Mobil texnologiyalarning ta`limdagi o`rni nfc texnologiyasi


Download 0.52 Mb.
Sana11.05.2020
Hajmi0.52 Mb.
#104982
Bog'liq
мобил технология

Mobil texnologiyalarning ta`limdagi o`rni

NFC texnologiyasi

  • Yildan yilga turli xildagi mobil qurilmalar orasida bog‘lanishlarning turli texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalari rivojlanadigan bir paytda NFC bog‘lanish texnolo-giyasi paydo bo‘ldi.
  • NFC (Near Field Connection-yaqin maydonda bog‘lanish) texnologiyasi
  • RFID (Radio Frequency Identification-radio chastotasini aniqlash) texnologiyasiga asoslan-gan bo‘lib, yaqin masofada (10 santimetrgacha) bog‘lanishni ta’minlaydi.
  • Bu texnologiya kontaktsiz kartalar standarti (ISO 14443) ning kengayishidir.

NFC texnologiya NXP Semiconductor va Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, NFC texnologiyasi asosida ishlaydigan ikki qurilma orasida axborot uzatilishini ta’minlaydi. NFC texnologiyasining asosiy (markaziy) chastotasi 13, 56 Mgz bo‘lib, 424 Kbit/s tezlikda ma’lumotni uzatadi.

  • NFC texnologiya NXP Semiconductor va Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, NFC texnologiyasi asosida ishlaydigan ikki qurilma orasida axborot uzatilishini ta’minlaydi. NFC texnologiyasining asosiy (markaziy) chastotasi 13, 56 Mgz bo‘lib, 424 Kbit/s tezlikda ma’lumotni uzatadi.
  • Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalarida ma’lumotlarni uzatish tezligi doimo oshib bormoqda. Bugungi kunda fotoapparatlarda ham Wi-Fi mavjud bo‘lib, tasvirga olingan fotografiyalarni tezkorlik bilan ijtimoiy tarmoqlarga yoki mobil qurilmalarga uzatish imkoniyati mavjud.
  • NFC texnologiyasi boshqa texnologiyalardan (Bluetooth, Wi-Fi) farqli ravishda bog‘lanishni nihoyatda tez (0,1 sekunddan kam) amalga oshiradi. Bu esa axborot xavfsizligining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
  • Smart-kartalarda, NFC-nishonlari eng kichik operasion sistemalar yordamida ishlaydi. Bu qurilmalarning protsessori bo`lib, operatsion sistema protsessorning quvvati va xotiraning hajmidan kelib chiqib qattiq cheklovlar asosida o’rnatiladi. Bu qurilmalar quvvatni elektron terminaldan yoki smartfondan oladi.
  • NFC texnologiyasining ishlash prinsipi – bog‘lanuvchi qurilmalardagi ramkali antennalar orasida elektromagnit induksiyali bog‘lanish hosil bo‘lishida.

NFC ning qo‘llanilish sohalari juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, hozirgi kunda ikki smartfon yoki planshet orasida axborot almashinishida foydalanilmoqda. Bundan tashqari NFC orqali zamonaviy fotoapparatlardan axborotlarni (fotorasm, video) smartfon, planshet yoki noutbuklarga jo‘natish mumkin.

  • NFC ning qo‘llanilish sohalari juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, hozirgi kunda ikki smartfon yoki planshet orasida axborot almashinishida foydalanilmoqda. Bundan tashqari NFC orqali zamonaviy fotoapparatlardan axborotlarni (fotorasm, video) smartfon, planshet yoki noutbuklarga jo‘natish mumkin.

NFC texnologiyasida aloqa ikki qurilmadan bittasi elektr manbasiga ulanmagan bo‘lsa ham o‘rnatilishi mumkin. Ba’zi Sony smartfonlari bilan birgalikda maxsus nishon beriladi, bu nishonni aniq ishni bajarishga programmalashtirib qo‘yish mumkin, bu ish masalan, GPS navigator yoki MP4 pleyerni ishga qo‘shish bo‘lishi mumkin. NFC nishoni kam miqdordagi ma’lumotlarni yuklaydigan chipdir. NFC nishonlari posterlar, biletlar, biznes kartalar, etiketka va bilak uzuklar kabi ko‘p obyektlarni o‘z ichiga oladi.

  • NFC texnologiyasida aloqa ikki qurilmadan bittasi elektr manbasiga ulanmagan bo‘lsa ham o‘rnatilishi mumkin. Ba’zi Sony smartfonlari bilan birgalikda maxsus nishon beriladi, bu nishonni aniq ishni bajarishga programmalashtirib qo‘yish mumkin, bu ish masalan, GPS navigator yoki MP4 pleyerni ishga qo‘shish bo‘lishi mumkin. NFC nishoni kam miqdordagi ma’lumotlarni yuklaydigan chipdir. NFC nishonlari posterlar, biletlar, biznes kartalar, etiketka va bilak uzuklar kabi ko‘p obyektlarni o‘z ichiga oladi.
  • NFC texnologiyasining ishlashi asosan uch rejimda ishlaydi:
  • - passiv rejim. Bunda passiv qurilma axborotni aktiv (faol) qurilmaga uzatadi.
  • - teng huquqli qurilmalar rejimi. Bunda ikki qurilma orasida axborotlar almashinadi.
  • - aktiv rejim. Bunda aktiv qurilma axborotni passiv qurilmadan o‘qib oladi.
  • Bugungi kunda NFC texnologiyasini rivojlantirishda 130 dan ortiq kompaniyalar o‘z hissalarini «American Express», «Visa», «MasterCard» kabi kompaniyalari shular jumlasidandir.
  • Tadbir doirasida «NFC» texnologiyasini tadbiq qilishda (foydalanishda) tijorat banklari bilan «Agrobank» misolida, shuningdek, mobil texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi bo‘yicha «UNICON.UZ» kompaniyasi bilan, chakana savdo bo‘yicha «Mega-planet» va «Korzinka» kabi savdo komplekslari bilan, “NFC” texnologiyasini qo‘llagan holda yangi zamonaviy telefon apparatlarini yaratish bo‘yicha «ARTEL» kompaniyasi bilan hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbirda Fransiyaning «Sofrecom Group» va «AESMA» kompaniyalari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

MOBIL QURILMALARDAN FOYDALANIB MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH

  • Hozirda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi bilim oluvchilar (o‘quvchi, talaba, katta yoshdagilar va h.k.) uchun eng rivojlangan davlatlardagi yetakchi mutaxassislaridan ta’lim olish imkoniyatini vujudga keltirdi.
  • Bunday ta’lim shakli masofaviy ta’lim deb nomlanadi.
  • Zamonaviy mobil qurilmalarning texnik xarakteristikalari, ya’ni qurilmalar uchun yaratilgan maxsus ilovalar va veb-saytlar yordamida ta`lim oluvchilar uchun masofaviy ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.
  • Bugungi kunda insonlar uchun quyidagi ta’lim shakllari taklif etilmoqda:
  • 1. Kunduzgi ta’lim.
  • 2. Distansion ta’lim.
  • 3. Onlayin ta’lim.
  • 4. Ochiq ommaviy onlayn kurslar (OOOK).
  • Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turlaridan farqli ravishda keng aholi ommasini qamrab oladi.
  • Masofaviy ta’limning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
  • • ikkinchi oliy yoki qo‘shimcha ta’lim;
  • • ixtiyoriy yoshdagi insonlarning ta’lim olishi;
  • • jismoniy va oilaviy holatidan qat`iy nazar ta’lim olish;
  • • ishdan ajralmagan holda ta’lim olish;
  • • mustaqil ta’lim olish imkoniyatining ko‘pligi;
  • • geografik manzildan qat’iy nazar ta’lim olish;
  • • tezkorlik imkoniyatlari va boshqalar.
  • Masofaviy ta’lim – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va shakllari-ni o‘z ichiga olgan, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’limdir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir.

E-ta’lim imkoniyatlari.

Elektron ta’lim quyidagi imkoniyatlarga ega:

  •  shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar, MP4-pleyerlar, DVD-pleyerlar, televizorlardan
  • foydalanib elektron materiallar bilan mustaqil ishlash;
  •  masofaviy hamkorlik imkoniyati, ya’ni olisdagi ekspertdan (o‘qituvchi) konsultatsiya, maslahat,
  • baho olish;
  •  fikrlari bir-biriga mos keledigan foydalanuvchilar jamiyatini (ijtimoiy tarmoqlar) yaratish;
  •  masofaviy ta’lim vositalari, elektron o‘quv materiallari va texnologiyalarining standartlari
  • hamda ilovalarini o‘z vaqtida kechayu-kunduz yetkazish;
  •  tashkilotdagi rahbar va xodimlarning axborot madaniyatini oshirish, zamonaviy axborot
  • texnologiyalarini egallash;
  •  innavatsion pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ommaviylashtirish;
  •  o‘quv veb-resurslarni rivojlantirish imkoniyat;
  •  dunyoning istalgan nuqtasidan istalgan vaqtda va istalgan joydan zamonaviy bilim olish;
  • Elektron ta’limga elektron kitoblar, ta’lim texnologiyalari va xizmatlari kiradi. Aslida elektron
  • ta`lim – ta’limda kompyuterlardan foydalanishdan boshlangan.
  • Elektron ta’limning shakllanishini uch etapga bo‘lish mumkin:
  • 1. CD-ROM disklardagi kurslar;
  • 2. Mutaxassis o‘qituvchilarning masofaviy ta’limi;
  • 3. Maxsus interaktiv dasturlardan, elektron kitoblardan foydalaniladigan elektron ta’lim.

O‘QUV JARAYONLARIDA MOBIL QURILMALARDAN FOYDALANISH

  • Mobil ta’lim (M-learning) atamasi bundan o‘n besh yillar oldin ingliz tilidagi pedagogik adabiyotlarda, hozirgi kunda esa bizning mamlakatimizda ham bu atama ko‘proq foydalana boshlandi.
  • Mobil ta`lim (m-ta’lim) mobil va portativ qurilmalardan foydalanib, o‘qishni va ta`limni tashkillashtirish imkonini beradi.
  • Mobil qurilmalar yordamida nazariy va amaliy ta’lim berishga bag‘ishlangan xorijdagi yirik loyihalardan quyidagilarini alohida ta’kidlash joiz: “Mobil ta’lim tizimi” (The Mobile Learning
  • Network Project-MoLeNET) (Buyuk Britaniya), “Mobil ta’lim muhiti” (Mobile Learning Environment
  • Project - The MoLE) (AQSH),
  • “ Butun hayot davomida ta’limda mobil texnologiyalar” (Mobile Technologies in Lifelong Learning: best practices - MOTILL) (Yevropa ittifoqi),
  • “Mobil ta’lim konsorsiumi” (Mlearning Consortium) (Kanada).
  • Mobil ta’lim uchun quyidagi mobil aloqa muhiti va qurilmalaridan foydalaniladi:
  •  smartfonlar, ayfonlar, planshetlar;
  •  MP4 pleyerlari, Netkitoblar, elektron o‘yinlar uchun qurilma (Nintendo DS), iPodlar, GPS- navigatorlar va h.k.;
  •  portativ kompyuterlar (noutbuklar, netbuklar, ultrabuklar, transformerlar).

Mobil qurilmalarni ta`lim tizimidagi o`rni

  • Rivojlangan davlatlarda mobil qurilma va telefon egalarining soni jadal tarzda ortib bormoqda.
  • Ko‘pgina ta’lim muassasalari ta’limning BYOD (Bring Your Own Device-O‘z qurilmangni olib kel) uslubiga o‘tmoqda.
  • Mazkur uslub ta’lim muassasasini kompyuter qurilmalari bilan jihozlash xarajatlarini kamaytirishga sabab bo‘ladi, chunki mobil qurilma egalari o‘z qurilmalarini, muassasa kompyuter jihozlarini yangilashiga nisbatan tezroq yangi modelga almashtiradi.

Mobil ta’limni qo‘llash.

  • Mobil ta’limning barcha jihatlari qarab chiqilgandan so‘ng, o‘qituvchi ta’lim jarayonini loyihalashtirishda ma’lum talablarni bajarishi shart sifatida qabul qilinadi.
  • Bunda o‘qituvchi tomonidan mobillik darajasi tanlaniladi va shu darajada qo‘llash mumkin bo‘lgan raqamli axborot ta’lim resurslari ajratib olinadi. Ushbu jarayonda elektron darslik, dasturiy ilova va so‘rovnomalar kabi ta’lim berish imkoniyatlarini oshiruvchi vositalar o‘rganiladi va tizimlashtiriladi.
  • Elektron darslik. Elektron darslik bu nashr etilgan kitobning PDF versiyasidan hajm jihatidan
  • bir muncha katta hamda qidiruv va lug‘at kabi funksiyalar qo‘shilib yaxshilangan ko‘rinishi. Lekin
  • zamonaviy elektron darslik - raqamli-birinchi yoki raqamli-yagona ko‘rinishda loyihalangan bo‘lib,
  • o‘z ichiga multimedia materiallari (mualliflik ilovalari va video ilovalar), interaktivlik (masalan,
  • avtomatik tarzda viktorinalarni baholash yoki simulyatorlarni qo‘lda boshqarish) va eng birinchi
  • navbatda tarmoq imkoniyatlari(ta’lim oluvchilar va pedagoglar uchun xabarlar kanali, ijtimoiy media
  • platform orqali ma’lumot almashuvi)ni qamrab oladi.
  • Dasturiy ilovalar (dasturiy ta’minot). Dasturiy ilovalar bu oddiy ilovalardan tortib to multi-
  • mediali interaktiv elektron darsliklargacha bo‘lgan dasturiy ilovalarni qamrab oladi. Dasturiy ilovalar
  • Internetdan yuklab olingan dasturiy ta’minotning bir qismi bo‘lib, mobil operatsion tizimlarda ishlash
  • uchun mo‘ljallangan. Dasturiy ilovalar oddiy o‘yin formatida yoki biror bir predmetni o‘qitish uchun
  • mo‘ljallangan, masalan matematika, ximiya va tillarni o‘rgatuvchi ilovalar ham bo‘lishi mumkin.
  • So‘rovnomalar. Pedagoglar noformal ko‘rinishdagi so‘rovnomalarni sinflarda oldindan o‘tkazib
  • kelishadi. Faqatgina bu so‘rovnomalarga ta’lim oluvchilar qo‘l ko‘tarib javobni berishadi. So‘rovnoma-
  • larni raqamli uskunalar yordamida o‘tkazish bu jarayonni samaradorligini oshiradi. Veb-sayt, dasturiy
  • ilovalar yoki ijtimoiy tarmoqlar yordamida ta’lim oluvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish
  • mumkin. O‘qituvchilar ushbu so‘rovnomalar yordamida ta’lim oluvchilar yoki tinglovchilarning
  • qiziqishlarini aniqlashlari va shu asosda ta’lim yo‘nalishlari va metodlarini o‘zgartirishlari mumkin.
  • Multimediani yozish. Smart qurilmalar real muhitni anglash yoki ta’lim jarayonida qo‘llash
  • uchun multimedialarni yaratish yoki yozish uchun qo‘llaniladi. Matnli izohlar, olingan tasvirlar,
  • audioyozuvlar va videoyozuvlar ta’lim oluvchilar uchun ta’lim olish boshqacha qilib aytganda
  • o‘tilayotgan mavzuni o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Ta’lim oluvchilar biror bir dars jarayonini
  • smart qurilma orqali tasvirga olib ularni ijtimoiy media tarmoqlar (Instagram yoki Twitter, Foursquare
  • yoki Yelp) yordamida boshqa tanishlariga jo‘natishlari, ular ham ushbu darsni ko‘rib chiqishlari
  • va ushbu mavzu bo‘yicha o‘qituvchi va boshqa a’zolar bilan turli xil munozaralar o‘tkazishi mumkin.
  • QR-код. QR-kod (angl. quick response - tez javob) - matrichniy kod (ikki o‘lchamli shtrixkod),
  • 1994-yilda Denso -Wave nomli yapon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan.
  • Ular saytlarda, reklamalar va xattoki tashrif kartochkalarida uchrashi mumkin. Ushbu ikki o‘lchamli
  • shtrix kod OR skaner orqali skaner qilinishi va kod joylashgan sayt, buyum, reklama yoki biror bir
  • narsa haqidagi ma’lumotni gipermurojaat orqali smart qurilma yordamida qidirib topish mumkin. Ular
  • real dunyo (qayerda joylashishidan qat’iy nazar masalan, plakatlar yoki biror bir tekis yuza) bilan
  • raqamli axborot va kommunikatsiya kanallarini (ijtimoiy tarmoq yoki forumlarda matn yoki video
  • ko‘rinishda muzokara qilinadi) bog‘lab turadi.
  • AR-brauzerlar. Junaio, Layar va Wikitude kabi AR brauzerlar mobil qurilma va to‘ldirilgan
  • borliq ko‘zoynaklar yordamida real dunyo bilan virtual dunyoni bog‘lashni yanada avtomatlashgan
  • uslubini taqdim etadi. Ular QR kod kabi raqamli axborot va kommunikatsiya kanallari qatlami bo‘lib,
  • faqatgina GPS (Global Positioning System) va Bluetooth texnologiyalariga suyanib ishlaydi. Ushbu
  • texnologiyalar bugungi kunda rivojlanmoqda va keng tarqalmoqda hamda o‘qituvchilar va ta’lim
  • oluvchilar uchun QR-kodlar yordamida o‘quv jarayoni bilan bog‘liq muammolarni yechishga va turli
  • topshiriqlarni hal etishga yordam bermoqda.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling