Mundarija : kirish I. Bob. Sssr prezidenti va hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo’li


Download 81.94 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi81.94 Kb.
#1531378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suvereniteti uchun amaliy harakatlar.




M U N D A R I J A :
KIRISH ………………………………………………………………………
I.BOB.SSSR PREZIDENTI VA HUKUMATI HAM INQIROZIY HOLATDAN CHIQISHNING YO’LI………………………………………….
1.1.Yangi Ittifoq Shartnomasini asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o’tish………..
1.2.O’zbekiston SSR bilan SSR Ittifoqining huquq doirasi sohalari………………
1.3.O’zbekistonning milliy manfaatlari himoya qilinishi…………………………
II.BOB. O’ZBEKISTONNING SIYOSIY SUVERENITETINI TA’MINLASHGA QARATILGAN QAT’IY POZITSIYASI………………..
2.1.Ministrlar Soveti bu ish jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarishning real resurslari………………………………………………………………………….
2.2.“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan muhokama qilinishi……
2.3.Jumhuriyatning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya va konstitutsion tuzum qoidalari……………………………………………………………………
XULOSA …………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………


KIRISH
XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning o’rnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo’lib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistik tuzum barbod etildi. Ayni chog’da SSSR parchalanib uning o’rnida mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi1.
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko’pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibid yuz berdi. “Xalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z taqdirini o’zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir”, degan edi Islom Abdug’aniyevich Karimov.
90-yillarning boshlariga kelib O’zbekistonda xalqning ana shu azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo’lib qoldi.
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: Zo’ravonlikka asoslangan, ma’muriy buyruqbozlikka xos bo’lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta’minlanadimi? – degan masala dolzarb bo’lib qoldi. Ikkinchi tomondan, o’sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo’lini topa olmay qoldi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyatlar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro’yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo’jalik hayoti boshqarilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomonlasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hol tabiiy ravishda xalqning ko’zini ochdi, endi u eskicha buyruqbozlik usulini qabul qila olmay qoldi.
Qisqacha qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o’zi ko’rsata boshladi.
Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazish ham Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi natijasiz qadamlarda ham ko’rsa bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiga o’tkazish masalasi 1987 yili xalq deputatlari II s’yezdi qarori va iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida tilga olingan, u 1990 yil may oyida Oliy Kengash III sessiyasida muhokama qilingan edi.
Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga o’tish ob’yektib zaruriyat, bundan boshqa yo’l yo’q, degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining “Boshqariladigan bozor iqtisodiga o’tish haqida”gi qarorida bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmunini tashkil qiladi, deb qayd etildi. Shu boi bu boradagi Hukum Konsepsiyasini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990 yil 1 sentabriga tayyorlash belgilandi.



Download 81.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling