Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1602969
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-mustaqil ish (2) (2)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
QARSHI FILIALI
“TT va KT” FAKULTETI
TT 11-20 GURUH TALABASINING
“SIMSIZ TARMOQLAR” 
FANIDAN TAYYORLAGAN 
 
3-MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
Bajardi: 


Ro’ziboyev A. 
Qabul qildi: 

Tuychiyev B. 
 
 
 
 
 
 QARSHI-2023 


Mavzu:
Kriptografiya asoslari. Simmetrik va Asimmetrik shifrlash. 
Reja: 
Kirish. 
1. Kriptografiya asoslari. 
2. Simmetrik va Asimmetrik shifrlash WEP shifrlash mexanizmi
3. Keng polosali simsiz aloqa tarmoqlarining shifrlash protokollarining 
bardoshliligi.
4. Antenna fider qurilmalari va ularning texnik xarakteristikalari.
5. Mobil aloqa texnologiyalarining standartlari.
6. CDMA va GSM standartlari va ularning o’rtasidagi o’zaro ishlash prinsiplari 
7. OFDM va OFDMA standartlari.
8. Tashqi antennali antenna-fider traktlar va radiotizimlarning qurilish usullari 
Xulosa.


Kirish. 
Axborot tushunchasi tushunilgan miqdorni anglatib, u turli ko‘rinishlarda bo‘lishi 
mumkin. Axborotni ishonchli himoyasini tashkil etishda kriptografiya muhim ahamiyat 
kasb etadi. Kriptografik himoyani joriy qilish uchun axborot xavfsizligi bilan bog‘liq 
umumiy masalalarni tushunish kerak. Axborot xavfsizligi vaziyat va talabga muvofiq 
ravishda turlicha namoyon bo‘ladi. Foydalanuvchining kimligidan va qanday darajada 
ishtirok etganidan qat’iy nazar tomonlar axborot xavfsizligi bilan bog‘liq ba’zi 
maqsadlarga erishadi. Kriptografiya axborot xavfsizligining maqsadlari: konfidensiallik, 
ma’lumot yaxlitligi, subyekt autentifikatsiyasi va xabar 7 autentifikatsiyasi, bilan bog‘liq 
matematik usullarni o‘rganadi. Kriptografiya nafaqat axborot xavfsizligini ta’minlash 
vositasi, balki usullar to‘plami ham hisoblanadi: 1. Konfidensiallik – bu axborot 
mazmunini unga ega bo‘lishga vakolati bo‘lganlardan tashqari, barchadan saqlash xizmati 
hisoblanadi. Ko‘p hollarda maxfiylik tushunchasi konfidensiallik va shaxsiylikka sinonim 
sifatida ishlatiladi. Konfidensiallikni ta’minlashda fizik himoyalashdan tortib axborotni 
tushunarsiz holatga keltiruvchi matematik algoritmlargacha bo‘lgan yondashuvlardan 
foydalaniladi. 2. Ma’lumot yaxlitligi - ma’lumotlarni ruxsatsiz o‘zgartirishga qarshi 
qaratilgan xizmat bo‘lib, mazkur xizmatni kafolatlash uchun ruxsat etilmagan 
foydalanuvchilar tomonidan ma’lumotlarni modifikatsiyalanishini aniqlash kerak bo‘ladi. 
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash o‘zida qo‘shish, o‘chirish va almashtirish kabi amallarni 
mujassamlashtiradi. 3. Autentifikatsiyalash xizmati identifikatsiyalashga aloqador bo‘lib, 
u ham subyekt ham ma’lumotning o‘zi uchun amal qiladi. Ma’lumot almashinuvchi ikki 
tomon bir-birini haqiqiyligini tasdiqlashi talab etilsa, aloqa kanalida uzatilayotgan 
axborotni uning manbasini, yaratilgan vaqti, ma’lumot tarkibi, yuborilgan vaqti va h.k.k. 
bo‘yicha tasdiqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli kriptografiyaning mazkur maqsadi ikki 
sinfga: subyektni autentifikatsiyalash va xabarni autentifikatsiyalashga ajratiladi. 4. Rad 
eta olmaslik xizmati avvalgi majburiyatlarni yoki harakatlarni rad etishga to‘sqinlik 
qiladi. Ko‘p holatlarda subyekt tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirilganligi 
inkor etilgani bois, nizolar kelib chiqadi. Mazkur muammolarni oldini olishda ishonchli 
uchinchi tomon ishtirokidagi biror muolaja talab etiladi. Kriptografiyaning asosiy 
maqsadi ham nazariyada ham amaliyotda ushbu to‘rtta vazifani yetarli darajada amalga 
oshirishdan iborat. Shuning uchun kriptografiyani aldash va boshqa zararli harakatlarni 
aniqlash va ulardan himoyalash haqidagi fan sifatida ham qarash mumkin. 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling