Moliyaviy hisob fanidan o`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: U. Tulayev Tayyorladi: Sh. Tursunboyev


Download 422.28 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi422.28 Kb.
#1362245
Bog'liq
moliyaviy hisob oraliq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT


MOLIYAVIY HISOB FANIDAN


O`quv tadqiqot loyihasi


Qabul qildi: U.Tulayev


Tayyorladi: Sh.Tursunboyev
D.Eshboyeva
D.Mamasodiqova

Qabul qilingan sana__________


Qo’llanilgan jarima (%)_______
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hamda boshqa kreditorlik qarzlari hisobi.

Reja:



  • Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish.

  • Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar scho‘tlari va bo‘naklar scho‘tlarining tavsifi va scho‘tlar bilan aloqasi.

  • Kreditor qarz deganda qanday qarzlar tushuniladi.

  • Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning usullari.

  • Xulosa.


Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobini tashkil etishning me’yoriy, huquqiy asoslari. Mol yetkazib beruvchilar bilan ulardan sotib olingan tovar-moddiy zahiralari bo‘yicha va pudratchilar bilan ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar bo‘yicha joriy majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi: 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti 6020-«Berilgan veksellar» schyoti 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zahiralar. Pudratchilarning xo‘jalik uchun bajargan qurilish-montaj ishlari, asosiy vositalarni tahmirlash va texnik xizmati ko‘rsatish va hokazolar summasiga moddiy boyliklarni yoki xarajatlarni hisobga oladigan tegishli schyotlar debeti bilan korrespondentsiyalangan holda kreditlanadi. Qishloq xo‘jalik korxonalarining mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz summalarini o‘tkazganda 6010-schyot debetlanadi va pul mablag‘lari yoki bank kreditlari schyotlari kreditlanadi. Faktura qilinmagan mollar uchun (schyot-faktura yoki boshqa hisoblashish hujjatlari bo‘lmagan taqdirda) 6010-schyot kelmib tushgan mollarning ulgurji yoki shartnomada qiymati bo‘yicha kreditlanadi. Shuni nazarda tutish kerak-ki, mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan ulardan olinadigan TMZ, ular bajaradigan xizmatlar va ishlar uchun olib boriladigan hisob-kitoblar barcha hollarda taqdim etilgan schyotga muvofiq kamida 15% oldin to‘lov (bo‘nak o‘tkazish) amalga oshirilishi lozim. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘naklar mol yetkazib beruvchi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘rtasida tuzilgan kontrakt yoki shartnomaga asosan beriladi. Ayrim hollarda ishlar qisman bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma bo‘lishi mumkin. Bunda to‘lov topshiriqnomasida qisman to‘lov yoki oldin to‘lov foizi ko‘rsatiladi. 1.1.1-jadval Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tovar-moddiy zahiralarlar va boshqa aktivlarni yetkazib berishlari, hamda ish bajarish va xizmat ko‘rsatishlari uchun berilgan avanslar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi: 4310-«Tovar-moddiy qiymatliklar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar». 4320-«Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» 4330-«Boshqa berilgan bo‘naklar». Berilgan bo‘naklar summalari, hamda tovar, ish va xizmatlar qisman tayyor bo‘lganida amalga oshirilgan to‘lovlar 4310-«Tovar-moddiy qiymatliklar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar», 4320-«Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» va 4330-«Boshqa berilgan bo‘naklar» schyotlarining debeti, bo‘yicha pul mablag‘larini oluvchi schyotlar (5110, 5210, 5510) bilan korrespondentsiyalangan holda aks ettiriladi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha analitik hisob har bir debitor bo‘yicha alohida yuritiladi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan avanslarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyalaridan namunalar keltiramiz: 1.1.2-jadval Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan olib boriladigan hisobkitoblarning sintetik hisobi esa 6-ASK jurnal-orderda yuritiladi. 6-ASK jurnal-order qo‘shimcha varaqalardan foydalanib, choraklik, yarim yillik yoki bir yilga ochiladi. Mol yetkazib beruvchilardan olingan moddiy boyliklar, pudratchilardan qabul qilingan ish va xizmatlar bo‘yicha muomalalar 6-ASK jurnal-orderga ilova qilinadigan, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashuvlarga oid muomalalar reestrida, oy davomida ro‘yxatga olib boriladi. Bu reestr har bir mol yetkazib beruvchi (pudratchi) uchun ochiladi. Oy oxirida 6010-schyotning 6-a reestrdagi oborotlari jamlanib, har bir mol yetkazib beruvchi (pudratchi) uchun bittadan qator ajratilgan, 6-ASK jurnal-orderga o‘tkaziladi. Shu sababli oyda bir marta sodir bo‘ladigan muomalalar reestrga yozilmasdan, dastlabki hujjatlarga asosan bevosita 6-ASK jurnal-orderda hisobga olinadi. Har oy oxirida 6-ASK jurnal-orderda oborotlar va oy oxiriga qoldiqlar jamlab chiqiladi. So‘ngra 6-ASK jurnal-orderning jamlangan oborotlari boshqa jurnalorderlardagi korrespondentsiyalanuvchi schyotlarning oborotlari bilan taqqoslanib, yozuvlar to‘g‘riligi tasdiqlanadi. Shundan so‘ng 6010 schyotning bir oylik jami kredit oboroti Bosh daftarning 6010- schyot ochilgan betidagi «Jami kredit oboroti» degan grafasiga o‘tkaziladi. So‘ngra debetlanuvchi schyotlar bo‘yicha ham yozib chiqiladi. 1.2. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobini hujjatlashtirish. Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga joriy va uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: a) joriy qismi: 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”; 6120 “Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”. b) uzoq muddatli qismi: 7110 “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar”; 7120 «Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar». Mazkur schyotlar krediti bo‘yicha alohida bo‘linmalar, sho‘‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari oldidagi turli xil muomalalar bo‘yicha majburiyatlar tovarmoddiy boyliklar, pul mablag‘lari, xarajatlar va hokazolarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada hisobga olinadi. Masalan, alohida bo‘linmadan (sho‘‘ba yoki tobe xo‘jalik jamiyatidan) xom ashyo olindi: Dt 1010250000 so‘m Kt 6110 (6120)250000 so‘m Ya’ni mazkur schyotlar bo‘yicha yuqorida sanab o‘tilgan to‘lovga oid schyotlardagi singari hisob yuritiladi, faqatgina farqi shundaki, bu yerda barcha xo‘jalik sub’ektlari bilan emas, balki bosh sub’ektga tobelik tarzida alohida yuridik munosabatga ega bo‘lganlari bilan muomalalar aks ettiriladi. Bo‘linmalarga uzoq muddatli qarzlarni hisobga olish schyotlarida, xususan olingan mol-mulk bo‘yicha qarz ham aks ettirilishi mumkin. Alohida balansda ajratib ko‘rsatiladigan filiallar bilan hisob-kitoblar go‘yoki filial - mustaqil tashkilotdek olib boriladi. Bu narsa qonun hujjatlariga ko‘ra alohida balansga ajratilgan barcha bo‘linmalar soliq solish maqsadida alohida mustaqil birlik sifatida qaralishi bilan bog‘liq. Biroq, agar alohida balansda ajratib ko‘rsatilmaydigan bo‘linmalar mavjud bo‘lsa, yuqorida aytib o‘tilgan schyotlar (6110, 7110) qo‘llanilmaydi. Bunday bo‘linmalarga mol-mulkni ajratish (berish) chog‘ida sub’ekt balansida o‘zgarishlar ham yuz bermaydi, chunki ular mazkur holatda bosh sub’ekt bilan bir butun ko‘rib chiqilyapti (ular alohida balansda ajratib ko‘rsatilmagan va mustaqil birlik hisoblanmaydi}. Hisob to‘liq bo‘lishi uchun sub’ektga bunday bo‘linmalarga ajratilgan molmulkni aks ettirish uchun qo‘shimcha schyotlar joriy etish tavsiya qilinadi. Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish. Muddati kechiktirilgan majburiyatlar haqidagi axborot, agar ularning muddati joriy davrda kechiktirilgan va kelgusida to‘lanadigan (bajariladigan) bo‘lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: a) qisqa (joriy) muddatlilari: 6210 «Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» 6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 6240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar" 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha majburiyatlar» 6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar " b) uzoq muddatlilari: 7210 «Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» 7220 "Mukofot (ustamalar)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" 7230 - "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" 7240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar" 7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" Mahsulot sotish jarayonini rejalashtirish korxonani buyurtma bilan ta’minlashdan boshlanadi. Unga binoan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish asosi bo‘lgan nomenklatura bo‘yicha reja tuziladi. Buyurtmalarda mahsulotlarning assortimenti, yuklab jo‘natish muddati, miqdori va sifati, narxi, hisoblashish shakllari ko‘rsatilgan bo‘lib buyurtmachi va mol yuboruvchilar bilan kelishib olinadi. 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti mol oluvchi va buyurtmachilar bilan jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmatlar) bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyoti moddiy qiymatliklarni etkazib berish uchun yoki bajariladigan ishlar uchun olingan avanslar bo‘yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayor bo‘lgan mahsulot va ishlarni to‘lash bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda mahsulot (ish va xizmat)lar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki quyidagi provodka bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladi: D-t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo‘natilgan mahsulotlar uchun, aksiz solig‘i va QQS summasi qo‘shilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga. Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (yuklab jo‘natish), ish va xizmatlarni bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti qo‘llaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning to‘lanmagan sotish qiymatini ko‘rsatadi; Debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi. Sanoat korxonalarida mol yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmatlar) bo‘yicha taqdim etilgan hisob hujjatlari summasiga 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9010, 9020 va 9030 - schyotlar kreditlanadi. 1.3. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning analitik va sintetik hisobi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli tuman bo‘lib, ularni to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. Mablag‘larni turlari bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Har bir schyot bir turli mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun belgilangandir. Masalan: “Kassa” schyotida faqat kassadagi pul mablag‘larining kirimchiqimi hisob-kitob qilinadi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi. Demak, schyotlar yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar harakati o‘lchov birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi. 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) bo‘yicha sintetik hisob registrlari ma’lumotlari hamda omborxonalarning kirim hujjatlari bo‘yicha auditor olingan materiallarning miqdorini va yuklarni qabul qilishning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini aniqlaydi. Buning uchun mol yetkazib beruvchilarning puli to‘langan schyotlari va boshqa to‘lov hujjatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari hamda omborxona hisobi kartochkalaridagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyoti bo‘yicha yuritiladigan hisob registrida har bir olingan materiallar bo‘yicha alohida so‘nggi kirim qilingan partiya bahosi bo‘yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o‘rniga «N» harfi (fakturlanmagan) qo‘yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim qilishga doir yozuv hisobda qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur. Chunki keyingi oyda mol yetkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu yozuvlar mol yetkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan material-larni haqiqiy sotib olish bahosi bo‘yicha kirim qilish bilan bir vaqtning o‘zida tuzatilishi (storno qilinishi) kerak. Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan, turli debitorlar va kreditorlar bilan, mustaqil balansga ajralib chiqqan bo‘linmalar bilan, sho‘ba va tobe korxonalar bilan, ssudalar bo‘yicha banklar bilan, soliqlar va boshqa yig‘imlar bo‘yicha budjet bilan hamda budjetdan tashqari tashkilotlar bilan Shuningdek, da’volar bo‘yicha hisobkitoblarni o‘z ichiga oladi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to‘liqligini, undan samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik hisob schyotlaridan foydalanadi. Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini va ular tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, pul o‘lchov biriligida aks ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi. Analitik (tahliliy) hisob schyotlari esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari haqidagi ma’lumotlarni alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali ifodalaydi. Ya’ni, sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi. Analitik hisob schyotlari miqdori u qo‘llanayotgan korxona, tashkilot va muassasaning iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ida ekanligi, ularning faoliyati katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik schyotlarni bir-biridan farqi va shu bilan birga ularni o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib o‘tamiz. Misol uchun “Yoqilg‘ilar schyoti”ni olaylik: Boshlang‘ich qoldig‘i 5000000 so‘m, oy davomida kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi 1456000 so‘m; Misolimizdan ko‘rinib turibdiki, kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi pulda ifodalangan, lekin “Yoqilg‘ilar” schyotida uning miqdori, assortimenti, bir birlik mahsulot bahosi ko‘rsatilmadi. Chunki, yuqorida sintetik schyotlarda mablag‘lar harakati faqat pulda hisobga olinishini ta’kidlagan edik Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘larning har bir turining harakati alohida o‘rganilishi lozim, chunki ularni harakatini to‘g‘ri tashkil qilish birinchidan, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘lsa, ikkinchidan ularning turlari bo‘yicha mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish uchun etarli ma’lumot olishdir. Analitik hisob yordamida mol-mulk va ularning manbalari turlari bo‘yicha o‘rganish uchun asos yaratiladi. Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohidaalohida yuritiladi va buning uchun maxsus analitik kartochkalardan foydalaniladi. Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich hamda oxirgi qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida shundan kelib chiqqanki, analitik schyotlar sintetik schyotlar ma’lumotlarini faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi. Bu qoidaga ko‘ra, masalan, sintetik schyotdagi debet qoldiq uning rivojiga yuritiladigan analitik schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi kerak. Sintetik schyotning debeti va krediti bo‘yicha aylanma summalari tahliliy schyotlari bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak. Bir sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar aylanmalari summalarining tengligi shu bilan shartlanganki, analitik schyotlarga ham xuddi sintetik schyotlardagi kabi o‘sha muomalalarning o‘zi va o‘sha tomoniga yoziladi. Bunda bir nechta analitik schyotlarga yozilgan muomalalar summalari har doim pirovardida shu muomala bo‘yicha sintetik schyotda aks ettirilgan umumiy summani hosil qiladi. Hisobot davri yakunlarini chiqarish paytida sintetik va analitik schyotlarning ko‘rsatkichlari albatta solishtirib tekshirilishi kerak, chunki yo‘l qo‘yilgan nomuvofiqlikni topish va to‘g‘rilash uchun muhimdir.



Download 422.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling