Moʻgʻullarga qarshi kurashi


Download 29.88 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2023
Hajmi29.88 Kb.
#1745760
  1   2
Bog'liq
Jaloliddin Manguberdi


Jaloliddin Manguberdi (arabcha: جلال الدين منكبرتي— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq ismi – Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) – Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli, kelib chiqishi turkmanlarning Begdili urugʻiga borib taqaladi[1][2]. Jaloliddin 33 yil umr koʻrgan boʻlib, shundan 11 yili turli janglar ichida oʻtgan. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi – Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun ham Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „Manguberdi“ nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
Biografiya
Jaloliddin Anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazmshoh Alovuddin Muhammad va uning rafiqasi Oychechakning toʻngʻich oʻgʻli edi.
Xorazmshohning zamondoshi, tarixchi an-Nasaviyning yozishicha, u oʻzini turkman deb hisoblagan, xususan: „Men turkman, arab tilidan bexabarman“, degan[3].
Sulton Jaloliddinning shaxsiy kotibi Shihob addin Muhammad ibn Ahmad an-Nasaviy uni shunday taʼriflaydi: „U qora tanli, boʻyi past, nutqi va ifodasi turkiy edi, lekin forscha ham gapirardi. Uning jasoratiga kelsak, men aytib oʻtgan janglar bu haqda gapirishga kifoya qiladi. U sherlar orasida sher, jasur otliqlari orasida eng jasur edi. Yumshoq edi, jahli chiqmasdi, soʻkmasdi“[4].
Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni Gʻazna, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215), biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qatʼiy noroziligi sababli Qutbiddin Oʻzloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qarang Irgʻiz daryosi boʻyidagi jang).

Moʻgʻullarga qarshi kurashi
Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashura orolidan panoh topgan. Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini yoniga chorlab, soʻnggi damda Jaloliddin Manguberdini oʻz oʻrniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin Oʻzloqshoxlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb eʼlon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi boʻldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yoʻl olgan. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar moʻgʻul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan soʻng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar joʻnatib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi birlashishga daʼvat etadi. Bir oydan soʻng Gʻazna tomon yoʻl oladi. Yoʻlda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qoʻshin bilan kelib qoʻshilgan. Qandahorni qamal qilib turgan moʻgʻul qoʻshinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tor-mor keltirgan. Jaloliddin Gʻaznaga 1221-yilda kirib kelgan. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshligʻi Sayfuddin Igʻroq, Balx voliysi Aʼzam Malik, afgʻonlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar yetakchisi Hasan Qarluq kelib qoʻshilgan. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qoʻshin bor edi. Jaloliddin Manguberdining oʻzidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qalʼasini qamal qilayotgan Takajuk va Malgʻur boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan soʻng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq moʻgʻul askari oʻldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan oʻtib, koʻprikni buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullar ustidan qozongan dastlabki yirik gʻalabasi edi.
Shimoliy Hindiston va Kavkazdagi harbiy harakatlar
Oradan bir necha kun oʻtgach, Jaloliddin Manguberdi qoʻshini soni 7 mingga yetdi. Unga Kulbars bahodir, Kabkuh va Saʼdiddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar oʻz kishilari bilan kelib qoʻshildi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonning notanish choʻlida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi boʻlgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga xujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon oʻqidan rana halok boʻladi, qoʻshini esa parokanda boʻlib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta oʻljani qoʻlga kiritadi.
Bu gʻalabadan soʻng Sind, Uchcha, MoʻltonLohur va Peshovar hokimi Nosiriddin Qubacha (1205—27)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga oʻzini xayrixohligini izhor etib, sovgʻa-salomlar joʻnatgan. Gʻiyosiddin Pirshoh ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonxon, Elchi pahlavon, Oʻrxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar oʻz lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qoʻshildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qalʼalarini qoʻlga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qoʻshini hamda mamluklar sulolasidan boʻlgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan qoʻshimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq magʻlubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarogʻlari oʻlja tushgan. 1222-yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan Toʻrbay Toʻqshin va Bola noʻyonni 20 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Lekin ular Moʻltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi oʻziga qarshi moʻgʻul qoʻshinlari joʻnatilgani xabarini Parosravar qalʼasini olgandan soʻng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Moʻlton tomon yoʻl olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qoʻshini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qoʻshin joʻnatadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qoʻshin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining Oʻzbek Toy Jahon Paxlavon qoʻmondonligi ostidagi ilgori Eltutmish ilgʻori bilan toʻqnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh soʻraydi.
Jaloliddin Manguberdi Hindistonda oʻz nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormodqa edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari oʻzaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon boʻlib qoldi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga oʻtganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning koʻpchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni Gʻiyosiddin Pirshohdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilindi. Jaloliddin Manguberdi oʻzining Hindistonda zabt etgan mulklariga Oʻzbek Toy Jahon Paxlavonni, Gʻur va Gʻazni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yoʻl olgan. Choʻlu biyobonlarni kesib oʻtishda Jaloliddin Manguberdining koʻp jangchilari nobud boʻlgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. Gʻiyosiddin Pirshohning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan soʻng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors hokimi otabek Saʼd ibn Zangiy va Yazd xokimi otabek Al-uddavla ibn Toʻgʻonshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfahonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qoʻshini qurol-aslaqa bilan taʼminlanadi. Bu hol Gʻiyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qoʻshin bilan yoʻlga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovgʻasalomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida joʻnatgan va oʻzaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qoʻshin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga oʻtgan. 1225-yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. Soʻng Bagʻdodga qarshi yurishga hozirlik koʻradi. Xalifa Nosirga elchi joʻnatib, moʻgʻullarga qarshi birlashishga chaqirdi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi oʻzining mamluki amir Jamoliddin Qushtemur boshliq 20 minglik qoʻshinini joʻnatdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qoʻshinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bagʻdod mudofaasi bilan mashgʻul boʻladi. Jaloliddin Manguberdi Bagʻdod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi Oʻzbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marogʻa shahrini jangsiz qoʻlga kiritadi. Damashq, Er-bil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi boʻladilar. Otabek Oʻzbek Tabrizni tashlab Ganjaga, soʻng Alinjo qalʼasiga qochib oʻsha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Tabrizni 1225-yil 25-iyulda egalladi. Sultonning ikkita xos mulozimi – Tojiddin Qilich va Badriddin Hilol boʻlib ular Malika muhofazasi uchun yuboriladi. Ular Malika I mulozimlari, yaqinlari, kanizaklari, mol Mulki bilan birga Xoy shahriga koʻchiradi. Jaloliddin esa Tabriz shahriga kirib kelib oʻz boshqaruvini oʻrnatadi. Sulton Tabrizdaligida unga Malika tomonidan bir guruh ayollardan iborat sovchilar keladi. Ular Malikani Jaloliddinga turmushga chiqish niyati borligini va eri Otabek Oʻzbekni ajarshganligini bildiradi. Sulton bir shart bilan – agar Malika eridan ajarshganligini isbotlasa unga uylaniahini aytadi. Tabrizga yaqin hududlar, xususan, Varzukon qozisi ham Otabek Oʻzbek Malikani taloq qilgani haqida tasdiqlashadi. Tabriz qozisi boʻlgan faqih fiqh olimi Izdiddin Kazviniy Otabek Oʻzbek va Malikani er – xotinlikdan chiqqanligi toʻgʻrisidagi hukmni eʼlon qiladi. Shundan keyin Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. U malikaga toʻy sovgʻasi sifatida Xoydan tashqari Yana ikki shahar Solmas – Urmiyani (Bu hududlar ham Janubiy Ozarbayjonda boʻlgan) ham mulk qilib bergan. Tabrizda bir necha kun turgandan soʻng oʻz qoʻshinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qalʼasi yaqinida gurjilarning Ivane Mhargodzeli boshliq 60 minglik qoʻshinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga koʻchib oʻtgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimlari oʻz tobeliklarini bildirishgan.

Vafoti

Jaloliddin koʻp yillar davomida Chingizxon qoʻshinlariga qarshi muvaffaqiyatli kurashdi, ammo moʻgʻullarga birlashgan qarshilik frontini tashkil eta olmay, Kurdiston togʻlarida halok boʻldi. Alamut hukmdori orqali moʻgʻullar Jaloliddin yaqinda boʻlgan magʻlubiyatdan zaiflashganini bilib oldilar. Oʻsha yili Choʻrmagʻon boshchiligidagi oʻttiz minglik moʻgʻul qoʻshini Jaloliddinni osonlikcha yengib, Shimoliy Eronni egalladi. Xorazmshoh Ganjaga chekindi. Moʻgʻullar ergashib Arranni egallab olishdi. Jalol ad-Din Mayafarikin togʻlarida panoh topdi va shu yilning avgust oyida u saljuqiylar tomonidan yollangan nomaʼlum bosqinchi tomonidan oʻldirilgan.




Download 29.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling