Munavvar Qori Abdurashidxon- o’zbek jadidchilik yo’lboshchilaridan biri Bajardi: madirimova zuhra


Download 246.79 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi246.79 Kb.
#1157432
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu.

Munavvar Qori Abdurashidxon- o’zbek jadidchilik yo’lboshchilaridan biri

Bajardi: MADIRIMOVA ZUHRA

209-guruh

REJA:

  • 1. MUNAVVAR QORINING HAYOTI VA IJODI.
  • 2. MUNAVVAR QORINING PEDAGOGIK QARASHLARI.

Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878 - 1931)

Cho’q munavvar etdi olamni Munavvar Qorimiz,

Ko’rdimiz ravshanligidan fe’limiz, atvorimiz.

Ibrat oling, yoshlar, deb to’kdi ko’zdin yoshlar,

Nutqida tahrir etib bizlarni yo’qu borimiz.

TAVALLO

Adib, murabbiy, muharrir, ma'rifatparvar, jamoat arbobi

  • Adib, murabbiy, muharrir, ma'rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li 1878-yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug'ildi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida o'qidi, so'ngra tahsilini Buxoroda davom ettirdi, Toshkentga qaytgach, Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi. Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901-yilda o'z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. Bu maktablar uchun 1907-yilda "Adibi avval", "Adibi soniy" darsliklarini yaratadi. "Tajvid al-Qur'on", "Yer yuzi" singari qo'llanmalarni tuzib, nashr etadi. Bolalar uchun qator she'riy va nasriy hikoyalar yozadi.

Munavvarqori vatan va millat fidoyisi

  • Munavvarqori vatan va millat fidoyisi, siyosat va ma’rifat arbobi, Turkistondagi jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, pedagogdir. U 1878 yilda Toshkentning Shayhontohur dahasidagi Darxon mahallasida dindor ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi Abdurashidxon madrasada mudarris, onasi Xosiyatxon mahallaning otin oyisi bo‘lgan.
  • Munavarqori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib savodini chiqardi. So‘ngra Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasasida ta’lim oldi. 1904 yildan boshlab faol ijtimoiy hayotga kirib bordi.

Download 246.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling