O‘zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
Download 47.95 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQAND 2023 Mavzu: Chiziqli Kriptotahlil. Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “Kriptotahlil” fanidan 1-Amaliy ishi Mavzu: Chiziqli Kriptotahlil. Bajardi: Bozorov Mirg’iyos Tekshirdi:. UMURZAQOV O SAMARQAND 2023 Mavzu: Chiziqli Kriptotahlil. Reja: 1. Differensial kriptotahlil. 2. Chiziqli kriptotahlil. 3. Zamonaviy kriptotizimlarni yaratish. Chiziqli kriptotahlil Chiziqli kriptotahlil usuli Misuru Masui tomonidan taklif etilgan bo‘lib, unda blokli shifr algoritmining kriptotahlillash modelini tuzishda chiziqli yaqinlashishdan foydalaniladi. DES shifri chiziqli kriptotahlil usuliga qarshi qilib loyixalanmagan yoki NSA 1970 yilda bu tahlul usuli haqida bilmagan yoki bu turdagi tahdidni hisobga olishmagan. Chiziqli kriptotahlil differensiyal tahdidga qaraganda real amalga oshirish ehtimoli yuqori. Sababi, chiziqli kriptotahlil tanlangan ochiq matnga emas, balki, ma’lum ochiq matnga asoslangan. Chiziqli kriptotahlilning asosiy g‘oyasi bu – chiziqsiz komponentlarni taqribiy chiziqli funksiyalar orqali ifodalash asoslangan. Chiziqli yaqinlashish o‘zgartirishlarning kiruvchi va chiquvchi bitlari orasidaga bog‘liqlikdir. Matematik ifodasi, berilgan funksiya f bo‘lib, maqsad u va v bul vektorlarini yetarlicha katta bo‘lgan |ε| uchun ehtimollik ½+ε bilan topish: 𝑢 ∙ 𝑋 = 𝑣 ∙ 𝑓(𝑋) Bu yerda • amali vektorlar orasidagi amallar. Agar f=f K kalitli funksiya bo‘lsa, bog‘lanish K kalitni ham o‘z ichiga oladi: 𝑢 ∙ 𝑋⨁𝑣 ∙ 𝑓 𝐾 (𝑋) = 𝑤 ∙ 𝐾 DES algoritmida S jadval tahlilida, S 5 jadval uchun (0,0,0,1)•X=(1,1,1,1)•S 5 (X). Bu yerda ehtimollik ½-5/16 ga teng bo‘ladi. Natijada, raund funksiyasi F uchun quyidagi yaqinlashish o‘rinli bo‘ladi: 𝑋 15 ⨁𝐹 𝐾 (𝑋) 7 ⨁𝐹 𝐾 (𝑋) 18 ⨁𝐹 𝐾 (𝑋) 24 ⨁𝐹 𝐾 (𝑋) 29 = 𝐾 22 Kriptotahlil S-bloklarning strukturasiga juda ham bog‘liq, ammo DES S- bloklari chiziqli kriptotahlilga qarshi optimallashtirilmagan. DES mualliflaridan biri Don Koppersmitning so‘ziga qaraganda chiziqli kriptotahlilga bardoshlilik «DESni loyihalashda zarur bo‘lgan tamoyillar qatoriga kiritilmagan». Download 47.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling