Moliya fanidan javoblar 10-20gacha 10 Savol: Moliyaviy siyosatning moliya tizimi orqali amalga oshirilishi va uning prinsiplari


Download 15.64 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi15.64 Kb.
#1203209
Bog'liq
Moliya fanidan javoblar 10


Moliya fanidan javoblar 10-20gacha
10 Savol: Moliyaviy siyosatning moliya tizimi orqali amalga oshirilishi va uning prinsiplari

raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'Iom faoliyat ko'rsatishiga erishish;
yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;
raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish;
korxonaning bozor qiymatini maksimaliashtirish;
korxona iqtisodiy salohiyatining o'sish sur'atlarini barqaror o'stirish; .
ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
foydani maksimallashtirish;
xarajatiarni minimallashtirish;
rentabelli faoliyatni ta'minlash
va boshqalar.

Javob: Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan. Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqJash va boshqa ijtimoiy ehtiyojJarning rivojlanishi .tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog'lab qo'yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta'sir ob'ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo'Jib, bir vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lish ijiddiy ahamiyatga ega emas. Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta'rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va rnetodologik prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. moJiyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo'Iishi mumkin:

Moliyaviy siyosatni amalga oshirish hamda uni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq qilish uchun moliya mexanizmidan foydalaniladi. U jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan moliyaviy munosabatlarni tashkil etish uslublari yig‘indisini tashkil qiladi. Moliya mexanizmi o‘z tarkibiga moliya munosabatlarini tashkil etish turlari, shakllari va usullarini, ularni miqdoriy aniqlash uslublarini oladi.


Download 15.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling