Muommoli ta’lim texnologiyasi


Download 109.12 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi109.12 Kb.
#1306038
Bog'liq
shuxrat aka slayd

MUOMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI

  • Muammoli dars (“Aqliy hujum”) quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:
  • I – bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan о‘quvchilar
  • dan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.
  • II – bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bо‘lgan
  • о‘quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriq
  • ning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
  • III – bosqich. О‘quvchilarning bilish faoliyatini о‘quv muammolarini
  • hal etishga yо‘naltirish.
  • IV – bosqich. О‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bо‘yicha
  • axborotlarini tinglash.
  • V – bosqich. Kichik guruhlar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara
  • о‘tkazish.
  • VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash.

  • “Aqliy hujum” da о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qо‘llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi. “Aqliy hujum” darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni о‘rganishga bag‘ishlanadi
  • Mazkur darsning didaktik maqsadi:
  • 1. О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish.
  • 2. О‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qо‘llash orqali yangi bilimlarni egallashga erishish.
  • 3. О‘quvchilarning bilimidagi mavhum tushunchalarni aniqlash va ularga barham berish, bilim olishga bо‘lgan intilishni rivojlantirish

  • “Aqliy hujum” darslarining tuzilishi quyidagicha bо‘ladi:
  • О‘qituvchining kirish sо‘zi. Bunda о‘qituvchi dars mavzusining maqsadi va vazifalari, ilmiy munozara о‘tkaziladigan muammolarning umumiy tafsiloti, darsda о‘quvchilar guruhi bajaradigan о‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi. О‘quvchilarni teng sonli kichik guruhlarga ajratish. О‘quvchilar faoliyatini munozarali va muammoli masalalarni bajarishga va hal etishga yо‘llash; О‘quvchilar guruhi о‘rtasida о‘quv bahsi va munozarani tashkil etish; О‘quv bahsi va munozara yakuni. О‘qituvchi dars davomida о‘quv bahsi va munozara keltirib chiqargan muammolar yechimidagi asosiy g‘oya va tushunchalarni ta’kidlab, xulosalar yasaydi. О‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. О‘quv baxsi va munozaralarda faol ishtirok etgan о‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.

  • Odam va uning salomatligi о‘quv fanida “Odamning paydo bо‘lishi” bobidan о‘rin olgan “Odamning paydo bо‘lishi tо‘g‘risidagi tushunchalar va ularning rivojlanishi. Odamning hayvondan paydo bо‘lganligi haqidagi dalillar”, “Odam va hayvon embrioni rivojlanishidagi о‘xshashliklar” mavzularini о‘rganishda “akliy xujum” darslaridan foydalanish uchun quyidagi munozarali savollar zanjiri tuziladi. K.Linney, J.B.Lamark, CH.Darvinning odamning paydo bо‘lishi haqidagi fikrlarini о‘rganing. Siz bu fikrlarga qanday munosabat bildirasiz? Nima sababdan organik dunyoning ilmiy klassifikatsiyasida odam primatlar turkumiga kiritilgan? Odam va maymunning tuzilishida qanday о‘xshashliklar mavjud? Quyidagi jadvalni tо‘ldiring va undan fikringizni asoslashda foydalaning.


Taqqoslanadigan jihatlar

Maymun

Odam

Skelet bо‘limlari

Bosh miyaning tuzilishi
Qо‘lning tuzilishi
Umumiy jihatlari

  • Odamning embrional rivojlanishidagi qaysi xususiyatlari umurtqali hayvonlarga о‘xshaydi? Quyidagi jadvalni tо‘ldiring va fikringizni asoslang.


Odam embrioni
rivojlanishidagi
muddatlar

Baliqlar

Maymun

Baqa

18-20 kun
bir oylik
5 oylik
7 oylik


Download 109.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling