Mobil ilovalar yaratish fanidan yakuniy nazorat ishi


Download 1.07 Mb.
bet1/6
Sana07.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1174215
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdisaidova Sitora (2)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
AMALIY MATEMATIKA VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
MOBIL ILOVALAR YARATISH FANIDAN
Yakuniy nazorat ishi
Mavzu: Mamlakatlar haqida
Bajardi: Abdisaidova S
Qabul qildi: Navruzov E
Toshkent – 2022 yil
Reja
1. Android OS haqida qisqacha tushuncha;
2. Activity nimaligi haqida, Activity lar o‘rtasida ma'lumot almashish haqida tushuncha;
3. Berilganlar adapter, berilgalarni ro‘yxat ko‘rinishda aks yettirish haqida tushuncha;
4. SQLite berilganlar bazasi haqida tushuncha;
5. Mobil ilova (topshiriq) haqida tushuncha, qanday vazifani bajaradi, qanday imkoniyatlar bor;
6. Mobil ilovada nimalar bo‘lishi k.k:
a. Activitylar o‘rtasida ma'lumot almashish;
b. Berilganlar ro‘yxat ko‘rishida aks yettirish;
c. Berilganlar bazasidan foydalanish;
7. Mobil ilovaning rasmlari;
8. Xulosa (qisqacha);
9. Adabiyotlar;


Android operasion tizim haqida qisqacha.
Dastlab Android operasion tizimi 2003 yilda AQShning KALIFORNIYa shtatida joylashgan Android Inc firmasi tomonidan yaratilgan. Bu firma asoschilari: Andy Rubin, Chris White, Nick Sears va Rich Miner lar bo‘lgan. Android Inc firmasi o‘z ish faoliyati davomida 2 ta OT: Android 1.0 Astro va Android1.1 Bender (mashhur robotlar nomi) nomli operatsion tizimlarni chiqarishga muyassar bo‘ladi. 2005 yil, Google kompaniyasi Android Inc firmasini 130 mln. dollarga sotib oladi va o‘zi bu operatsion tizimni chiqarishni davom ettiradi. 2007 yil 5 noyabrda, Android ni ommaga tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tgan, lekin dastlabki Android 1.0 versiyasi 2008 yil 23 sentyabrda foydalanuvchilarga taqdim etilgan. Android OT ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni bo‘ldi.
Open Handset Alliance (OHA) — bu mobil qurulmalar uchun ochiq standartlarni ishlab chiqadigan 84 ta kompaniyaning biznes ittifoqi, bular Google Inc., HTC, Intel, Motorola, Asus, Qualcomm, Samsung, LG Electronics, Huawei, T-Mobile, NVIDIA, Wind River Systems va boshqa kompaniyalar.
Operasion tizim - bu maxsus dastur bo‘lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o‘rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta'minlash.
Operasion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS, Windows operasion tizimlari, Apple firmasining Macintosh – MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari.
Operasion tizimlarning asosiy vazifalariga - fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta'sirni tutib olishvah.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma'lumotlar butunligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.)kiradi.

Activity
Aktivnosti (Activity) - bu dasturning ko‘rinadigan qismi (ekran, oyna, shakl), foydalanuvchi grafik interfeysini namoyish qilish uchun javobgardir. Bundan tashqari, dastur bir nechta faoliyatga ega bo‘lishi mumkin, masalan, elektron pochta bilan ishlash uchun mo‘ljallangan dasturda bitta xatlar yangi harflar ro‘yxatini namoyish qilish uchun ishlatilishi mumkin, boshqa amal yozish uchun ishlatilishi mumkin, yana bittasi harflarni o‘qish uchun ishlatilishi mumkin.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling