Mundarija kirish: i-bob tajriba mashg‘ulot darslarida o‘rganish uchun vertual stendi ishlanmalari bo‘yicha manbaalar tahlili
Download 22.32 Kb.
|
1 2
Bog'liqMUNDARIJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB VERTUAL TAJRIBA STENDI ISHLANMALARINI YARATISH TEXNOLOGIYASI.
- III-BOB VERTUAL TAJRIBA STENDI ISHLANMALARI TO‘PLAMIDAN TAJRIBA MASHG‘ULOTDA FOYDALANISH.
- IV-BOB HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI.
MUNDARIJA KIRISH: I-BOB TAJRIBA MASHG‘ULOT DARSLARIDA O‘RGANISH UCHUN VERTUAL STENDI ISHLANMALARI BO‘YICHA MANBAALAR TAHLILI. Zamonaviy o‘qitishda AKTning tutgan o‘rni. Zamonaviy ta’limda masofaviy o’qitish tizimining ahamiyati. Masalaning qo‘yilishi va uning amaliy ahamiyati. II-BOB VERTUAL TAJRIBA STENDI ISHLANMALARINI YARATISH TEXNOLOGIYASI. Vertual tarjriba stendi ishlanmalarini yaratish uchun zaruriy dasturiy vositalar tahlili. Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi. Badicom dasturi yordamida video darsliklar tayyorlash. Talabalar bilan dars ma’lumot almashinuvini qulaylashtirish. III-BOB VERTUAL TAJRIBA STENDI ISHLANMALARI TO‘PLAMIDAN TAJRIBA MASHG‘ULOTDA FOYDALANISH. Vertual tajriba stendi ishlanmalaridan foydalanib tajriba mashg‘ulot o‘tkazish metodikasi. Tajriba mashg‘ulotlarida video dars ishlanmalari to’plamidan foydalanish samaradorligi. Masofaviy o‘qitish tizimida O‘rganuvchi elektron darsliklardan foydalanish. IV-BOB HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI. Kompyuter sinflariga qo‘yilgan ergonomik talablar. Kompyuter bilan ishlashda zararli omillar. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI ILOVA
Kirish Jahonda axborotlashgan jamiyatning rivojlanishi - ishlab chiqarishdagi ITmutaxassislarini uzluksiz tarzda mustaqil bilimlarni egallab, to‘ldirib borishiga, faoliyati davomida malaka va kasbiy mahoratini oshirishga intilishi bilan bog‘liqdir. O‘z bilimini mustaqil oshirish bilan shug‘ullanadigan bunday mutaxassis ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlarni inobatga olish va moslashish asosida kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish vazifalarini mustaqil ravishda belgilab olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ta’limga oid materiallarni elektron ta’lim resurslari yordamida taqdim etish muhim ahamiyat kasb etib, u zamonaviy ilmiy-amaliy bilimlarning pedagogik texnologiyalarida yetarli darajada aks ettirishni tadqiq etish bilan belgilanadi, hamda bir qator umumkasbiy va kasbiy kompetentliklarni shakllantirishga imkon beradi. Virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish esa insonning ta’lim olish jarayonida muhim ijtimoiy holatga aylanib bormoqda. Shu nuqtai nazardan mustaqil ta’lim olishda elektron resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini izlash va ulardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Shunga muvofiq tarzda ishlab chiqarish sohasida axborotlarni taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda elektron ta’lim resurslardan samarali foydalanish pedagogikada an’anaviy bo‘lgan, faoliyatga hamda mustaqil ta’lim olish prinsiplariga asoslangan. Mazkur holat muhandislarni samarali tayyorlash yo‘llarini topishni innovasion usullarini izlash, mutaxassislarni tayyorlashning o‘ziga xos xusu-siyatlarini hisobga olishni talab qiladi. Shu munosabat bilan elektron ta’lim resurslardan samarali foydalanishning innovasion imkoniyatlari tobora ortib borib, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish metodlarini takomillashtirish - o‘quv materiallarini mazmunini anglash va tushunishni taqozo etadi. Mustaqil ta’limining asosiy maqsadi o‘quv reja keltirilgan fanlar asosida tuzilgan namunaviy dasturda keltirilib o‘tilgan mustaqil ish mavzuluri hamda muayyan topshiriqlarni talabalar tomonidan auditoriyadan tashqari mustaqil ravishda, bevosita o‘qituvchining nazorati ostida uning ishtirokisiz bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ularning doirasini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5598-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4022-son qarori, bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning ”2017 -2021 yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora – tadbirlari to’g’risidagi” 2017-yil 13 fevraldagi PQ – 2772 – sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4 oktyabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3961-son qarorlari bugungi kunda AKTni rivojlanishida katta ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 3 aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo’yicha yig’ilishda kompyuter texnologiyasiga ham allohida etibor qaratildi. Shunga ko’ra, uchinchi tashabbusda quyidagi masalalar joriy etish masalasi qo’yildi: Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019−2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o’quv markazlari tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog’iga ulash shular jumlasidandir. Download 22.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling