MMT-73 Mavzu:O’zbekistondagi siyosiy partiyalar Reja: - 1.Siyosiy partiyalar haqida tushuncha
- 2.O’zbekistondagi siyosiy partiyalar tarixi
- 3.Vatan taraqqiyoti va FMD partiyalari haqida.
1.Siyosiy partiyalar haqida tushuncha. - Siyosiy partiyalar - ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi va ularning eng faol vakillarini birlashtiruvch siyosiy tashkilotlardir. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng Siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya mavjud: Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi.
O’zbekistondagi 5 ta Siyosiy partiyaning logotiplari 2.O’zbekistondagi siyosiy partiyalar tarixi 1. O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi - XDP si Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1991-yil 15-noyabrda roʻyxatga olingan. Oʻzbekiston XDP har bir oila, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qatʼi nazar, moddiy va maʼnaviy farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklarini kafolatlashni oʻz vazifasi deb biladi. Oʻzbekiston XDP yetakchisi Ulug’bek Inoyatov .
- Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri hisoblanadi. U 1995-yil 18-fevralda partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, dasturi va ustavi qabul qilingan va shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Partiyaning bosh maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsial-demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi. O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Bahrom Abduhalimov.
3.O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi - 1995 yilning 3 iyunida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida tashkil topgan. OʻzMTDP teran milliy ruh va dunyoqarashga ega boʻlgan, ruhan va qalban vatanparvarlik gʻoyalarini, siyosiy jihatdan oʻz taqdirini oʻzi belgilashga, milliy birlik va milliy tiklanishni muhim hayotiy maqsadlari deb ifoda etayotgan fuqarolarning qarashlari va manfaatlarini birlashtiradi.O’zbekisto Milliy tiklanish demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.
- Bu partiya 2003 yil 4-oktabrda tashkil topgan. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘yini oshirishda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish partiyanng asosiy maqsadlaridan biri hisoblabadi. O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi yetakchisi O’ktam Haitov.
- O‘zbekiston Ekologik partiyasi 2008 yil 2 avgustda tashkil topgan. 2008 yil 20 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. O‘zbekistonning bugungi fuqarolari va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof muhitda yashash huquqiga ega bo‘lishlari, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanish partiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.O’zbekiston Ekologik partiyasi raisi Nazrullo Oblomurodov.
3.Vatan taraqqiyoti va FMD partiyalari haqida. - Vatan taraqqiyoti partiyasi 1992 yil mart oyida tuzilgan. Aʼzolari soni 35 mingdan ortiq bo’lgan .Partiyaning maqsad va vazifalari erkin bozor munosabatlari asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va maʼnaviy mustaqilligini rivojlantirishdir. 2000 yilda partiya «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi bilan birlashib, Fidokorlar nomi ostida faoliyat koʻrsata boshladi. FMDP Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri.Fidokorlar milliy demokratik partiyasi 1998-yil 4-yanvarda tuzilgan . 2000-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomidan prezidentlikka Islom Abdugʻaniyevich Karimov nomzodi koʻrsatildi. Keyin FMDP si Millit tiklanish demokratikpartiyasi bilan birga parlamentda "Demokratik blok"ka birlashgan.
E’tiboringiz uchun Raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |