Moliya Kurs ishi Mavzu: Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanish. Tekshirdi Aytmuratova Ulbika Bajardi: Annayev Sardor Toshkent 202 reja


Download 1.49 Mb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1444555
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya Kurs ishi




  • Moliya



Kurs ishi


Mavzu: Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanish.


Tekshirdi Aytmuratova Ulbika
Bajardi: Annayev Sardor


Toshkent 202
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM

  1. Moliya tizimini isloh qilish jarayonining nazariy tashkiliy-huquqiy asoslari.

  2. Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanishning dolzarbligi va raqamli iqtisodiyotga o`tish davridagi ahamiyati.

  3. Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanayotgan xorijiy davlatlar tajribalari.

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.

KIRISH
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” va “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirish davlat dasturiga muvofiq mamlakatimiz iqtisodiyoti, moliya tizimi, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g`oy ava texnologiyalarni joriy etish bo`yicha kompleks chota-tadbirlar amalga oshirilishi belgilanganligini ta’kidlab o`tish lozim. Ana shu vazifalar sirasiga moliya tizimini isloh qilish hamda mazkur sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish ham kiradi. Batafsilroq to`xtaladigan bo`lsak, moliyaviy muassasalar faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish, ko`rsatilinayotgan moliyaviy xizmatlar hajmini yanada kengaytirish hamda aholining ishonchini oshirishga alohida e’tibor qaratilinayapti. Qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish, takomillashtirish bilan bog`liq dolzarb masalalarga qaraydigan bo`lsak, 2009-2011 yillarda chiqarilgan davlat qimmatli qog`ozlarining foiz stavkalari o`rtacha 5,8 foizni tashkil qilmoqda, vaholanki, o`sha davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 12-14 foizga teng bo`lgan. 1 Boshqacha aytganda, qimmatli qog`ozlar jozibadorligi zaif. Doimiy va barqaror ishlayotgan davlat qimmatli qog`ozlar bozori nafaqat budjet tanqisligini qoplash, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirish va investitsion loyihalarni moliyalashtirishning muhim manbai hisoblanadi. Shuning uchun uni taraqqiy ettirish bo`yicha muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida bank-moliya tizimidagi islohotlarning o`rni va ahamiyati yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shu sababli, bank, sug`urta tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so`mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sohasidagi muammolarni o`rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o`ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida moliya tizimidagi islohotlarning o`rni va ahamiyati yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shu sababli, bank, sug`urta tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so`mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sohasidagi muammolarni o`rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o`ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu munosabatlarni tartibga solishga, albatta, moliyaviy-huquqiy normalar orqali erishish mumkin. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitlarida davlat moliya tizimi tuzilmasida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Unda yangi elementlar paydo bo`lib, ularsiz bozor va, shu jumladan moliya mexanizmining normal ishlashi amalda mumkin emas. Bu yerda gap davlat moliya tizimining shunday elementlari haqida ketyaptiki, bular davlat budjetdan tashqari jamg`armalari, qimmatli qog`ozlardir. Shu munosabat bilan huquqiy munosabatlarning yangi turlari vujudga kelmoqda, ular ajratilmasa, ko`rib chiqilayotgan moliyaviy-huquqiy munosabatlar to`liq bo`lmasligi mumkin.
Sug`urta O`zbekiston Respublikasi moliya tizimining mustaqil bo`g`inlaridan biri hisoblanadi va u ikki shaklda: ijtimoiy sug`urta va shaxsiy sug`urta shaklida namoyon bo`ladi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, turli mulk shakllariga asoslangan korxonalarning tashkil topishi jarayonida ijtimoiy sug`urta – davlat ijtimoiy sug`urtasiga va nodavlat ijtimoiy sug`urtasiga bo`lindi.




  1. Download 1.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling