Mundarija Kirish Mamlakatni modernizatsiyalashtirish sharoitida «Korxona iqtisodiyoti»


Download 105.95 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi105.95 Kb.
#1559320
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
korxona iqtisodi



Mundarija

Kirish
1.Mamlakatni modernizatsiyalashtirish sharoitida «Korxona iqtisodiyoti» kursining ahamiyati va iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni.
2. Korxonaning belgilari va tasniflanishi .
3.Korxonani tashkil etish, faoliyatini tugatish tamoyillari va tartib-qoidalari.
4.Korxona iqtisodiyotining me’yoriy huquqiy asoslari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
0‘zbekiston Respublikasi hamda davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat barcha xo‘jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o‘tishi iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo‘lgan paytlardagidan farqli o‘laroq mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatlarini direktiva ko‘rsatkichlari asosida emas, balki 0 ‘zbekiston Respublikasi «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o‘zlariga kerak bo‘lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug‘ullanmoqda, zamonaviy marketing va menejmentni yo‘lga qo‘ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. «Biz bugun 2013-yilning yakunlari haqida gapirganda, awalo, o‘tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz..»1. Shu kabi masalalar «Korxona iqtisodiyoti» kursining mazmunini tashkil qilib, ularni o‘rganish iqtisodchilar (mutaxassisliklari va bo‘lajak ish joylaridan qat’i nazar) tayyorlovchi ko‘plab oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalarida ko‘zda tutilgan. Ushbu kurs bo‘yicha bir qancha darsliklar chop etilgan (ayniqsa, Rossiyada) bo‘lib, ular barcha o‘quvchilar, birinchi navbatda, iqtisodchilar uchun juda qiziqarli va foydalidir.




Download 105.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling