Munis hayoti va ijodi (1778-1829) Reja


Download 44 Kb.
bet1/3
Sana07.05.2023
Hajmi44 Kb.
#1438809
  1   2   3
Bog'liq
Munis hayoti va ijodi


Munis hayoti va ijodi (1778-1829)
Reja:

  1. Munis hayoti va faoliyati haqida

  2. “Oshno”, “Qilmangiz” radifli g’azallar haqida

  3. “Base g’am boridin chekmish o’g’rini” g’azali



Xorazmda yashab ijod qilgan taniqli shoir, mashhur tarixchi, epchil siyosatchi, mohir tarjimon Shermuhammad Munis 1778- yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Avazbiy mirob oilasida tug'ildi. Otasi yuz urug'idan chiqqan Avazbiy xonlikning bosh mirobi bo'lib, ishlab chiqarishi to'lig'icha sug'orma dehqonchilikka asoslangan Xiva xonligida miroblik eng katta mansablardan sanalardi. Shermuhammad boshlang'ich ta'limni qishlog'idagi maktabda oldi. So'ng Xiva madrasalarida tahsil ko'rdi. U yoshligidan bilim olishga mehr qo'ydi, tabiiy iste'dodi mehnatkashlik va tirishqoqlik bilan qo'shilib, uni kamolotga yetakladi. Shu sababli ham tez orada arab, fors tillarini puxta o'zlashtirdi, tarix ilmini egalladi, xattotlikda 'kamolotga erishdi. Munis hayotining bolalik va yoshlik davri juda sermazmun va zavqli o'tgan. Bu davrda u o'zini, hayotdagi o'z o'rnini izladi. Shaxsiyatiga mos va kelajakda doimiy yo'ldosh bo'ladigan kimsalarni izlash holati haqida shoir keyinchalilc „Munis ul-ushshoq" („Oshiqlarning do'sti") devonida yozadi:
Gahi telbalar birla gulxan aro
Surub durdkashlikda yuz mojaro.
Gahi rindlar bazmig'a yoi topib,
Hamonoki maqsudg'a qo'l topib.
Gahi maktab ichra kirib shodkom,
Gahi madrasa sori aylab xirom.
Qayu yerda ahbob bazm aylasa,
Tarab irtikobiga azm aylasa.
O'zimni alar ichra solur erdim,
Ko'ngul qong'uncha bahra olur erdim...
Munisning tashvishsiz hayoti, yigitlik erkaliklari uzoq cho'zilmaydi. 1800- yilda otasining, sal o'tib, onasining, so'ng inisining vafot etishi shoirni adoqsiz g'am-u hasrat,. cheksiz tashvishlar girdobiga tashlaydi. Buholni Munis quyidagicha tasvir etadi:
Nasib g'am uza bo'ldi charxi gardondin,
Musibat uza musibat yetushti davrondin.


Xiva taxti egasi, Avazbiy mirobning adashi Avazbiy inoq otasi vafot etgan yosh Shermuhammadni farmonnavislik vazifasiga tayinladi. Bu hoi uni saroyga yaqinlashtiradi. 1804- yilda xon Avazbiy vafot etgach, uning farzandlari o'rtasida taxt uchun kurash avj oldi. 1804—1806 - yillarda Eltuzar Xiva taxtida turdi, 1806- yildan 1825- yilgacha Muhammad Rahimxon I mamlakatni boshqardi. Muhammad Rahimxon taxtni egallagach, Munisga bosh miroblik lavozimini berdi. Taqdir bundan keyin ham Munisga mehribonlik qilmadi. Shafqatsiz o'lim undan o'g’lini, ayolini tortib oldi. Munisning o'zi esa 1829-yili xonning Xurosondagi harbiy yurishlaridan biridan qaytayotganda, vabo kasaliga yo'liqib, vafot etdi. Shoirning jasadi Qiyot qabristoniga, otasining yoniga qo'yilgan.
Shaxsiy hayotidagi omadsizlik va yo'qotishlar Shermuhammadning irodasini bukolmadi. Uning go'zallikka tashna qalbidan ezgulik va ijodga intilishni siqib chiqara olmadi. Shuning uchun ham shoir Munis qisqa umr ko'rgan bo'lsa-da, sermnahsul ijod qildi. Mutaxassislar uning she'riy asarlarining o'zi o'n ming baytdan ko'proq ekanligini aniqlaganlar. Buning ustiga, salmoqligina „Savodi ta'lim" pedagogik risolasini yaratgan, „Firdavs ul-iqbol" nomli ulkan tarixiy asar yozgan, Mirxond qalamiga mansub, xalqimiz tarixining eng nurli davri aks etgan „Ravzat us-safo" asarini o'zbek tiliga o'girgan.
Munis adabiyotimiz tarixida, asosan, shoir sifatida qolgan. U mumtoz adabiyotda mavjud bo'lgan deyarli barcha she'riy janrlarda ijod etgan. Munisning mumtoz o'zbek she'riyatining eng murakkab va mo'tabar janri hisoblanmish qasidachilikda sermahsul ijod etganini alohida qayd etish kerak. U Avazbiy inoq, Eltuzar, Muhammmad Rahimxon I, Olloqulixon singari hukmdorlarning har biriga bag'ishlab, shuningdek, o'z davrining boshqa mashhur kishilariga atab qator qasidalar bitgan. Bu qasidalarida u maddohlik qilmaydi, balki qasida bag'ishlagan har bir shaxsga xos eng muhim jihatni ko'rsatgan holda, ko'nglidagi o'ylarini, orzularini qog'ozga tushiradi,ularga pand-nasihat qiladi. Necha xil she'riy janrda yozganiga qaramay, Munis ijodida g'azalchilik alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki, uning shoir sifatidagi o'ziga xosligi, ijodiy qiyofasi aynan g'azallarida yaqqol namoyon bo'ladi. Shoir g'azallarining asosiy qismini besh, yetti, sakkiz, to'qqiz, o'n, o'n bir, o'n ikki baytli she'rlar tashkil etadi. Lekin ba'zan Munis yigirma uch, yigirma to'rt, hattoki, o'ttiz uch baytdan iborat g'azallar ham yozganki, bunaqasi boshqa o'zbek shoirlari ijodida deyarli uchramaydi.
Davlating borida bordur ahli olam oshno" satri bilan boshlanadigan g'azali Munis hayotining eng og'ir davrida yaratilganga o'xshaydi. Chunki unda atrofidagi insonlarning nokomilligidan iztirob chekayotgan, shu bilan birga o'zida ezgu fazilatlarni shakllantirishga urinayotgan orif shaxs kayfiyati ifoda etilgan. G'azalning lirik qahramoni topgan oshnolar, orttirgan do'stlar sinovdan o'tolmaganlar, ishonchni oqlolmaganlar. Chunki bundaylar davlatiga qarab do'stlik ixtiyor etgan kimsalardir. Ular boyliging borida atrofingda soyangday parvona, mulksiz qolsang, chorlab ham topolmaysan:

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling