Rasmiy ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki 2021- yilda bandlarning davlat
Download 26.56 Kb.
|
4 reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston
Rasmiy ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki 2021- yilda bandlarning davlat sektoridagi jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Toshkent shahri (29%), Qashqadaryo viloyati (26%), Surxondaryo viloyati (26%), Buxoro viloyati (27%), Xorazm viloyati (25%), Qoraqalpog'iston Respublikasi (29%), Jizzax viloyati (26%), Sirdaryo viloyati (29%), Navoiy viloyati (46%) ga to‘g’ri kelmoqda. Nodavlat sektordagi eng yuqori ko‘rsatkichlar Namangan viloyati (77%), Farg'ona viloyati (74%), Samarqand viloyati (76%), Andijon viloyati (76%), Toshkent viloyati (74%), Toshkent shahri (71%), da kuzatildi (2- rasm). 1-gistogramma. Hududlar kesimida bandlarning davlat va nodavlat sektorlar bo‘yicha taqsimlanish(ming kishi birlikda)1Yuqoridagi gistogramma shuni ko’rsatadiki, Iqtisodiy faol aholi sonining asosiy qismi Iqtisodiyotning nodavlat sektorida bandligini ko’rishimiz mumkin. O‘zbekistonda rasmiy sektorda ishlaydiganlarning 1 772 477 kishi, foiz hisobida taxminan 43 foiz odam 1 mln so‘mgacha oylik oladi. 2 Iqtisodiyotning nodavlat sektorida o’rtacha 3mln so’mdan boshlanadi. Bundan tashqari xizmat ko’rsatish sohasida ham xususiy korxona va tashkilotlar sezilarli darajada yaxshi xizmat ko’rsatadi. O’zbekiston Yalpi Ichki Mahsulotini tahlil qiladigan bo’lsak yildan yilga o’sib bormoqda, shu bilan bir qatorda YaIM dagi nodavlat sektorning ulushi ham ortib bormoqda. Mamlakatimizda 2022- yilda 888341,7 mlrd so’mlik tovar va xizmatlar ishlab chiqarilgan bo’lsa, nodavlat korxona va tashkilotlar ulushi 460161,001 mlrd so’mga to’g’ri kelmoqda. Fozida esa YaIMning 51,8% ga to’g’ri keladi.Yurtimizda olib borilayotgan “Kichik korxona va mikrofirmalarni qo’llab-quvvatlash” bo’yicha siyosat o’z natijasini berib kelmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, kichik biznesning respublika YAIMdagi ulushi 50,5 % ni tashkil etdi. Hududlarda kichik biznesning eng katta ulushi Surxondaryo (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 75,8 % ini tashkil etgan), Jizzax (75,5 %) va Buxoro (72,0 %) viloyatlarida kuzatildi. Kichik biznesning eng kam ulushi Navoiy (23,5 %) va viloyatida qayd etildi.3 Quyidagi gistogrammada batafsil va aniq ko’rishimiz mumkin. 1-gistogramma. Yalpi Ichki Mahsulot va YaIMdagi Nodavlat sektori ulushining 2015-2022- yillar davomi o’sish tendensiyalari(mlrd so’m birlik hisobida). 1 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlariga asosan tuzilgan 2 Moliya vazirligi xabari. 3 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlari Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling