Ms/22-1 guruh talabasi isoqova marjonaning “falsafa” fanidan “borliq falsafasi”
Download 127.5 Kb.
|
Isoqova Marjona .Falsafa .Borliq falsafasi.
MATEMATIKA FAKULTETI MS/22-1 GURUH TALABASI ISOQOVA MARJONANING “FALSAFA” FANIDAN “BORLIQ FALSAFASI” MAVZUSIDA 2022-2023 BORLIQ FALSAFASI R e j a: 1. Borliqni falsafiy tushunish. 2. Borliqning darajalari va asosiy shakllari. 3. Substantsiya muammosi. Monizm, dualizm va plyuralizm. 4. Moddiylik va ma‘naviylik dialektikasi: materiya va ruh. 5. Harakat. harakatning asosiy shakllari va ularning o’zaro aloqadorligi. 6. Xulosa. KIRISH Borliq haqida mulohaza yuritar ekanmiz, undagi moddiylik va ma‘naviylik dialektikasiga alohida to’xtalmay ilojimiz yo’q. Chunki, biz yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, borliqning turli shakllari aynan ana shu mavjudlik usullariga, ularning turli tarzdagi kombinaziyalariga asosan vujudga keladi. Moddiy olamning o’ziga xos xususiyatlarini anglab yetish uchun “materiya” kategoriyasiga tayansak, ma‘naiy olam silsilalarining yechimi “ruh” tushunchasini anglab olishdan boshlanadi. Boz ustiga materiya va ruh har qanday falsafiy ta‘limotning har qanday dunyoqarashning ikki qutbini tashkil qiladi. Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo’ldi. “materiya” moddiy unsurga nisbatan ham, atomlarga nisbatan ham, umumiyroq bo’lib, borliqning ob‘ektiv real shaklini ifodalovchi, eng umumiy tushunchadir. haqiqatdan ham, umuman materiya bu tushuncha, abstraktsiya, fikrning mahsulidir, chunki olamda “umuman materiya” uchramaydi, balki materiyaning konkret ko’rinishlari uchraydi. Shunday qilib, faylasuflar barcha moddiy ob‘ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha bu “materiya”dir. Materiyaning falsafiy uchta muhim jihati bor. Bular: birinchidan, materiya tushunchasi falsafiy kategoriya ekanligi, ikinchidan bu kategoriya ob‘ekti reallikni, moddiy voqelini ifoda etishi, uchinchidan materiyani bilish mumkinligining ta‘kidlanishidir. Materiyaning bu falsafiy tushunchasi materiyaning muayyan ko’rinishlarini, uning tuzilishi va xossalarini o’rganishda metodologik ahamiyat kasb etadi. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling