Mm-78-guruh talabasi Maxkamov Javohir Nazorat savollari


Download 85.27 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi85.27 Kb.
#138715
Bog'liq
MM-78-guruh talabasi Maxkamov Javohir


MM-78-guruh talabasi Maxkamov Javohir


Nazorat savollari

1. Kapital bahosi nima?

2. Kapital bahosi qanday aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi omillarni izohlang.

3. Qarz mablagʻlari orqali moliyalashtirishda kapital bahosini aniqlash tartibini izohlab bera olasizmi?



Javoblar:

1. Kapital bahosi (Cost of Capital) – ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa va kapital hajmi oʻrtasidagi nisbatning foizdagi ifodasi.

2. Ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa va kapital hajmi oʻrtasidagi nisbatning foizlarda aks ettiriladigan miqdori kapital bahosi (Cost of Capital –CC) deb ataladi.

Kapital bahosi = (Kapital egasiga to'lovlar / Jalb qilingan kapital)*100%

Mos ravishda korxona kapitalining umumlashgan bahosi uning alohida komponentlari bahosi qoʻshilgan holda aniqlanadi.

Korporativ moliyani boshqarishda kapital bahosi asosiy koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi va quyidagilarni hal qilishda keng foydalaniladi:

- investorlar tomonidan qoʻyilgan mablagʻ boʻyicha talab qilinadigan qaytimni oʻzida aks ettiradi;

- investitsiyalarning bir necha xil variantlaridan birini toʻgʻri tanlash imkonini beradi;

- moliyalashtirish manbalari tarkibini boshqarishning asosi hisoblanadi;

- korxona faoliyatining va mulkdorlar uchun qoʻshimcha qiymat yaratishning samaradorligini oshirish richaglaridan biri sifatida yuzaga chiqadi va boshqalar.

Amaliyotda asosiy murakkablik mos manbalardan olinadigan kapitalning alohida komponentlari bahosini aniqlashda kuzatiladi. Ba’zi manbalar uchun kapital bahosini aniqlash birmuncha oson. Masalan kreditlar boʻyicha kredit shartnomasida keltirilgan foiz toʻlovlari, yoki obligatsiyalar boʻyicha emissiya prospektida qat’iy belgilangan foiz stavkasi kapital bahosini oʻzida ifodalaydi. Boshqa aksariyat manbalar boʻyicha esa kapital bahosini aniqlash birmuncha murakkab hisoblanadi va aniq hisoblash imkoniyati mavjud emas. Lekin taqdim etilgan kapitaldan foydalanish hisobiga kapital egasi tomonidan talab qilinadigan toʻlovlar, jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar (emissiya xarajatlari, kredit shartnomasini rasmiylashtirish, sugʻurtalash, garov, maslahatchilar jalb qilish va boshqa xarajatlar) korxona tomonidan aniqlanishi mumkin. Kapital bahosi mablagʻlarni jalb qilish uchun sarflanadigan vaqt va risk omillari ta’sirini baholashni ham taqozo etadi.



3. Korxona kapitalini shakllantirishning uzoq muddatli qarz manbalari an’anaviy turlari sifatida bank kreditlari, obligatsiyalar, lizing va boshqalarni keltirish mumkin.Aksariyat qarz manbalarining manbasi haqiqatda jalb qilingan summa va uning qoplanishi boʻyicha toʻlovlar oqimi asosida aniqlanishi haqida yuqorida ham ta’kidlandi. Buning uchun bizga ma’lum boʻlgan pul oqimlari boʻyicha daromadlilikning ichki me’yori (IRR)ni hisoblash formulasidan foydalanamiz.


bu yerda, CF1 – pul oqimi (qoidaga koʻra annuitet);

R – qarz mablagʻining toʻliq qiymati (mazkur toʻlovlar oqimlari boʻyicha daromadlilikning ichki me’yori, IRR);

N – toʻlovlar umumiy soni;

D0 – t = 0 davrda jalb qilingan qarz mablagʻi miqdori;

TC – qarz mablagʻini olish bilan bogʻliq jami xarajatlar miqdori.

Umumiy holatda har qanday qarz mablagʻining muhim xususiyatlaridan biri sifatida qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlanadagigan foiz toʻlovlarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilishi yoki mahsulot tannarxiga kiritilishini keltirish mumkin. Shuning uchun 1-formuladan olingan R miqdor mazkur natijani aks ettirish maqsadida (1 – T) koʻpaytuvchiga toʻgʻrilanadi.

Shunday qilib, qarz kapitalining yakuniy bahosi toʻlanadigan foyda soligʻi ta’sirini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi:



Kd = R x (1 – T),

bu yerda, kD – qarz kapitali bahosi;

T – foyda soligʻi stavkasi.

Misol koʻrib chiqamiz.



Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10 yil, yillik kupon stavkasi 10% va bir yilda bir marta toʻlanadigan obligatsiya muomalaga chiqardi. Emissiya hajmi – 100 000 dona. Obligatsiyalar nominalga nisbatan 93,2% kurs boʻyicha joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish boʻyicha xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda soligʻi stavkasi 20%. Qarz mablagʻi qiymatini aniqlang.

Masala ma’lumotlarini 1-formulaga qoʻyib chiqamiz

Mazkur tenglikni yechish 0,1210 ga teng boʻlgan miqdorni beradi (tekshirib koʻrish kerak). Shunda foyda soligʻini hisobga olgan holda obligatsion qarz qiymati 2-formulaga asosan



kD = 0,1210 x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%.

1-formuladan va keltirilgan misoldan koʻrinib turibdiki, soliqni hisobga olmasdan obligatsiyaning oldingi bahosi amaliy jihatdan uning haqiqiy bahosiga va istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga bogʻliqlik kasb etmaydi. Oʻz navbatida, 2-formulaga muvofiq obligatsiyaning haqiqiy bahosi amaliyotda uni jalb qilishga ketgan xarajatlarni ham hisobga olgan holda nominaldan (kapital egasi talab qiladigan nominaldan ham) past narxda boʻlib koʻrinadi. Qarz kapitali qiymatini pasaytirishning koʻrib chiqilayotgan ta’sir natijasi “soliq orqali himoya” deb yuritiladi. Lekin agarda firma zarar bilan ishlayotgan boʻlsa, qarz kapitali bahosi moliyaviy xarajatlarga mustasno ravishda real imkoniyatlar yoʻqligi sababli oʻzgarmaydi.



Qarz mablagʻlari jalb qilish orqali moliyalashtirishda kapital bahosini aniqlashda 1-formulaga universal yondashuv sifatida qaraladi. Shuning uchun lizing, veksel, kreditlar boʻyicha ham kapital qiymatini baholashda 1-formuladan foydalanish mumkin. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning murakkab instrumentlari hisoblangan konversiyalanadigan yoki chaqirib olinadigan obligatsiyalar va boshqalar boʻyicha kapital qiymatini baholash birmuncha murakkab jarayon hisoblanadi.
Download 85.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling