Munosabatga kirishish jarayoni ekani


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1619141
  1   2   3
Bog'liq
1492321346 66127



Pedagogik muloqot psixologiyasi
Reja:
1. MULOQOT VA SHAXSLARARO 
MUNOSABATLAR. 
2. MULOQOT KISHILARNING O`ZARO 
MUNOSABATGA KIRISHISH 
JARAYONI EKANI.


Muloqotning turli shakllari va 
bosqichlari mavjud:
Dastlabki bosqich –
odamning o`z-o`zi bilan 
muloqotidir. T. 
Shibutani «Ijtimoiy 
psixologiya» kitobida
«Agar odam ozgina 
bo`lsa ham o`zini 
anglasa, demak, o`z-
o`ziga ko`rsatmalar 
bera oladi»,-deb 
yozgan edi. 


Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan 
muloqot
Ikkinchi bosqichi boshqalar 
bilan muloqot- muloqotnidir. 
Odamning o`z-o`zi bilan 
muloqoti aslida uning 
boshqalar bilan muloqotining 
xarakterini va hajmini 
belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi 
bilan muloqot qilishni odat 
qilib olib, doimo jamiyatdan 
o`zini chetga tortib yursa, 
demak, u boshqalar bilan
suhbatlashishda jiddiy 
qiyinchilikni boshidan kechiradi 
deyish mumkin. 


Uchinchi bosqich avlodlar o`rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, 
madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor 
vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot 
jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar
Har qanday muloqot 
rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun 
ham norasmiy muloqot doimo odamlarning 
hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular 
charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham 
qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, 
ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til 
topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va 
boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning 
samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. 
Norasmiy muloqot odamning shaxsiy 
munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni 
o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-
maqsadlari va emotsional munosabatlari 
bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, 
poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar 
suhbati, tanaffusda talabalarning sport, 
moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi 
suhbati. 
Rasmiy muloqot odamlarning 
jamiyatda bajaradigan rasmiy 
vazifalari va xulq-atvoridan kelib 
chiqadi. Masalan, rahbarning 
o`z xodimlari bilan, 
professorning talaba bilan 
muloqoti. 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling