Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish


Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va atamalari


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1602969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-mustaqil ish (2) (2)

Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va atamalari.Har bir fanni o‘rganishdan 
oldin uning asosiy tushunchalarini bilish talab qilinadi Alfavit deganda axborotni 
ifodalashda ishlatiluvchi belgilarning chekli to‘plami tushuniladi. Zamonaviy 
kriptotizimlarda ko‘pincha atigi ikkita simvoldan (0, 1) iborat ikkilik alfavit, Α = {0,1}, 
ishlatiladi. Shuningdek, o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alfavitini, o‘ttiz 
ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfavitini, yigirma sakkizta belgidan (harfdan) 
iborat lotin alfavitini, ikki yuzi ellik oltita belgidan 13 iborat ASCII kompyuter 
belgilarining alfavitini ham misol sifatida keltirish mumkin. Matn yoki xabar – alfavit 
elementlaridan tartiblangan nabor. Ochiq matn (plaintext, Ρ) – shifrlashga atalgan 
dastlabki xabar. Shifrmatn (cipher text, 
𝐶) – ochiq matnni shifrlash natijasi. Kalit (key, 
Κ), yoki kriptoo‘zgaruvchi (cryptovariable) – o‘zgartirishlar oilasidan birini tanlashni 
ta’minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir parametrlarining muayyan qiymati. 
Shifrlash (encryption, enciphering) – ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish jarayoni, 
ya’ni, 𝐸𝐾: 𝑃 → 𝐶 kabi belgilanib, u bijektiv funksiya hisoblanadi. Rasshifrovkalash 
(decryption, deciphering) – shifrmatnni ochiq matnga o‘zgartiruvchi teskari jarayon, 
ya’ni, 𝐷𝐾: 𝐶 → 𝑃 kabi belgilanib, u ham bijektiv funksiya hisoblanadi. Shifrlash va 
rasshifrovkalash bir – biriga teskari tushunchalar bo‘lgani bois, 
𝐷𝐾 = 𝐸𝐾 −1 tenglikni 
yozish mumkin. Shifrlash algoritmi turiga qarab shifrlash va rasshifrovkalash jarayonida 
foydalanilgan kalitlar o‘zaro teng yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Deshifrlash (breaking) – 
kalitni bilmasdan turib shifrmatn bo‘yicha ochiq matnni tiklash jarayoni. 
Rasshifrovkalash bilan deshifrlash orasidagi tafovutga e’tibor qarataylik: agar 
rasshifrovkalash kriptografik algoritmdan foydalanilganda standart shtatli muolaja 
hisoblansa, deshifrlash, ko‘proq kriptotahlilga taalluqli, kriptotizimni buzishdir. 
“Shifrlash” umumiy atamasi shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini bildiradi. Shifrlash 
jarayonidan axborotni konfidensialligini ta’minlash maqsadida foydalanilish mumkin. 


Ikki tomon, Alisa va Bob, o‘rtasida dastlab kalit 𝐾 (faraz qilinsin, shifrlash va 
rasshifrovkalash uchun bir xil kalitdan foydalanilgan bo‘lsin) maxfiy tarzda yetkazilgan 
bo‘lsin. Agar Alisa 𝑃 ochiq matnni yubormoqchi bo‘lsa, u holda 𝐶 = 𝐸𝐾(𝑃) qiymatni 
hisoblaydi va Bobga yuboradi. Bob 
𝐶 ni qabul qilishi bilan 𝑃 = 𝐷𝐾(𝐶) ni hisoblaydi va 
haqiqiy ochiq matn 
𝑃 ni tiklaydi. Shifrlash va rasshifrovkalash jarayonida kalitdan 
foydalanilganiga e’tibor qarataylik. Nima uchun shunchaki biror shifrlash funksiyasi va 
unga mos rasshifrovkalash funksiyasidan foydalanish mumkin emas? Shifrlash va 
rasshifrovkalash funksiyasida kalitdan foydalanishdan asosiy maqsad har bir ma’lumot 
uchun ularni qayta loyihalashdan 14 qochishdir. Ya’ni, faqat shifrlash va unga mos 
rasshifrovkalash funksiyasidan foydalanilganda agar buzg‘unchi ularni aniqlasa, yangi 
shifrlash/ rasshifrovkalash funksiyasini loyihalash talab etiladi. Agar kalitdan foylanilgan 
bo‘lsa, unda faqat kalitni almashtirishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Kriptografik usullar 
umumiy xususiyatlari bo‘yicha ikki turga, simmetrik va ochiq kalitliga bo‘linadi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling