Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlangan «Ulugimsan Vatanim» deb nomlangan ssenariysi
Download 15.99 Kb.
|
M.Yusuf tavalludi
Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlangan «Ulugimsan Vatanim» deb nomlangan ssenariysi. Tadbir otkaziladigan zal bayramona bezatiladi. «Muhammad Yusuf 55 yoshda»mavzusida kitob korgazmasi tashkil qilinadi. Korgazmaga shoirning chop etilgan kitoblari, gazeta va jurnallarda u haqida bosilgan maqolalardan namunalar shu bilan birga shoirning fotosuratlari qoyiladi. Kechaga shoirning yaqinlari, yozuvchi va shoirlarni, adabiyot fani oqituvchilarini ham taklif qilish mumkin. Zalda Muhammad Yusuf she’rlari asosida dilkash qoshiq yangrab turadi. Tabdirni otkazishdan oldin ishtirokchilarga she’rlar bolib beriladi. Boshlovchilar adabiy kechani ochiq deb e’lon qilib, kechaga tashrif buyurgan mehmonlarni va ishtirokchilarni qutlaydilar. 1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar! 2-boshlovchi: Assalomu alaykum she’riyatga oshno qalblar! 1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz Ozbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bagishlanadi. Ozbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she’rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bolmasa kerak. 2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz xayot bolganlarida hozir 55 yoshni qarshilagan bolar edilar, ming afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini ortab ketdi. U kishi oramizda yoq, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she’riyat bor. 1-boshlovchi: Bu she’riyat aslo zavol kormaydi. Shoirdan chinakam, betakror ijodiy meros qoldi. Xaqiqiy ma’nodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga ta’luqli desak xato qilmaymiz. 2-boshlovchi: Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlogida, dehqon oilasida dunyoga keladi. 1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga oqishga kiradi. 1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar esa «Toshkent oqshomi» gazetasida ishlagan. 1-boshlovchi:1986-1992 yillar Gafur gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillar «Ozbekiston ovozi» gazetasida ishlagan. 1995-1996 yillar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida oqigan. 1998 yilda Ozbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bolgan. 1997 yildan to vafoti gacha Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining orinbosari lavozimida faoliyat korsatgan. 2-boshlovchi: Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari, xokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bolsa, shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yiglatadigan, oylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan she’ru qoshiqlari bilan yashab qoladi. 1-boshlovchi: Shoirning ilk toplami «Tanish teraklar» nomi bilan 1985 yilda nashr etildi. 1987 yildan to 2004 yilga qadar uning «Bulbulga gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Xalima enam allalari», «Ishq kemasi», » Konglimda bir yor», «Bevafo kop ekan», «Erka kiyik», «Yolgonchi yor», «Osmonimga olib ketaman», «Saylanma» kabi asarlari nashr qilingan. 2-boshlovchi: Azizlar keling sizlarni bugungi kechamizga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib otsam, ular Muhammad Yusufning eng yaqin insonlari va taniqli shoir va yozuvchilarimizdir. Mehmonlar bilan tanishtiriladi Shundan song boshlovchi davraga oquvchilarni taklif qiladi va ular shoirning «Talabalar madhiyasi» she’rini yoddan ifodali aytib beradilar; 1-oquvchi. Alp oglonlar olkasi bu kohna Turon Qalqonlari, qanotlari ilm istang. Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron, Alisherning avlodlari ilm istang! 2-oquvchi. Taxtdan tushganda ham otdan tushmagan, Ajdodingiz uy qurmagan-Davlat qurgan. Yurti uchun yelkasida toglar surgan, Rustamlari, Farhodlari, ilm istang. 3-oquvchi. Koz ochgandan kezib yetti bagri ummon, Yetti tilda sozlashgan biz tili biyron. Vatanida Tojmahallar tiklar sulton- Boburlari, Behzodlari ilm istang. 4-oquvchi. Qaq yolida siz ilmning ummatlari, Xalq yolida hidoyati, himmatlari, Madad bolsin Yassaviyning hikmatlari Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang. 5-oquvchi. Ilm istang, izingizdan ibrat yoqsin, Ihlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin. Ortingizdan magrur-magrur millat yoqsin- Mulki Turon najotlari, ilm istang 6-oquvchi. Alp oglonlar olkasidir Ozbekiston, Erkli elning qanotlari, ilm istang. Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron, Alisherning avlodlari, ilm istang. 1-boshlovchi: Rahmat. Muhammad Yusuf xalq dardini tushunardi, Xalq uchun, Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib ijod qilgan. Shu bilan birga inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi. 2-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan shoir she’riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, ogizga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, ota jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qoshiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. Ona tilim sheri — Muhammad Yusuf Soz navbati mehmonlarga beriladi. Mehmonlarning chiqishi. 1-boshlovchi: Qiziqarli suhbatingiz uchun sizlarga oz minnatdorchiligimizni bildiramiz va ijodingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Shundan song davrada shoh qoshiq yangraydi. Maktab oquvchilari Muhammad Yusufning she’ri bilan ijro etilgan qoshiqqa raqs ijro etadilar. 1-boshlovchi: Chiroyli raqsingiz uchun uchun raxmat. 2-boshlovchi: Muhammad Yusuf kitoblarini varaqlasangiz, quloqingiz ostida qoshiq yangrab turgandek har bir she’rni zavq-shavq bilan oqiysiz. Qat-qatidagi ichki dardga sherik bolasiz. U Vatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madx eta olgan. 1-boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni korish nasib etdi. Yurtning eng ulug bayramlarida uning qoshiqlari baralla yangraydigan boldi. Ozbekiston haqidagi she’rini yoshlar hatto oz madhiyalariga aylantirib yubordilar. 2-boshlovchi: . Shu orinda hurmatli yurtboshimizning bu kamsuqum shoirga shaxsan e’tiborini aytib otishimiz lozim. Shoir Muhammad Yusufga Prezidentimizning mehrlari bobomiz Ulugbek haqidagi qoshiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan edi. «Xalq shoiri» unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufga ozlari topshirgan edilar. 1-boshlovchi: Xurmatli mehmonlar va qadrli oquvchilar, keling hozir Muhammad Yusufning xotirasini yod etib, hammamizga yod bolib ketgan «Fidoying bolgaymiz-Ozbekiston» qoshigini birgalikda ijro etaylik. Oq yorgakka oragansan ozing bizni, Ham oq yuvib oq taragansan ozing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bolib, Kunimizga yaragansan ozing bizni. Fidoying bolgaymiz seni,Ozbekiston, Hech kimga bermaymiz seni Ozbekiston!… Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joninga, Alpomishlar ruhi yor har ogloninga. Asragaymiz giyohing ham gulday opib, Yovlar yaqin yololmagay qorgoninga. Adoyining bolgaymiz seni, Ozbekiston, Hech kimga bermaymiz seni Ozbekiston!… Tuzing totib, unutganlar xor boladi, Kozlaringa ikki dunyo tor boladi. Shodon daming korolmagan yurtfurushlar, Bir kun bir kaft tuprogingga zor boladi. Yoningda turgaymiz seni, Ozbekiston, Hech kimga bermaymiz seni Ozbekiston!… 2-boshlovchi: Shoir bu satrlarni bitar ekan, ajdodlarimizga bolgan xurmatni, Vatanning naqadar ulugvorligini, jasurlik, fidokorlik kabi fazilatlarni osib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirgan holda vatanparvarlikka da’vat etdi.. Boshlovchilar tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, ular orasidan shoirning she’rlarini yod olgan oquvchilarga navbatni beradilar. 1-boshlovchi: Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Muhammad Yusuf kamdan-kam tugiladigan iste’dod egasi bolish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi-shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi. 2-boshlovchi: Xulosa qilib, Muhammad Yusuf oz ovozi,uslubiga ega san’atkorga aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz.Muhammad Yusuf tavalludiga atab tadbir ssenariylar to’plami 1-boshlovchi: Muhammad Yusuf tavalludiga bagishlab otkazilgan kechamizning aziz mehmoni bo`lganingizdan va ishtirok etganingizdan minnatdormiz. Download 15.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling