Moliya va moliyaviy texnologiyalar ” ta’lim yo‘nalishi talabasi Mingboyev Ibrohim Alisher o‘g‘liga


Download 33 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi33 Kb.
#1578339
Bog'liq
19 may Tavsiyanoma


Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar ” ta’lim yo‘nalishi talabasi
Mingboyev Ibrohim Alisher o‘g‘liga

TAVSIYANOMA


Mingboyev Ibrohim Alisher o‘g‘li 1999-yil 4-sentabrda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. I.Mingboyev Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Koson oziq-ovqati va sanoati kasb hunar” kollejini 2018-yilda a’lo baholarga tamomlab. 2020 yilda Toshkent moliya institutining “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishiga to‘lov- shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan.


Mingboyev Ibrohim Alisher o‘g‘li ilmiy izlanishlari, ta‘lim olishdagi erishgan muvaffaqqiyatlari tufayli talaba yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda u o‘zining dolzarb mavzularga bag‘ishlangan tezis va maqolalari bilan respublika hamda xalqaro miqyosidagi konferensiyalarda va ilmiy jurnallarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Shuningdek, “O’zbekistonim”, O’zbekistonni”, “Ona tilim- jon tilim” ijodiy ishlari “Hilol” to‘plamining III sonida, “Vatan bittadir”, “Vatan madhi”, “Mustaqillik” kabi ijodiy ishlari “O’zbekistonda ta’lim” jurnallarida nashr etilib jurnal tahririyati tomonidan “Istedod”, Ta’lim fidokori” ko’krak nishonlari bilan taqdirlangan.2022-2023 o‘quv yilda Abdulla Qahhor stipendiyasi sohibi bo’lib, “Adiblar xiyoboni” kitobi nashr etildi.
I.Mingboyev institut va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi.
Mingboyev Ibrohim Alisher o‘g‘li kelajakda egallagan kasbining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishiga hamda Vatanamiz ravnaqiga o’z munosib hissasini qo’shishiga ishonamiz va Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga nomzod sifatida tavsiya etaman.


Moliya fakulteti dekani F.Muxamedov
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling