Mundarija kirish i-bob. Marketingni boshqarish strategiyalarining zamonaviy konsepsiyasi


Download 46.61 Kb.
bet1/7
Sana07.03.2023
Hajmi46.61 Kb.
#1247455
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marketing


MUNDARIJA
Kirish
I-bob. Marketingni boshqarish strategiyalarining zamonaviy konsepsiyasi


1.1. Marketingni boshqarish va strategiyalarida iqtisodiy qonunlarning roli.
1.2. Marketingni boshqarish va strategiyalar tamoyillari.
1.3. Strategiyalami amalga oshirish usul va uslubiyotlari.


II-bob.Marketingni boshqarishda rejalashtirish


2.1.Marketingli boshqarishda rejalashtirishning obyektiv zarurligi va ahamiyati
2.2.Strategik rejalashtirishda foydalaniladigan modellar

Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH

Har qanday jamiyat, iqtisodiyotning rivojlanishi iqtisodiy qonunlaming talabalariga muvofiq amalga oshadi. Marketing ham kishilaming maxsus faoliyati sifatida bundan mustasno emas. Iqtisodiy qonunlar harakati marketingda yanada yaqqol va yorqin ko'zga tashlanadi. Bu iqtisodiy qonunlar jumlasiga asosiy iqtisodiy qonun, ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga mos kelishi, ehtiyojni yuksalish, qiymat, talab va taklif, ishlab chiqarishning doimo yuksalish, mehnat unumdorligini o‘sib borish qonuni va h. k. lar kiradi. Shunday ekan, ulami mukammal bilish va ongli ravishda Marketingli boshqarish faoliyatida tatbiq etish lozim. Masalan, asosiy iqtisodiy qonun talabiga muvofiq sof marketing korxonalari, marketing boshqarmalari, bo'limlari yoki guruhlari oqibat natijada xalqimizning har qanday ehtiyojlarini to'laroq qondirish maqsadida ishlab chiqarishga yordam beradi. Buning uchun marketing tadqiqotlari o'tkazilishi shart bo'lib, ular o'z navbatida asosiy iqtisodiy qonunning yanada keng harakati uchun shart-sharoit yaratib beradi.


Marketing strategiyasi kelajakdagi iste'molchilarga erishish va ularni o'z mahsuloti yoki xizmatlarining xaridoriga aylantirish uchun biznesning umumiy o'yin rejasini anglatadi. Marketing strategiyasi kompaniyaning qiymat taklifini, asosiy brend xabarlarini, mijozlarning maqsadli demografik ma'lumotlarini va boshqa yuqori darajadagi elementlarni o'z ichiga oladi. Marketing tadqiqotlari olib borish har qanday korxonaning nafaqat ishlab chiqarish imkoniyatlarini ochib beradi, balki ularning bozor nuqtayi nazaridan olib borayotgan marketing faoliyatlariga ham baho beradi. Tovarlarning xaridorgirini ishlab chiqarish, ulaming sifatini oshirish, bozorlar sig'imini to'ldirish, ulami kengaytira borib, yangi bozorlar ochish (iloji boricha chet el bozorlariga kirib borish) va h. k. Oqibatda xaridorlaming (iste’molchilarning) har qanday ehtiyoj va talablarini yanada to'laroq qondirishga erishish.
Strategik rejalashtirish-bu korxonaning missiyasi va maqsadlarini aniqlash,kelajakda korxona faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash uchun zarur bo’ladigan resurslarni aniqlash va ularga ega bo’lishda mahsulot strategiyalarini tanlash jarayonlaridir. Strategik rejalashtirish jarayoni boshqarish yechimlarini qabul qilishda yordam beruvchi vosita bo’lib hisoblanadi.Uning vazifasi tashqi muhitda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga tegishli javob qaytarish uchun zarur bo’ladigan yangiliklarni va o’zgarishlarni ta’minlashdir.Strategiyani rejalashtirish u yoki bu holdagi tezkor harakat bilan yakunlanmaydi.U korxona pozitsiyasining o’sishi va mustahkamlanishini ta’minlashga qaratilgan umumiy yo’nalishlarni belgilash bilan tugaydi. Korxonadagi hamma bo’linmalar,ularning birga faoliyat ko’rsatishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va baholash uchun rejalar tizimini tashkil etish zarurdir.
Strategik rejalashtirish jarayoni uni o’zlashtirish davomida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi.Asosiy qiyinchilik shundaki,dastlabki yechimlarni qabul qilish jarayoni tashkilotdagi vakolatlarning tarkibi bilan bog’liqdir.Yangi strategiya odatda korxonadagi mavjud o’zaro munosabatlarni o’zgartiradi va korxona rahbariyati siyosatiga zid bo’lishi mumkin.Bunga tabiiy javob-odatiy o’zaro munosabatlarni va vakolatlar tarkibini o’zgartiruvchi har qanday yangiliklarga qarshi kurashdir.Yana bir sezilarli muammo shundaki,strategik rejalashtirishning joriy qilinishi foyda olinishini ta’minlovchi oldingi turli faoliyat bilan yangisi o’rtasida ziddiyatga olib kelishi mumkin,ya’ni tezkor rejalashtirish bilan korxonalarda dastlabki paytda strategik rejalashtirishning joriy qilinishiga tegishli na tamoyillik,na strategik fikrlashga qiziqish bo’ladi. Keyingi muammo shu bilan bog’liqki,bunda korxona odatda samarali strategik rejalashtirishi uchun na o’zi to’g’risida,na tashqi muhit to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi.Bundan tashqari ularda strategiyani ishlab chiquvchi va o’zgaruvchi loyiq boshqaruvchilarning yo’qligi bu masalani ancha murakkablashtiradi.Uzoq muddatli va strategik rejalashtirish. .Uzoq muddatli rejalashtirishda rejalashtiruvchi sub’ekt bo’lib vazirliklar hisoblanadi.Ushbu hol bu ishlarning yetarli darajada samarali emasligidan dalolat beradi.Vazirliklar bu ishlar uchun yetarli imkoniyatlar, strategik ob’ektiv ma’lumotlar va vaqtga ega emas edilar.Bulardan tashqari joylardagi korxonalarning o’ziga hos xususiyatlarini to’liq hisobga olmas edilar.Shu sababli rejalashtirishning ab’ektivligi past bo’lib,natijalar ham ko’ngildagidek bo’lmasdi. Reja «qattiq ko’rsatma»sifatida shakllanardi,bunda strategik rejalashtirishning asosi bo’lmish-rejaning adaptivligini inkor qilinardi.Bu uzoq muddatli rejalashtirishning strategik rejalshtirishdan muhim,lekin asosiy farqi emas.Asosiy farqi-kelajakni talqin qilishda.Uzoq muddatli rejalashtirish tizimida kelajak rivojlanishning tarixan shakllangan tendensiya ekstropolyatsiya aytib beriladi.Korxona rahbarlari odatda kelajakda faoliyat natijalari o’tgan davrga nisbatan albatta yaxshilanadi deb yondashishadi va bu narsa rejaning asoslanishi bo’lib hisoblanadi.Strategik rejalashtirish tizimida esa kelajakda albatta o’tgan davrga nisbatan yaxshi bo’lishi kerak degan tahmin qilinmaydi.Shu sababli strategik rejalashtirishda korxona kelajagining tahliliga katta e’tibor beriladi.Uning asosiy vazifasi bo’lib mavjud tendensiyani o’zgartiruvchi shart-sharoitlar,imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi.Bu tahlil raqobat kurashida korxona o’rnining tahlili bilan to’ldiriladi.Strategik boshqarish evalyutsion yo’l bilan strategik rejalashtirishdan paydo bo’lgan,ya’ni strategik rejalashtirish uning mohiyatli asosini tashkil etadi.U prinspial yangi strategiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga duch kelayotgan firmalarda borgan sari katta qiziqish uyg’otmoqda. Strategik boshqarishning mohiyatini kengroq tushunish uchun tijorat va notijorat korxonalarining tashkiliy «hulqi»ga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.Bu juda muhimdir. Chunki tashkiliy «hulq»stili bilan boshqarish ko’rinishlari o’rtasida uzviy bog’liqlik bor.
I-BOB. MARKETINGNI BOSHQARISH STRATEGIYALARINING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI

2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatlaming rivojlanishi, aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Uni bartaraf etish bo'yicha Respublikamizda mukammal dasturulamal ishlab chiqildi. Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda marketing jarayonini boshqarish, investitsiyalami jalb etish, awalo, ichki manbalami safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modemizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommu- nikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo'nalishiga aylandi.





Download 46.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling