Muallif: Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumani 47-maktabning Informatika va at fani o’qituvchisi Javohir Oralov Normengliyevich


Download 18.75 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi18.75 Kb.
#129891
Bog'liq
Ҳикоя


Muallif: Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumani 47-maktabning Informatika va AT fani o’qituvchisi Javohir Oralov Normengliyevich

Yaxshilik!

Yoz kunlarining biri. Quyosh о‘z harorati bilan tabiat hukmroni bо‘lgan payt. Kо‘chada о‘z ishi bilan chiqqan kishidan boshqa kishini topish mushkul. Salim о‘z mashinasida ketib borar ekan atrofdagi bu manzaralarni kо‘rar edi-yu, biroq his qilishga majoli yо‘q. Chunki, ayoli shifoxonada. Tug‘ruq payti boshlangan. Biroq Salimning kо‘zlarida quvonch kо‘rinmasdi. Mana necha yillarki ushbu kunni Xudodan sо‘rar edi. Shu kun ham yetib keldi. Biroq... Biroq jarrohlik amaliyoti og‘ir kechmoqda. Operatsiya paytida chaqaloqcha dunyo yuzini kо‘rdi. Ammo ayolining qoni tо‘xtamayapti. Ayolga faqatgina Salimning qoni guruhi tо‘g‘ri keladi.



Yо‘lda uzoqdan bir Onaxon bir bolakayni kо‘targancha, sanoqli mashinalarga qо‘l kо‘tarardi-yu, biroq haydovchilar unga beparvo ketib borishardi. Salim mashinasini sekinlatdi va hali tо‘xtamasdan bolakay kasalligini, Onaxon shifoxonaga borishi kerakligini tushundi. Mashinasi tо‘xtatib, о‘rindig‘idan shoshgancha tushib, Onaxonni farzandi bilan mashinaga mindirdi. Onaxon duo bilan ovora bо‘ldi va ushbu farzandi nevarasi ekanligini, о‘g‘li shifokorligini, hozir jarrohlik amaliyotidaligini, bо‘lmasa о‘zi kelib olib ketishini sо‘zladi. Salim esa tezlikni yanada oshirib shifoxona tomon yо‘l oldi. Shifoxonaga Onaxon va farzandini eltib qо‘ydi. Shunda yana rafiqasi kutib turganini bir dam ham yodidan kо‘tarmagan Salim Onaxon bilan xayrlashishni ham qarz qilib, ortiga qarab yо‘l oldi. Rafiqasi jarrohlik amaliyoti bо‘layotgan xonaga yetib bordi va eshik tashqarisida turgan hamshiraga sо‘zlay ketdi:

  • Ichkaridagi ayol mening rafiqam. Rafiqamga qon kerak bо‘lib qolibdi. Uzoq yо‘ldaligim bois biroz kechikdim. Iltimos, mendan tezda qon oling, tezroq bо‘ling, tezroq...

Tashqarida turgan hamshira ayol hammasi joyidaligini tushuntirib dedi:

  • Jarrohlik amaliyotini o’tayotgan shifokorning qon guruhi ayolingizning qon guruhi bilan о‘xshash chiqib qoldi. Shifokor hech ikkilanmay о‘zidan qon olib, ayolingizga qо‘yishga rozi bо‘ldi. Hozir esa holat barqarorlashdi. Ayolingiz sog‘, omon.

Buni eshitgan Salim juda quvondi va jarrohlik amaliyotidan sо‘ng, shifokor bilan uchrashish, unga tashakkur aytish maqsadida shifokorning ism va sharifini sо‘rab oldi. Amaliyot ham yaxshi tugadi. Biroz muddat о‘tgach Salimning rafiqasi kо‘zlarini ochdi. Salim ayolining yaxshiligini kо‘rgach shifokorga о‘z minnatdorchiligini bildirish maqsadida shifokorning xonasi eshigi yoniga borib, eshikni taqqillatdi. Ichkaridan kirishga ruxsat eshikgach, eshikni ochib kirmoqchi bо‘ldi. Kirmoqchi bо‘ldi-yu, eshikni ochgan zahoti о‘sha yо‘lda uchratgan Onaxonini kо‘rdi. Onaxonga kо‘zi tushdi-yu, hammasini anglab yetdi. Uch kishi ham kо‘zlaridan quvonch yoshlarini yashirolmasdi. Salimning zaboni faqat bir sо‘z ayta olar edi xolos:

  • Alloh chevar zot, hakim zot. Yо‘qdan bor qilgan hilqatini qanday idora etishni biladigan zot!

Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling