya barg va ildiz orasida boglovchi oraliq bo`lib, unda hosil bo`lgan moddalarni o`tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib turib maxanik funksiyani bajaradi. Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo`ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo`lib ularni quyidagi shoxlanish tiplariga ajratish mumkin.
23. O’simliklarning tanasi har xil to’qimalardan tashkil topgan bo’ladi. Shakli jihatdan o’xshash bo’lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar guruhiga to’qima deyiladi. Тo’qimalar shakliga ko’ra 2 xil bo’ladi. Parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralardan tashkil topgan to’qimalar, parenximatik to’qimalar, prozenximatik hujayralardan tashkil topgan to’qimalar, prozenximatik to’qimalar deyiladi. Тo’qimalar kelib chiqishiga ko’ra 2 ta katta guruhga bo’linadi: 1) Embrional- hosil qiluvchi to’qimalar; 2) Doimiy to’qimalar. Doimiy to’qimalar bajaradigan vazifasiga ko’ra 5 xil bo’ladi. 1) Qoplovchi; 2) Asosiy; 3) Mexanik; 4) O’tkazuvchi; 5) Ajratuvchi to’qimalar.
24. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan Poyalar bor. Poya silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan Poya boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) P.si boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham o’sadi.
Poyaning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar Poyasining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar Poyasi 200—300 m keladi. Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. Mas, tuban yusinlar Poyasi faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yo’sinlar Poyasi qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, pla-unlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan
Download 21.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling