Munis Xorazmiy Ijodiy Merosi


Download 81.37 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi81.37 Kb.
#1549089
Bog'liq
Munis Xorazmiy Ijodiy Merosi

Munis Xorazmiy Ijodiy Merosi

Munis hayoti

Munis 1778 yili Xivada tugʻildi. “U Xivadagi Qiyot qishloqlik Avazbiy Mirobning oʻgʻlidir”. Uning ota-bobolari xonlar saroyida miroblik ishlarini boshqarib kelganlar.

U yoshlik chogʻlaridan boshlab ilm olishga qiziqib, tarix va adabiyotga mehr qoʻydi. Dastlabki maʼlumotni Qiyot qishlogʻida olib,keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqidi. 1800 yilda otasi vafot etgach, Xiva xoni AvazInoq Munisni Xiva saroyining farmonnavis kotibi qilib tayinlaydi. Munis zamonasining mashhur olim, shoir va sanʼatkorlari bilan yaqin aloqada boʻlib, oʻzini ilm-fan, maʼrifatga bagʻishladi. Oʻzidan ilgari yashagan shoir va tarixchilarning asarlarini ishtiyoq bilan oʻrganadi. Bu hol Munisning quyidagi sheʼrida yaqqol koʻzga tashlanadi

Munis ijodi

Munis oʻzbek adabiyoti, umuman madaniyati tarixida salmoqli oʻrinni egallaydi. U muarrix sifatida oʻzining “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asarini yozdi, shoir sifatida devon tuzdi. Tarjimon sifatida tarixiy asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qildi, pedagog sifatida “Savodi taʼlim” nomli risola yozdi. Munisning hayoti va ijodini oʻrganar ekanmiz, avvalo uning adabiy va tarixiy asarlariga murojaat qilamiz. U oʻzining “Munis ul-ushshoq” devoniga yozilgan soʻzboshida va “Firdavs ul-iqbol” nomli tarixiy asarida tarjimai holiga oid anchagina maʼlumotlar keltirgan.

Hasbi hol g’azali

Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur manga,

Manzili maʼniga Xizri roh Jomiydur manga.

 

Xotirimgʻa Xisraviydin har zamon shoʻre yetib,

Banda davronning bari shirin kalomidur manga.

 

Pir Ansoriy soʻzidan choshni nutqum topib,

Soʻzda hosil sharbati yuhyal Nizomiydur manga.

 

Hofizi Sheroz, Lutfiydin taraqqiylar topib,

Jilvagoh aqli tasavvufning maqomidur manga.

 

Yuzima Attor har lahza doʻkoni fayz ochib,

Doim andin atrparvar jon mashomidur manga.

 

Fayzi Firdavsiy gahi qoʻnglum ochib firdavsdek,

Goh Xoqoniy futuhining payomidur manga

 

1-a guruh talabasi Sharifova Azizaning tayyorlagan taqdimoti


Download 81.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling