Moliyaviy hisobni tashkil qilishning milliy siyosati


Download 15.21 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi15.21 Kb.

Moliyaviy  hisobni  tashkil  qilishning  milliy  siyosati. 
Bo/or  iqtisodiyoti  sharoitida  moliyaviy  hisobning  tutgan  o‘rai, 
vazifalari  va  boshqa  fanlar  bilan  o‘zaro  bogliqligi.
Moliyaviy  hisobning  predmeti  (obyektlari)
Moliyaviy  hisob  —  bu  rasmiy  hisob  turi  bo‘lib,  uni  yuritish 
mulkchilikning  va  biznesni  yuritishning  shaklidan  qat’i  nazar, 
barcha  xo‘jalik yurituvchi  subyektlar uchun  majburiy  hisoblanadi. 
U  qabul qilingan tartib-qoida, talablar va andozalar asosida tashkil 
etilmog‘i  lozim.  Moliyaviy  hisobni  tashkil  etish  respublikaning 
hisob  sohasidagi  milliy  siyosati  o‘z  aksini  topgan  «Buxgalteriya 
hisobi  to ‘g‘risida»gi  Q onun  va  «Buxgalteriya  hisobi  milliy 
andozalari»  talablari  asosida  amalga  oshiriladi  va  ular  uni  bosh- 
qarish  hamda  tashkil  etish  tizimining  asosi  hisoblanadi.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalteriya  (shu  jum ladan, 
moliyaviy  hisob)  hisobi  ahamiyatining  oshishi,  birinchidan, 
buxgalteriya  hisobi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyatini  bosh- 
qarishning  ajralmas  boMagiga  aylangan  bo‘lsa,  ikkinchidan,  turli 
xil  foydalanuvchilarni  hisob  m a’lumotlari  bilan  ta ’minlash  mar- 
kaziy  masalalaridan  biriga  aylanganligi,  uchinchidan,  zamonaviy 
buxgalter  faqatgina  hisob  ishlarini  yuritibgina  qolmay,  balki 
buxgalteriya  maiumotlarini tahlil  qilish,  korxona iqtisodiy holatini 
tavsiflovchi turli xil  ko‘rsatkichlarni hisoblash, xo‘jalik jarayonlariga 
baho  berish,  korxona  istiqbolini  belgilay  olishi  kerak.  Bundan 
tashqari  zamonaviy  buxgalter  auditorlik  faoliyati  bilan  ham 
shug‘ullana  olishi  lozim.
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  moliyaviy  hisob  oldiga  quyidagi 
vazifalar  qo‘yilgan:
1.  Mavjud  va  potensial  sarmoyadorlar  va  kreditorlar  uchun 
qulay  hamda  xolis  axborotni  taqdim  etish.
2.  Mavjud  va  potensial  sarmoyadorlar,  kreditorlar  va  boshqa 
foydalanuvchilarga  kutiladigan  daromadlar  bilan  bog‘liq  qarorlar 
qabul  qilishda  yordam  beradigan  axborotlar  taqdim  etish.
3.  Korxonaning xo‘jalik  resurslari,  majburiyatlari,  mulk tarkibi 
va  ularning  shakllanish  manbalari,  shuningdek,  ulardagi  o‘zga- 
rishlar  haqidagi  axborotlami  taqdim  etish.
9

Moliyaviy  hisob  fani  buxgalteriya  hisobi  nazariyasi,  boshqaruv 


hisobi,  audit,  iqtisodiy tahlil  nazariyasi,  soliqlar va soliqqa tortish, 
moliya  fanlari  bilan  uzviy  aloqada.
Moliyaviy  hisobning  o ‘rganish  obyektlari  bo‘lib  quyidagilar 
hisoblanadi:
—  korxonalaming  mablag‘  va  resurslari  —  mehnat  vositalari, 
tovar-moddiy  boyliklar,  pul  mablag‘lari,  tayyor  mahsulot,  ustav 
va  boshqa  fondlar,  kelgusi  davr  xarajatlari  va  toMovlari  rezervi;
—  korxona  faoliyati  jarayonlari  —  tovar-moddiy  boyliklarini 
tayyorlash,  ishlab  chiqarish,  tayyor  mahsulot  (ish,  xizmat)lar 
realizatsiyasi,  kapital  qo‘yilma  va  boshqa  jarayonlar;
—  hisoblashuv  jarayonlari  —  byudjet,  mol  yetkazib  beruvchi, 
pudratchilar, xaridor, xodimlar, banklar va boshqa tashkilot hamda 
shaxslar  bilan  hisoblashuvlar;
—  korxona  xo‘jalik  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  —  foyda 
yoki  zarar  shaklida.
1.4.  Korxonalarda  moliyaviy  hisobni  tashkil  qilish  asoslari 
va  uni  yuritish  tartibi.  Korxonaning  hisob  siyosati
Xo‘jalik yurituvchi  subyektlarda moliyaviy hisobni tashkil qilish 
quyidagilarga  asoslanadi:
1.  Buxgalteriya  hisobining  qonun  hujjatlari.
2.  Asosiy  qoidalar.
3.  Buxgalteriya  hisobini  yuritish  bo‘yicha  turli  yuqori  tash- 
kilotlarning  ko‘rsatma  va  yo‘riqnomalari.
4.  Ichki  ish  hujjatlari  —  hisob  siyosati,  hujjat  aylanishi  va 
boshqalar.
Moliyaviy  hisobni  yuritish  usullari  hisobni  tashkil  etish  va 
yuritish  bo‘yicha  me’yoriy  hujjatlar,  uning  obyektlarini  hisobga 
olish  va  xo‘jaliklar  faoliyati  xususiyatlaridan  kelib  chiqib  qo‘lla- 
niladi.  Jumladan,  shunday  usullarga  korxona  faoliyati jarayonlari 
(tovar-moddiy  boyliklarini  tayyorlash,  ishlab  chiqarish,  tayyor 
mahsulot  (ish,  xizmat)lar  realizatsiyasi)  hisobini  tashkil  etishda 
va  moliyaviy  hisobning  boshqa  obyektlari  hisobini  tashkil  etishda 
qo‘llaniladigan  (ular  hisobini  tashkil  etishga  xos  bo‘lgan)  usullar.
10

ВНМА-1  —  hisob  siyosati  va  moliyaviy  hisobot  talablaridan 


kelib  chiqib  har  bir  korxona  mustaqil  ravishda  o‘zining  buxgal­
teriya  hisobi  tizimini,  ya’ni  siyosatini  ishlab  chiqishi  va  e'lon 
qilishi  lozim.
Ushbu  andozaning  3-bandiga  ko‘ra,  hisob  siyosati  deganda, 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  rahbari  buxgalteriya  hisobini 
yuritish  va  moliyaviy  hisobot  tuzish  uchun  qabul  qiladigan 
usullaming  yig‘masi  tushuniladi.  Moliyaviy  hisobot  shu  usullarga 
muvofiq  va  ulaming  qoidalari  hamda  asoslariga  muvofiq  ravishda 
tuziladi,  deyilgan.  Shunday  usullarga  hujjat  aylanishi,  hisob 
registrlari  tizimi,  axborotlami  ishlash,  mahsulot  va  moddiy  qiy- 
matlarni  baholash,  hisobot  tuzish,  buxgalteriya  hisobini,  shu 
jumladan,  moliyaviy  hisobni  yuritish  usullari  kiradi.
Boshqacha aytganda,  korxonaning hisob siyosati  — bu korxona 
tomonidan  umum  qabul  qilingan  qoidalar  va  o‘z  faoliyatiga  xos 
xususiyatlardan  kelib chiqib e’lon  qilinadigan buxgalteriya hisobini 
olib  borishning  muayyan  uslublari  va  shakllarining  majmuasidir.
Yangi  tahrirdagi  «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi  Qonunning 
12-moddasida  korxonaning  hisob  siyosati  ichki  nazorat  bilan 
bog‘lab  berilgan  bo'lib,  unga  ko'ra  ichki  nazorat  buxgalteriya 
hisobini  yuritishda,  moliyaviy  va  boshqa  hisobotlarni  tuzishda 
xo‘jalik  opcratsiyalarini  amalga  oshirishning  qonuniyligi,  iqtisodiy 
jihatdan  maqsadga  muvofiqligini,  aktivlaming  bud  saqlanishini 
ta’minlash,  talon-taroj  qilish  hollari  va  xatoliklarning  oldini  olish 
hamda  aniqlash  maqsadida  buxgalteriya  hisobi  subyektining 
rahbari  tomonidan  qabul  qilingan  hisob  siyosati  asosida  tashkil 
etilgan  chora-tadbirlar  tizimidir.
Korxonaning  hisob  siyosati  rasmiy  hujjat  hisoblanib,  u  bosh 
buxgalter  tomonidan  ishlab  chiqiladi  hamda  rahbaming  buyrug‘i 
yoki  farmoyishi  bilan  tasdiqlanadi.
1.5.  Moliyaviy  hisob  ma’lumotlaridan  foydalanuvchilar
Moliyaviy  hisob  ba’zan  tashqi  hisob  deb  ham  tushuniladi, 
chunki  uning  ma’lumotlaridan  nafaqat  xo‘jalikning  o ‘zi,  balki 
boshqa  korxona,  tashkilotlar  ham  o ‘z  faoliyatlari  natijalarini
11

yaxshilash  bo‘yicha  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishda  foyda- 


lanadi  va  ular  jumlasiga  quyidagilar  kiradi:
Download 15.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling