Modda tuzilishi fanidan amaliy mashg’ulot


Download 27.33 Kb.
bet1/9
Sana25.04.2023
Hajmi27.33 Kb.
#1396644
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-var. MODDA TUZILISHI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOT

MODDA TUZILISHI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: ELEMENTAR ZARRACHALARNING SINFLANISHI

1-QISM

O’qituvchi: Nasriddinova F.T

Reja:

  • Maydon tushunchasi.
  • Nurlanish tushunchasi va uning turlari.
  • Zarrachalar oqimi.
  • Elementar zarrachalarning ko’rsatkichlari.
  • Absolyut massa, nisbiy atom va nisbiy elektron birligi.

1. Maydon tushunchasi

  • Bilamizki, kimyo fani moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o’zgarishlari haqidagi fandir. Moddalarni o’rganar ekanmiz ularni tahlil qilishning fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullaridan foydalanamiz. Shunday qilib, modda tuzilishi kurs sifatida ko’p yillar davomida fizik kimyo fanininig tarkibiy qismi sifatida o’rganib kelindi. Lekin keyinchalik atom va molekulalarni o’rganishdagi ma’lumotlarning ko’payganligi hamda modda tuzilishini o’rganishning turli usullarining kashf qilinishi “Modda tuzilishi” ni alohida fan sifatida o’qitila boshlanishiga sabab bo’ldi. Bunday usullarga misol qilib rentgenografiya, elekrtonografiya, masspektometriya, optik spektroskopiya, refraktometriya kabilarni keltirish mumkin. Moddalarning tuzilishi ularning tashqi muhit bilan ta’sirlanish tabiatini belgilaydi, bunday bog’liqlikdan moddalarni tekshirishda foydalanamiz. Masalan, modda tinchlik massasiga ega, u molekulalardan, ular esa atomlardan, ular o’z navbatida neytron, proton, elektron, ular lekton, adron kabi zarralardan iborat.

Olam materiyadan iborat. Materiya bilan harakat tushunchasi o’zaro bog’liqdir, chunchki borliq doimo harakatda bo’ladi. Demak, modda materiya yashash shaklining biridir. Materiya mavjudligining ikkinchi shakli bu fizik maydondir. Fizik maydon-yorug’lik maydoni, magnit maydoni, gravitatsion maydonlarni tashkil qiluvchi zarrachalar-fotonlar “tinch massa” ga ega emas. Fizik maydon materiyaning shunday shakliki, u modda zarrachalarini bir-biri bilan bog’lab turadi va bu zarrachalar orasida o’zaro ta’sirni amalga oshiradi. Maydonni tashkil qiluvchi zarralar masalan fotonlar tinchlik massasiga ega emaslar, ular vaakumda yorug’lik tezligi c=300000 km\c ga teng tezlik bilan harakat qiladilar. Demak modda bor joyda maydon bo’ladi, ular bir-biriga o’tishi mumkin. Masalan, elektron bilan pozitron o’zaro qo’shilib, ikkita kvant hosil qiladi ( bu hodisa atom fizikasida annigilatsiya deyiladi) va aksincha ma’lum sharoitlarda ikkita kvant asosida elektron va pozitron hosil bo’lishi mumkin, bu hodisaga juft hosil bo’lish deyiladi. Materiya harakatining xillari juda ko’p-tebranma harakat, ilgarilanma harakat, jismlarning qizishi va sovushi, nur sochish, elektr toki, kimyoviy o’zgarishlar, hayotiy jarayonlarning barhasi. Bundan tashqari materiya harakatining bir shakli boshqasiga aylana oladi. Masalan mexanik harakat issiqlik harakatiga, issiqlik harakati kimyoviy harakatga, kimyoviy harakat elektr harakatga oson aylanadi va hokazo.


Download 27.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling