Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular


Download 69.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi69.61 Kb.
#212085
Bog'liq
Mulk - Vikipediya



Mulk

Mulk — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning

muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular

tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka egalik

huquqi hamda mulk obʼyektlariga egalik,

ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar

oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy

munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti

boyliklari, korxona, bino, inshootlar,

mashina va uskunalar, tayyor mahsulot,

pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼat va adabiyot




asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va

boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va

maʼnaviy neʼmatlarni amalda

oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni

egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar,

oilalar, jamoalar va, nihoyat, davlat kiradi.

Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf

koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish

hisoblanadi.

Kishilarning moddiy neʼmatlarni

yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol

etishdagi oʻrni, siyosiy hayotda tutgan

mavqei, asosan, ishlab chiqarish

vositalariga egalik qilishlariga bogʻliq.

Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish



shakliga koʻra mulkning bir necha turi bor:

ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi

kuchlar gʻoyat past rivojlanganidan kishilar

birgalikda, guruh-guruh boʻlib mehnat

qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda

mehnat qurollari va mahsulotlari

jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat

qurollari va mehnat malakasi yuksalgach,

kishilar yakka holda mehnat qila oladigan

boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli jamoa mulki

parchalanib, xususiy mulkka aylangan.

Xususiy mulk

 — bu mulkni

oʻzlashtirishning xususiy usuliga

asoslangan shakli. U 2 xil boʻladi: 1)

individual — yakka xususiy mulk, yaʼni

ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk;



2) korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim

kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar

jamiyatidagi umumiy mulkning bir qismi

sifatida mavjud boʻlgan mulk. Korporativ

mulk dividend keltiruvchi mulkdir. 

Jamoa


mulki

 — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda

birlashgan kishilarning umumiy mulki

boʻlib, bu mulkning egalari shu jamoada

mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi

ayni bir vaqtda shu mulkni amalda

ishlatuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki

— davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat

hokimiyati organlari tomonidan tasarruf

etiladigan monopollashgan mulkdir.

Bunday mulk obʼyekti — yer, tabiat

resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya,




moddiy resurslar, axborot, moddiy va

maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin. Bu

mulk ijtimoiy neʼmatlarni yaratishga xizmat

qiladi.


Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin

ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi

ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va

mamlakat iqtisodiyotining modeliga

bogʻliq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat

mulki tobora ijtimoiy yoʻnalish olmoqda,

yaʼni umummilliy manfaatlarni himoya

qilishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy mulk —

tarixan sobiq sotsialistik mamlakatlarda

mavjud boʻlgan. Bunda kishilar mulk egasi

sifatida teng boʻladi, shuning uchun har bir



kishining jamiyatdagi mavqei, turmush

darajasi uning mehnati bilan belgilangan.

Mulkga egalik va uni tasarruf etish

muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo

etadi va u mulkchilik munosabatlari deb

ataladi. Mulk paydo boʻlishi uchun mulkka

aylanadigan narsalar naf keltira olishi

zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni

kishilarning oʻziniki yoki oʻzganiki

ekanligini bildiradi. Bunday

munosabatlarning 3 jihati bor: 1) mulkka

egalik qilish, yaʼni 

mulkdorlik

 huquqining

mulk egasida saqlanib turishi; 2) mulkdan

foydalanish va uni amalda ishlatish.

Mulkdan foydalanilganda shaxsiy



ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish

yuz beradi. Mulkdor oʻz mulkini

ishlatganda egalik qilish va mulkdan

foydalanish bir qoʻlda toʻplanadi, mulk

keltirgan nafni uning egasi tanho

oʻzlashtiradi. Mulk oʻzgalar qoʻlida

ishlatilganda bundan olingan daromadni

mulkdor mulkni amalda ishlatuvchi bilan

baham koʻradi; 3) mulkni tasarruf etish —

bu mulk taqdirini mustaqil hal qilish, yaʼni

mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya

etish, garovga qoʻyish kabi xatti-

harakatlarni erkin amalga oshirilishidir.

Mulkiy munosabatlarda mulkni ijaraga

berish muhim oʻrin tutadi. Yer, suv

havzalari, bino va inshoot kabi koʻchmas




mulklar oddiy ijaraga beriladi.

Qimmatbaho mashina va uskunalar

(traktor, kombayn, samolyot, teplovoz,

paroxod, yuk avtomashinalari va vagonlar)

ijarasi lizing shaklida amalga oshiriladi.

Mulk boʻlgan pul mablagʻlarni oʻz egasi

tomonidan, oʻzgalarga foydalanib turish

uchun berish kredit shakliga kiradi. Mulk

milliy boylikni hosil etadi

[1]


.

Shodmonov Sh., Alimov R., Joʻrayev T.

Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2002.

Adabiyot


Manbalar


1. Ahmadjon Oʻlmasov. OʻzME. Birinchi

jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.




  Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index.

php?title=Mulk&oldid=1827007

" dan 


olindi 

Download 69.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling