Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy (780 850)


Download 68.5 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi68.5 Kb.
#157278
Bog'liq
AL XORAZMIY



Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy

(780 - 850)
Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. Olim 850 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a’zolaridan biri edi. U  al-Farg'oniy  bilan  Bag'dodda  rasadhona  qurishga  boshchilik  qildi.  Rasadhonadagi  asboblar  yordamida  koinot  sirlarini  va  Yer  kurrasini  o'rgandi. Al-Xorazmiy  va  Al- Farg'oniy  boshchiligidagi olimlar 1000 dan  ortiq  yulduzlarni  tekshirdilar  hamda  ularning  joylanish   xaritasini  tuzdilar. Yer  kurrasining  aylana  uzunligini  aniqladilar.

Xorazmiy "Surat al-arz" ("Yer suvrati")  nomli  kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa  qit'alarini aniq   tavsiflagan. Koinot  sirlarini  o'rganishga  oid  ijodlari  uning  "Ziji" ("Astronomiya")  kitobida  bayin  etilgan.



Muhammad al-Xorazmiy Bog'dodda  vafot  etdi. Algebra fanining otasi sifatida shuhrat qozongan vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tarix sohasida Sharqda ilk asarlardan birini yaratgan. Uning "Kitob at-tarix" asari bizgacha turli mualliflarning asarlari tarkibida etib kelgan. Buyuk ajdodi ilmiy merosini mukammal o`rgangan Beruniy ham bu sohada "Xorazmning mashhur kishilari" yoki "Xorazm tarixi" asarini yaratib qoldirgan. Bu kitob ham to`liq holda saqlanmagan. Al-Xorazmiy Algebra fanining asoschisi. Uning “Al-kitob al muxtasar fi hisob al-jabr va al muqobala” asaridagi “al-jabr” so’zi lotincha transkripsiyada “Algebra” ni anglatib, Al-Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomidir. Olimning “Al-Xorazmiy” nomi esa, “Algoritm” shaklida fanda abadiy saqlanib qolgan. Olimning “ZIJ” asari astronimik asarlarni yozish andozasini belgilab bergan. Al-Xorazmiy fanda birinchi bo’lib geografiyani iqlimlar asosida bayon etgan.
Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling