Muslimaxon: Assalomy –alaykum aziz mehmonlar, mehribon onajonlar! Zarina


Download 32.71 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi32.71 Kb.
#1481811
  1   2   3   4
Bog'liq
8-MART BAYRAM SENARIYSI 1-V SINF


MUSLIMAXON: Assalomy –alaykum aziz mehmonlar, mehribon onajonlar!
ZARINA: Assalomu – alaykum jonkuyar ustozlarim, quvnoq sinfdoshlarim!
MUSLIMAXON: Bahor faslining ilk bayrami bo’lgan 8-mart ONAJONLAR BAYRAMI ni nishonlash maqsadida yig’ilganmiz.
ZARINA: To’g’ri aytding Muslimaxon! Bayramni ochib berish uchun ilk tabrik so’zini uztozimiz Begoyim opaga beraylik. Marhamat!

O’qituvchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, ota-onalar va o`quvchilar! Bugun o`lkamizda ulug` bayram. Ko`klam oftobining zarrin nurlaridan bahra olib, yam-yashil maysalar, zaminimizga fasli navbahor keldi.
Fasllar kelinchagi bo`lmish bahorni kimdir uyg’onish, go`zallik fasli desa, yana kimdir yosharish fasli deb ataydi. Bahor kelishi bilan ro`yi-zamin kamalak tusiga kiradi.
Hammaning yuzida tabassum, labida kulgu! Yurtimizga hammani diliga quvonch bag`ishlagan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kirib keldi. Shu munosabat bilan biz onajonlarimizni, opa-singillarimizni hamisha ezgulik va shafqat, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo`lgan siz, azizlarni bugungi go`zallik va nafosat bayrami bilan chin dilimizdan tabriklaymiz. " ONAJONIM - MEHRIBONIM" deb nomlangan musiqiy-adabiy kechamizni tomosha qiling . Marhamat!
MUSLIMAXON: Samimiy tilaklaringiz uchun rahmat ustoz!

1-O’QUVCHI: UMIDJON
Assalom maktabim muqaddas dargoh Assalom ustozlar kasbkori saboq Assalom do’stlarim menga qo’sh qanot Assalom sizlarga munis onalar.
2-O’QUVCHI: Y. ZARINA
Assalom mehmonlar mo’tabar suyuk Assalom ustozlar nomlari buyuk Assalom otalar baxt posbonlari Assalom onalar fidoiy jonlar
3-O’QUVCHI: RUHSHONA
So’zimiz boshi salom Ish boshidir intizom Mehmonlarga chin dildan Deymiz salom assalom.
4-o’quvchi: JANDOS
Assalom otajonlar Assalom onajonlar Salomini yo’llaydi Sizlarga bolajonlar.
5-o’quvchi: Muslimaxon
Katta-kichik barchangizga, Yo’llagaymiz biz salom. Ta’zim sizga, hurmat sizga, Deymiz salom, assalom.

Download 32.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling