Mundarija kirish 3 web ilovalarni yaratish tamoyillari. 5 Web sayt haqida tushuncha. 5 Html, css, JavaScript va php haqida tushuncha. 7 Web dasturlash o’quv web saytini yaratish. 14 Web saytning strukturasi
Download 1.36 Mb.
|
WEB KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
- WEB ILOVALARNI YARATISH TAMOYILLARI.
- 1.2. HTML, CSS, JavaScript va PHP haqida tushuncha.
- HTML5 Tutorial
- JavaScript
MUNDARIJAKIRISH 3 WEB ILOVALARNI YARATISH TAMOYILLARI. 5 1.1.Web sayt haqida tushuncha. 5 1.2. HTML, CSS, JavaScript va PHP haqida tushuncha. 7 Web dasturlash o’quv web - saytini yaratish. 14 2.1. Web saytning strukturasi. 14 2.2. Web saytni yaratish. 14 2.3. Foydalanuvchi uchun qo`llanma. 19 Xulosa 22 Foydalanilgan adabiyotlar 23 Ilova 23
KIRISHMavzu Dolzarbligi Hozirgi kunda Web texnologiyalar bilan qiziquvchilar ko`payib bormoqda va teng ravishda Web texnologiyalarga talab ham ortib bormoqda. Hozirda Web texnologiyalarni o`rgatuvchi saytlar juda ko`p va ularning ichidan aniq ma’lumot toppish qiyin bo`lishi mumkin. Web dasturlash o’quv web – saytida Web texnologiyalar bo`yicha ko`plab ma’lumotlar topish mumkin. Web saytning ko`pgina imkoniyatlari va qulayliklarini quyida keltirilgan: Har bir darslik bo`yicha aniq ma’lumotlar va shu mavzu bo`yicha misollar bilan keltirilgan ma’lumotlar keltirilgan. Web sayt dizayni qulay va sodda qilib ishlangan. Web texnologiyalardan bilimi kam bo`lgan inson ham foydalana oladi va o`z bilimlarini mukammallashtirish imkoniga ega. Bu Web saytning eng katta avzalligi darsliklarda keltirilgan misollarni Web saytni o`zida ishlatib kodni tekshirish imkoniyati yaratilgan. Internetning ommaviyligi haqida gapirish o‘rinsiz. Internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson web-texnologiyalarning inson hayotining ta‘lim, kommersiya, siyosat, ko‘ngil ochar , … bo‘laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda. Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo‘lib, ular matnni formatlash va gipеrko‘rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga intеr faol xususiyati bеrildi. Web tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini еngillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o‘zida yaratishdir. Web tеxnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bеvosita bog‘liq bo‘lib, CGI dasturlar sеrvеrda joylashgan va sеrvеr imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular sеrvеrga kеlgan so‘rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo‘ladi. Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayllar to‘plami bo‘lib, ularni soni soat sayin ko‘payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to‘ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o‘qitila boshlandi.
Ushbu Web dasturlash o’quv web – saytini yaratishdan maqsad Web texnologiyalar haqidagi aniq bo`lgan darsliklarni yaratish. Web saytni qulay va sodda qilib yaratilishi. Kurs ishini bajarish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:
Web ilovani yaratuvchi texnologiyalarni o‘rganish; Web ilovani yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar bilan ishlashni o‘rganish; Web - ilovani tarkibini ishlab chiqish; Web dasturlash o’quv web – saytini asosiy bo‘limlarining web texnologiyalar asosida web saytni yaratish; Web sayt uchun foydalanuvchi qo‘llanmasini ishlab chiqish; WEB ILOVALARNI YARATISH TAMOYILLARI.Web sayt haqida tushuncha.Web-sayt (ingliz tilidagi website: "web, tarmoq, o`rgimchak to`ri" va sayt - "joy", ma'nosi "joy, segment, tarmoqning bir qismi") - mantiqiy jihatdan bog'liq bo'lgan web-sahifalar majmuasi; shuningdek, server tarkibining joylashuvi. Odatda, Internet sayti noyob manzilga ega bo'lgan ma'lumotlar majmuosidan tashkil topgan bo`ladi va foydalanuvchi tomonidan butun ma'lumot sifatida ko`riladi. Web-sayt, elektron hujjatlar tizimi (ma'lumotlar fayllari va kod) kabi jismoniy shaxsga yoki tashkilotga tegishli bo'lib, kompyuter domenida umumiy domen nomi va IP-manzil yoki bitta kompyuterda mahalliy sifatida mavjud bo'lishi mumkin. "Iqtisodiyot va huquq" jurnali maqolasida har bir saytning domen nomi bilan aralashmaslik kerak bo'lgan o'z nomiga ega bo'lishi taklif qilingan edi. Mualliflik huquqi nuqtai nazaridan ushbu sayt kompozitsiyasidir, shuning uchun sayt barcha mualliflik huquqlari bilan himoya qilinadi. Jamiyatdagi barcha web-saytlari World Wide Webni tashkil qiladi, bu yerda aloqa (World Wide Web) dunyo hamjamiyatining axborot segmentlarini bir butun sifatida birlashtiradi - sayyoralar miqyosidagi ma'lumotlar bazasi va kommunikatsiyasidir. Mijozlar saytlarga (serverlarga) to'g'ridan-to'g'ri kirish uchun HTTP protokoli maxsus ishlab chiqilgan. Dunyodagi birinchi web sayt info.cern.ch sayti 6 Avgust 1991 yilda paydo bo'ldi. Uning yaratuvchisi, Tim Berners-Li, HTTP aloqa protokolida, URI adreslash tizimi va gipermatnli belgilash tili HTML asoslangan, yangi texnologiyalar World Wide Web ustida u tavsifi chop etildi. Saytda shuningdek, serverlar va brauzerlarning o'rnatilishi va ishlash tamoyillari tasvirlangan. Bu sayt dunyoning birinchi internet-katalogiga aylandi, chunki Tim Berners-Li keyinchalik boshqa saytlarga havolalar ro'yxatini qo'ydi. Birinchi sayt ishlashi uchun zarur bo'lgan barcha vositalarini Berners-Li, hatto 1990 -yilda tayyorlab qo'ygan edi, birinchi web-muharriri, birinchi server NeXTcube asoslangan va birinchi veb-sahifasi bilan birinchi gipermatnli brauzer WorldWideWeb paydo bo'ldi. Saytlarni yaratish hozirgi vaqtda qiyin emas. Chunki kodni boshida yozib, saytning har bir detalini yaratishning xojati yo’q. Hozirda internet saytlarida eng ko’p ishlatilayotgan WordPress yoki Joomla!kabi sayt platformalari sayt yaratishdagi ishingizning 99% qismini Siz uchun bajaradi. Buning uchun WordPress yoki Joomla! web dasturlarini hostingingizga yuklashingiz va ularni o’rnatishingiz kerak. WordPress va Joomla! uchun saytlarning tayyor ko’rinishlari ham internetda yuklab olish uchun juda ko’plab topiladi. Saytlarning mashhurligi, odatda, mehmonlar soni bo'yicha aniqlanadi. Quyida Alexa saytlar va shunga o'xshash veb-saytlar ro'yxatlari mavjud. Bu saytlar boshqa saytlarning ishtiroki haqida statistik to'plangan saytlar. Top reyting Alexa To'plamini o'rnatgan foydalanuvchilarning to'g'ridan-to'g'ri ma'lumotlarini to'playdi va ushbu ma'lumotlarga asoslanib, sayt trafigi va tegishli havolalar haqida statistik ma'lumotlar to'planadi. 2017 yilning noyabr oyiga qadar tashrif buyurgan eng ko'p 30 sayt. 1.2. HTML, CSS, JavaScript va PHP haqida tushuncha.HTML–hujjatni belgilash tili. HTML (HyperText Markup Language) - bu umumjahon kenglikdagi hujjatlar uchun standartlashtirilgan formatlash tili. Ko'pgina veb-sahifalarda HTML (yoki XHTML) formatlash tasvirlari mavjud. HTML til brauzerlar tomonidan sharhlanadi; Olingan formatlangan matn kompyuter yoki mobil qurilmaning monitorida aks etadi. 5-chi versiyadan avval HTML tili SGML ilovasi (ISO 8879 bo'yicha standart tovar belgilar tili) sifatida tavsiflangan. HTML5 spetsifikatsiyasi DOM (hujjatning ob'ekt modeli) bo'yicha shakllantirilgan. XHTML tili HTMLning yanada qat'iy versiyasi bo'lib, XML sintaksisidan foydalanadi va gipermatn belgilash sohasida XML ilovasi. World Wide Web-da HTML-sahifalar, odatda HTTP yoki HTTPS protokollari orqali serverdan brauzerlarga to'g'ri matn sifatida yoki shifrlash orqali uzatiladi.
HTML 2.0 - IECF tomonidan tavsiya etilgan standart maqomida QRM 1866 deb e'lon qilingan (24 noyabr, 1995 yil); HTML 3.0 - 28 mart 1995 yil - IETF Internet loyihasi (1995 yil 28 sentyabrgacha); HTML 3.2 - 14 yanvar, 1997 yil; HTML 4.0 - 18 dekabr, 1997 yil; HTML 4.01 - 24 dekabr 1999 yil; ISO / IEC 15445: 2000 (HTML 4.01 qat'iy asoslangan deb atalmish ISO HTML,) -, 2000 15 May, HTML5 - 28 oktyabr, 2014; HTML 5.1 Dekabr 17, 2012 ishlab boshladi. 1-noyabr, 2016-dan foydalanish uchun tavsiya qilinadi. HTML 5.2 Dekabr 14, 2017 joriy etildi. Rasmiy HTML 1.0 spetsifikatsiyasi yo'q. 1995 yilgacha ko'p norasmiy HTML standartlari mavjud edi. Ulardan farqli o'laroq, u ikkinchi raqamni zudlik bilan tayinladi. Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma'lumotlarni va HTML hujjatlarni ko‘rishga mo‘ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o‘xshash tizim bo‘lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma'lumotlar o‘z ichiga matn fayllar, grafik ma'lumotlar va boshqalarni oladi. Quyida biz HTML tilida tuzilgan dastur kodi bilan tanishib chiqamiz:
HTML5 Tutorial
HTMLif (isset($_POST['bos0'])){ require "connect.php"; echo $html_menu[0]; }elseif(isset($_POST['bos1'])){ require "connect.php"; echo $html_menu[1]; }elseif(isset($_POST['bos2'])){ require "connect.php"; echo $html_menu[2]; }elseif(isset($_POST['bos3'])){ require "connect.php"; echo $html_menu[3]; }elseif(isset($_POST['bos4'])){ require "connect.php"; echo $html_menu[4]; }elseif(isset($_POST['bos5'])){ require "connect.php"; echo $html_menu[5]; }elseif(isset($_POST['bos6'])){ require "connect.php"; echo $html_menu[6]; }elseif(isset($_POST['bos7'])){ require "connect.php"; echo $html_menu[7]; }
else{ require "connect.php"; echo $html_menu[0]; } ?> © 2018 Web Learning Center Badalov M.M 214-15 group
JavaScriptif (isset($_POST['bosj0'])){ require "connect.php"; echo $js_menu[0]; }elseif(isset($_POST['bosj1'])){ require "connect.php"; echo $js_menu[1]; }elseif(isset($_POST['bosj2'])){ require "connect.php"; echo $js_menu[2]; }elseif(isset($_POST['bosj3'])){ require "connect.php"; echo $js_menu[3]; }
else{ require "connect.php"; echo $js_menu[0]; }
© 2018 Web Learning Center Badalov M.M 214-15 group
CSSif (isset($_POST['bosc0'])){ require "connect.php"; echo $css_menu[0]; }elseif(isset($_POST['bosc1'])){ require "connect.php"; echo $css_menu[1]; }elseif(isset($_POST['bosc2'])){ require "connect.php"; echo $css_menu[2]; }elseif(isset($_POST['bosc3'])){ require "connect.php"; echo $css_menu[3]; }
else{ require "connect.php"; echo $css_menu[0]; }
© 2018 Web Learning Center Badalov M.M 214-15 group Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling