Mol-mulk solig’I stavkalari, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Download 0.62 Mb.
bet1/3
Sana08.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1084413
  1   2   3
Bog'liq
Mol-mulk-soligi-stavkalari-iqtisodiy-mohiyati-

Mol-mulk solig’i stavkalari, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

To’liyev Islombek

Mol-mulk solig’i


Jismoniy shaxslar har yili o‘z egaligidagi mol-mulk va yer uchun soliq to‘lab borishi qonunchiligimizda o‘z ifodasini topgan. Bu toifa soliqlarini to‘lash 15-oktabrga qadar amalga oshirilishi shart.
Soliq solinadigan mol-mulkka yoki yer uchastkasiga ega jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchilardir
Soliq to‘lovchilarga tegishli ko‘chmas mulk – uy-joy, kvartira, dala hovli, garaj va boshqa imoratlar, inshootlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalari soliq ob’ekti hisoblanadi.
Ularga oid soliqlarni hisoblash va to‘lov xabarnomalarini soliq to‘lovchilarga taqdim etish, to‘langanligini nazorat qilish davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga muvofiq mol-mulk va yer soliqlari summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari stavkalari


Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari stavkalari har yili qayta ko‘rib chiqiladi. Xususan, Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari stavkalari 2013-yil 1-yanvardan boshlab 1,15 baravarga indeksatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslarga tegishli turar-joylar, kvartiralar, dala hovli qurilmalari, garajlar, boshqa imorat va inshootlar uchun olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi 1,04 foiz miqdorida belgilandi.

  • Jismoniy shaxslarga tegishli turar-joylar, kvartiralar, dala hovli qurilmalari, garajlar, boshqa imorat va inshootlar uchun olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi 1,04 foiz miqdorida belgilandi.
  • Shu bilan birga, shaharlarda joylashgan turar-joylar va kvartiralar uchun ularning umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrgacha bo‘lganda jami inventarizatsiya qiymatiga 1,25 foiz, undan oshganda 1,55 foiz miqdorida mol-mulk solig‘i stavkalari belgilandi.

Soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliqlarni hisoblash mol-mulkning belgilangan shartli qiymatlari asosida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i qonunda belgilangan tartibda berilgan yer uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar, joylashgan joyidagi zonasidan kelib chiqqan holda belgilangan stavkalarda hisoblanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling