Motorning ishga tushirishdagi xususiyatlari, birinchi galda uning ishga tushirish toki qiymati hamda uning karraligi va ishga tushirish momenti qiymati hamda uning karraligi qiymatlari bilan belgilanadi


Download 307.84 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi307.84 Kb.
#1006856
  1   2
Bog'liq
Asinxron motorni qushimcha qarshiliklar ulab (5)


Asinxron motorni ishga tushirish jarayoni, bu stator chulg‘ami­ni tarmoqqa ulagandan so‘ng, rotor va maxkamlangan ijro mexanizmi aylanuvchi qismlarining to‘xtab turgan bir turg‘un holatidan, ikkinchi turg‘un holatiga – motorning aylantiruvchi momenti bilan unga aks ta’sir etuvchi qarshilik momentlari muvozanatlangandagi ravon aylanuvchi holatiga etishdagi o‘tkinchi jarayondan iborat.
Motorning ishga tushirishdagi xususiyatlari, birinchi galda uning ishga tushirish toki  qiymati hamda uning karraligi va ishga tushirish momenti  qiymati hamda uning karraligi  qiymatlari bilan belgilanadi. Yaxshi ishga tushirish xususiyatlariga ega bo‘lgan motor, nisbatan kichik ishga tushirish toki va etarli darajadagi katta ishga tushirish momentini hosil qiladi. Biroq, bunday yaxshi xususiyatlarning mujassamligiga erishish mushkul. Chunki kichik ishga tushirish toki va katta ishga tushirish momenti istagi - bu bir-biriga zid bo‘lgan shartlardir. Agar motorni loyihalashda maxsus qurilmalarsiz ni kamaytirishga erishilsa, unda ham kamayadi va, aksincha, motor sxemasiga qo‘shimcha element kiritmasdan ni oshirishga erishilsa, u holda ham ortadi. Bu fikrlarni quyida va uchun keltiriladigan ifodalar­dan ham anglam olish mumkin.
Stator chulg‘ami tarmoqqa ulangandan so‘ng, ishga tushirishning dastlabki onlarida sirpanish  bo‘lganda, yu.i. toki e’tiborga olinmasa, ishga tushirish tokini va momenti (7.14) va (7.19) dan quyidagicha bo‘ladi:
; (9.1)
(9.2)
Ifoda (9.1) va (9.2)dan ko‘rinadiki, motorning ishga tushirish xususiyatlarini yaxshilashni rotor zanjiridagi aktiv qarshilikni oshirib erishish mumkin ekan, chunki bu vaziyatda ishga tushirish tokini kamaytirish bilan ishga tushirish momentini oshirish birgalikda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, stator kuchlanishi motorning ishga tushirish parametrlariga xar hil ta’sir o‘tkazadi: ni kamaytirish kamayishiga olib keladi va motor ishga tushirilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, biroq, ning kamayishi ishga tushirish momentini ham kamaytiradi. Ishga tushirish xususiyatlarini yaxshilash usullaridan qay birini tanlash motor ekspluatatsiyasining muayyan sharoitlari va ishga tushirishga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq.
Ishga tushirish toki va momenti qiymatlaridan tashqari motorni ishga tushirish ko‘rsatkichlariga - ishga tushiri­shning davomiyligi va ravonligi, ishga tushirish jarayonining murakkabligi, uning samaradorligi (narxi, ishga tushirish apparatlarining ishonchliligi va undagi quvvat isroflari) – ham e’tiborni qaratish zarur.

9.1-rasm. Ishga tushirish momentining rotor aktiv qarshiligiga bog‘liqligi
Faza rotorli asinxron motorlarda kontakt xalqalar mavjud bo‘lib, ular rotor valiga bir-biridan va valdan elektr izolyasiya­langan holida maxkamlanadilar va ularning har biriga rotorning faza chulg‘amlarining boshlari ulanadi, chulg‘am ketlari esa yulduzcha usulda o‘zaro ulanadi. Mashina ishlaganda rotor bilan birga aylanuvchi kontakt halqalar maxkamlangan shchetkalar yordamida rotor chulg‘amini tashqi zanjir bilan bog‘laydilar. Motorni ishga tushirishda rotor chulg‘amiga kontakt halqalar vositasida ishga tushirish reostati (ITR) ulanadi. Bunda rotor chulg‘ami zanjirining aktiv qarshiligi  , bunda - ITRning rotor chulg‘amiga keltirilgan qo‘shimcha elektr qarshiligi. Rotor chulg‘amidagi aktiv qarshilikning ta’si-rini (9.2) ifodadan ko‘rish mumkin. Bunday ta’sirni 9.1-rasmdagi grafikdan ko‘rish mumkin. Uning tahlilidan shunday xulosaga kelamiz: agar ITRsiz ishga tushirilsa, ya’ni rotor zanjiri aktiv qarshiligi  bo‘lsa va ishga tushirish momenti  bo‘lsa, rotor zanjiriga qo‘shimcha  aktiv qarshilik ulansa va  bo‘lsa, u holda maksimal qiyma-ti ga erishadi. Rotor qarshiligi undan  ortsa, kamayadi.
ITRning qarshiligi ni tanlashda motorni ishga tushirish shartlaridan kelib chiqiladi: agar motor ishga tushirilishida valdagi yuklanish momenti katta bo‘lsa, ni tanlashda eng katta ishga tushirish momenti bo‘lishini ta’minlash asosiy talab qilib olinadi (9.2-rasm).

9.2-rasm. Rotor chulg‘ami qarshiligining motor mexanik

Download 307.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling