Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kiberxavfsizlik” fakulteti “Axborot xavfsizligi” mutaxassisligi 703-21 guruh magistranti Salimova Husniya Rustamovnaga tavsi yanom a


Download 25.54 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi25.54 Kb.
#1525607
Bog'liq
tavsiyanoma Husniyaga (2)



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kiberxavfsizlik” fakulteti “Axborot xavfsizligi” mutaxassisligi 703-21 guruh magistranti Salimova Husniya Rustamovnaga


T A V S I YA N O M A

Salimova Husniya Rustamovna Qashqadaryo vilayatining Dehqonobod tumanida 1993-yilda tavallud topgan. Millati o‘zbek. Oilali, 1 nafar farzandi bor.


U Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta-ta’lim maktabini tamomlab, 2017-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Kompyuter injiniringi (AT-servis)” yo‘nalishiga o‘qishga kirdi. Hozirda ushbu universitetning “Kiberxavfsizlik” fakulteti, “Axborot xavfsizligi” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti.
H.Salimova o‘qish faoliyati davomida universitetning ilmiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarida o‘z iste’dodi va iqtidorini namoyon qilib kelmoqda. Shuningdek, Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar Qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan “IT-Women” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi mobil ilova” nominatsiyasi g‘olibi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan 2019-yilgi ko‘rik-tanlovning Qashqadaryo viloyat bosqichi g‘olibi, “InnoWeek-2018” – Respublika yosh ixtirochilarning innovatsion haftaligida “Informatsion texnologiyalari” yo‘nalishida eng yaxshi innovatsion loyiha g‘olibi va shu forumning har yilgi muntazam ishtirokchisi, shu bilan birga INNOWOMENWEEK Xotin-qizlar innovatsiya xaftaligi “TECHNOWOMENUZ-2022” forumi g‘olibi bo‘lgan.
H.Salimova O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan YoBV-Atex-2018-134-“Nutqiy signallarni tanish algoritmlarining raqamli signal protsessorlarida tahlili va dasturiy ta’minotini yaratish” va 24/19-F “Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalardagi nutq nuqsonlarini reabilitatsiyasida kompyuter dasturlarini ishlab chiqish” mavzularidagi ilmiy tadqiqot loyihalarida ijrochi sifatida ishtirok etgan.
H.Salimova Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, SCOPUS bazasidagi ilmiy jurnalda 4 ta ilmiy maqola, 20 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek 1 ta uslubiy ko‘rsatmaga hammuallif hisoblanadi.
H.Salimova o‘zining ilmiy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘z ustida muntazam ishlab keladi. Turli xil o‘quv dasturlar doirasida tashkil qilingan kurslarni muvaffaqiyatli tugatib diplom va sertifikatlarga ega bo‘lgan.
H.Salimova O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov Davlat stipendiyasi 2019-yilgi tanlovi g‘olibi.
H.Salimova o‘zini mehnatsevar, intizomli, tashabbuskor va faol magistrant sifatida ko‘rsatib kelmoqda. Ilmiy rahbari va ustozlari tomonidan berilgan topshiriqlarni ma’suliyat bilan o‘z vaqtida bajarib kelmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati H.R.Salimovaning mehnatlarini yuqori baholaydi, hamda uni “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni tanloviga munosib nomzod sifatida tavsiya etadi.


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor K. Tashev


Download 25.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling