Mustaqil ish banklarda muammoli kreditlar va ularni


Download 25.38 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1340172
Bog'liq
Mustaqil ish Bank Huquqi


MUSTAQIL ISH
BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLAR VA ULARNI
HAL QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

REJA:




  1. Muammoli kreditlar, ularning tasniflanishi va yuzaga kelish sabablari.

  2. Muammoli kreditlarni bartaraf etishning xorijiy tajribalari va uni O’zbekiston iqtisodiyotiga tadbiqi.

  3. Tijorat banklarida mavjud muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari.

O'zbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish iqtisodiyotning real sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan bog'liqdir. Biroq, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda bir qancha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda tijorat banklarini daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi kreditlar orasida muammoli kreditlarning mavjudligi sezilarli bo'lmoqda.


Ayniqsa "2011-2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi PK 1438 qarorida mazkur muammoni yechishga alohida e'tibor berilishi ham uning bugungi kundagi ahamiyatini belgilab bermoqda.
Banklar jalb qilingan mablag'lardan asosan kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda nafaqat daromad olish, balki mablag'larni "kredit oluvchi"dan to'laligicha undirib olish masalasini oldindan belgilab olish zarur. Chunki, "bank sarmoya egasi sifatida sarmoyani emas, balki sarmoyadan foydalanish huquqini ma'lum bir shart va ustama foizlar bilan sotadi".
Bizning mamlakatimizda ham "muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga nisbatan ko'proq qo'llanilmoqda va bahs munozaralarga sabab bo'lmoqda. Chunki Respublikamiz bank tizimining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi ancha yuqori foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, agar berilgan kredit muammolari ta'minotga ega bo'lsa va ushbu ta'minotning qiymati qaytarilmagan qarz miqdoridan kam bo'lsa, bu holda ushbu kredit muammoli kredit hisoblanadi, substandart va undan past tasniflanuvchi kreditlar muammoli kreditlar toifasiga kiradi.
Ilmiy doiralarda muammoli kreditlar bo'yicha bahs -munozaralarning davom etib kelishiga qaramasdan, "muammoli kredit" terminiga iqtisodiy kategoriya sifatida yagona, umume'tirof etilgan ta'rif hozirgacha berilmagan. Buning sabablari qator holatlar bilan izohlanadi.
Avvalambor, mazkur muammoning nisbatan yangiligi hamda muammoli kreditlar kelib chiqishining ma'lum bir hodisa sifatida murakkabligidir va tadqiqotlar natijasi shuni beradiki, muammoli kreditlar kelib chiqishi har bir bankda har xil omillar ta'sirida qilingandir. Chunki bank tomonidan amalga oshiriladigan kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan jarayonlar iqtisodiy omillar bilangina emas, balki muammoli kreditlarning xususiyatlariga bevosita ta'sir etuvchi siyosiy, ijtimoiy, texnik va boshqa qator omillar bilan ham belgilanadi.
Muddati o'tgan kreditning asl ma'nosiga ko'ra muammoli kreditlar deb bo'lmaydi, negaki kredit bo'yicha dastlabki to'lovlarning qisqa muddatga cho’zilishi uning umuman qaytmaslik xatarini anglatmaydi. Biroq kreditni so'ndirish bo'yicha to'lovlarning o'z vaqtida bo'lishi uning ishonchli ekanligini kafolatlamaydi, ya'ni ayni paytda o'z vaqtida qaytarilayotgan kredit kelajakda ishonchsiz kreditlar turkumiga o'tib qolishi mumkin.
Shunga qaramasdan, kreditlash tamoyillarining buzilishi bank uchun kreditlash jarayonini tashkil etish vaqtida yechilishi kerak bo'lgan jiddi.muammodir. Bu tamoyillar barchasi kredit shartnomasi shartlarida to'liq aks etganligi uchun muammoli kreditlarga ta'rif berishda kredit shartnomasi shartlarining buzilishi jumlasining ishlatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ma'lumki, amaliyotda "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar sifatida tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar hisoblanadi. Muammoli kreditlar mohiyatini yanada aniqroq ochib berishda nima uchun "yaxshi" kreditlar "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kategoriyalarga o'tib qolishi mumkin degan savolga javob topishimiz kerak bo'ladi. Bunga albatta, aniq obyektiv hamda subyektiv sabablar ta'sir ko'rsatadi.
Muammoli kreditlarni bartaraf etish amaliyoti samarali bo'lishi uchun ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash zarur bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, mazkur sabablarni aniqlash va ularni tasniflash muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonining eng asosiy va dastlabki
bosqichlaridan biridir. Shuning uchun muammoli kreditlar ta'rifida mazkur sabablarni e'tiborga olish o'rinli bo'ladi. Demak, kredit risklarining amalda yaqqol namoyon bo'lishining natijasi bo'lib, obyektiv hamda subyektiv sabablarga ko'ra kredit shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o'tib qolgan kreditlarni muammoli deb ta'riflashimiz mumkin.
Tijorat banklari kreditlash bosqichi dastlab, bank kredit siyosatini ishlab chiqishdan boshlanadi. Ma'lumki, kredit siyosati kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi, hamda bank rahbariyati va xodimlarni kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko'rsatmalar bilan ta'minlovchi hujjatdir.
Boshqacha qilib aytganda kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi qoida va chek lashlar majmui hisoblanadi. Unda muammoli kreditlar bilan bog'liq bo'lgan holatlarni aniqlash va tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish tajribalari ko'rsatilishi Markaziy bankning me'yoriy hujjatlarida belgilangan. Ammo, kredit siyosatida kreditlash jarayonida muammoli kreditlarning yuzaga kelishini oldini olish choralari ko'rsatilmagan. Vaholanki muammoli kreditlarning elementlari kreditlash jarayonining dastlabki bosqichlarida yuzaga kelmoqda. Xalqimizda shunday naql bor: "kasalni davolagandan ko'ra uning oldini olgan ma'qul".
Muammoli kreditlar birdaniga sodir bo'lmasdan uning elementlari kreditlash jarayonida asta sekin yuzaga kela boshlaydi. Muammoli kreditlarni ng doimiy monitoring olib borilmasligi natijasida ham sodir bo'ladi. Monitoring jarayonida qarzdorning buxgalteriya hisobotlarida moliyaviy kamchiliklar aniqlangandan so'ng, bank xodimi albatta korxonaga tashrif buyurishi (mijoz ofisiga) kerak. Kreditdan unumli foydalanish joylarda, korxona va tashkilotlarda, qoida bo'yicha, har chorakda tekshirilishi kerak. Kreditlash jarayonida yo'l qo'yilgan xato bank kredit siyosatining noto'g'ri tuzilganligidan dalolat beradi.
Muammoli kreditlarning kelib chiqish sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, banklarning muammoli kreditlarini yuzaga kelishida ichki omillari bo'yicha 67% yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Bu ko'rsatkich tashqi omillar bo'yicha bor yo'g'i 33%ni tashkil etadi.
Asosan kutilmagan siyosiy hamda iqtisodiy voqea va xodisalar, qonunchilikda bo'layotgan o'zgarishlar, iqtisodiy holatning keskin yomonlashuvi, ma'lum darajadagi texnologik ya'ni ishlab chiqarishning ma'naviy eskirishi, tabiiy ofatlar debitorlik qarzlar, xom ashyo yetkazib beruvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan kamchiliklar, o'g'irlik va boshqalar Bank faoliyati bilan bog'liq bo'lgan sabablar ham turlicha bo'ladi.
Biroq, bankka bog'liq bo'lmagan sabablarga ham, shuningdek, iqtisodiy holatning birdaniga yomonlashuvi, bank tizimiga ishonchning yo'qolib ketishi, tabiiy ofatlar kabi noxush holatlarni kiritish mumkin. Kreditlash jarayonining dastlabki bosqichlarida bank tomonidan yo'l. Qo'yiladigan kamchiliklar natijasida muammoli ssudalar paydo bo'ladi. Bulargaquyidagilarni kiritamiz:

  • loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini past darajada tahlil qilinishi;

  • qarzdorning kredit mablag'laridan foydalanishi ustidan monitoringning yaxshi olib borilmasligi, ya'ni qarzdorning moliyaviy holati yomonlashishi, pul oqimlarining salbiy dinamikasi holatlarida kreditni. Restrukturizatsiyalash hamda kredit statusini o'zgartirishni qamrab oluvchi choralarni o'z vaqtida ko'rmaslik;

  • mijozning moliyaviy holatiga to'g'ri baho berilmaganligi, kreditni chuqur iqtisodiy tahlil qilish asosida emas, balki tanish- bilishchilik asosida berish;

  • hujjatlarning to'liq talab qilinmaganligi;

  • korxonaning o'ziga xos tarmoq xususiyatlarini, uning haqiqiy ehtiyojlari haqida yuzaki tasavvurga ega bo'lish oqibatida kreditni risklilik darajasini noto'g'ri hisoblanishi;

  • kredit mablag'ining biznes rejada ko'rsatilgan maqsadlarga ishlatilmasligi hamda mablag'ning xufiyona o'zlashtirilishi;

  • kredit ta'minoti sifatida taklif etiladigan garov predmetining talabga javob bermasligi yoki garovni yuqori baholash natijasida kredit ta'minotining yetarli bo'lmasligi;

  • bank xodimlari bilan o'zaro til biriktirib, kredit mablag'ini talon -taroj.qilish oqibatida;

  • kreditni noto'g'ri rasmiylashtirilishi, masalan, kredit shartnomasida kreditor-bank manfaatlarini himoya qiladigan shartlarning yetarli emasligi;

  • kreditdan foydalanish davrida qarzdorning faoliyati ustidan nazoratning sustligi va boshqalar. Yuqoridagilar kreditlash jarayonining dastlabki bosqichida yuzaga keladi.

Mijoz va bank o'rtasida imzolanadigan kredit shartnomalari har ikki tomonuchun majburiy hisoblanib, o'z muddatida to'liq bajarilishi talab etiladi.
Restrukturizatsiya qilingan kreditlar – qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to’lovning dastlabki shartlari o’zgargan kreditlar. Agarda bank tomonidan quyidagi amallarning hech bo’lmaganda bittasi bajarilsa, kreditlar restrukturizatsiyalangan hisoblanadi:

  • foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan fo izlarning undirib olinmasligi;

  • jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechilishi;

  • kreditni to’lash muddatining kechiktirilishi yoki uzaytirilishi;

  • foizlarga doir to’lovlarning bir qismi yoki umumiy miqdoridan voz kechish;

  • oddiy sharoitlarda qarzdorga berilmay, balki kreditni restrukturizatsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo’lgan boshqa yon berishlar.

Kreditning o'z vaqtida qaytarilmasligini quyidagi belgilar orqali bilish mumkin: Bank quyidagilarga e'tibor berish lozim:

  • Balanslarning belgilangan muddatlarda topshirilmasligi (korxonada hisob-kitob ishlari izdan chiqqanligi haqida signal);

  • Debitorlik qarzini tez sur'atlarda o'sishi (tarkibini tahlil qilish, paydo bo'lish vaqti va uning o'sishi sabablarini aniqlash);

  • Qisqa muddatli kreditorlik qarzining nomutanosib o'sishi;

  • Likvidlik koeffitsientining pasayishi;

  • Aktivlar summasida asosiy kapital ulushining o'sishi;

  • Sotuv hajmining pasayishi (bozor qanday o'rganilgan va xokazo);

  • Muddati o'tib ketgan qarzlarning o'sishi;

  • Operatsion faoliyatdan keladigan zararlarning paydo bo'lishi va xokazo.

Aynan yuqoridagi bandlarda keltirilgan omillar kredit monitoringini samarali olib borishga, salbiy tasir ko'rsatib, muammoli ssudalarni kredit portfeli tarkibida o'sishiga olib keladi.
Banklarning muammoli kreditlarini restrukturizatsiya qilish masalalari dolzarb. Jahonning ko'p mamlakatlarida ishlamayotgan aktivlar muammosini yechish hamda bank sohasidagi inqirozni bartaraf etish uchun davlat banklardan muammoli aktivlarni sotib olgan. Bir qator mamlakatlarda hukumatlar tomonidan banklarning "yomon" aktivlari bilan maqsadli ishlash uchun maxsus korporatsiyalar tuzilgan.
Xalqaro amaliyotda muammoli aktivlarni boshqarishga asosan markazlashgan va markazlashmagan ikkita yondashuv qo'llaniladi. Birinchi yondashuv davlat tomonidan butun bank tizimining muammoli aktivlarini sotib olish va boshqarish bo'yicha maxsus korporatsiya tuzilishini ko'zda tutadi.
Markazlashmagan usulning mohiyati, bankning tarkibida yoki uning doirasidan tashqarida ishlamayotgan aktivlarni boshqarish bo'yicha tegishli tuzilmani tashkil etishdan iboratdir. U Shvetsiya va Polshada qo'llanilgan.
Yaponiyada va Shvetsiyada muammoli kreditlar bilan ishlashda ikkala usuldan ham foydalaniladi. Banklardan muammoli kreditlarni sotib olish jarayonini
Markaziy bank (Chili, Vengriya, Polshada) bilan bir qatorda, restrukturizatsiya qilish bo'yicha agentlik (Chexiya, AQSh, Meksika, Janubiy Koreya) ham amalga oshirilishi mumkin.
Muammoli kreditlarni sotib olish bahosi kreditlar balans qiymatining 3 % idan 100 foizigacha bo'lgan qismini tashkil etadi.
Muammoli kreditlarni boshqarish bo'yicha ikkita asosiy strategiya mavjud. Birinchi strategiyaning asosida aktivlarni kelgusida sifati tushishining budjetga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida ularni kechiktirmagan holda sotish yotadi.
Ikkinchi yondashuv mohiyatiga ko'ra, ma'lum vaqt davomida korporatsiya muammoli kreditlar bilan ishlaydi va ularni qiymati maksimal darajaga yetganda, ularni asta sekin sotadi.
Aktivlarni boshqarish bo'yicha korporatsiyalarni amal qilish davri turlichadir. Chexiyadagi sog'lomlashtirish bo'yicha agentlik, Shvetsiyadagi banklarni qo'llab-quvvatlash agentligi 5 yil atrofida va AQShning tartibga solish bo'yicha trast kompaniyasi 6 yil atrofida ishlagan.
Janubiy Koreya va Tailandda yangi vakolatlarga ega bo'lgan aktivlarini boshqarish bo'yicha agentliklar bugungi kunda ham faoliyat ko'rsatmoqda. Kredit jarayoni ishtirokchilarining umumiy fikriga ko'ra, sudga murojat qilish, sudsiz bir qarorga kelishiga nisbatan ancha samarasiz. Sudga doir va sudsizhal qilinadigan choralarida muammoli qarzdordik bilan ishlashning bir necha asosiy yo'nalishlarini ajratish mumkin.
Ko'pchilik banklar kredit bo'yicha birlamchi to'lov amalga oshirilmaganda darhol o'zini ko'rsatmaydi. Mijozlar esa "qo'ng'iroq qilishmayapdi, yozishmayapdi, chamasi esdan chiqarishdi" - deya umid qiladi. Bu turli sabablarga ko'ra yuz beradi: hech qayerda muammoli qarzdor bilan ishlash uchun xodim ajratilmagan. Ikkinchi marta to'lov amalga oshirilmagandan keyin bankk a doir bo'lmagan ixtisoslashgan mutaxassislar harakatga tushadi. Qarzdor avvalgidek, o'zini bankda "unitishdi" deb hisoblaydi, aslida esa qarzni qaytarish jarayoni endigina harakat boshlaydi.
Bu bosqichda qarzdor bilan o'sha bankning xavfsizlik xizmati xodimlari ish olib boradilar. Ko'pchilik muammoli kreditlar deb e'lon qilingunga qadar, ya'ni birinchi kechikishdan 2-4 oy o'tib to'lanadi. Ko'pchilik odamlar o'z obro'lariga dog' tushishidan qo'rqadilar. Bu - bekorga emas. Chunki, bir qancha vaqtdan buyon qachondir, banklardan kredit olgan har bir Rossiyalik uchun kredit tarixi yuritilgan.
Qarzni to'lamaslik fakti bu hujjatda umrbod qoladi, buning oqibati esa kredit berishni rad etishga olib borishi mumkin. Har qanday holatda ham qarzlarni qaytarish bo'yicha xodimlar muammoli qarzdorlarga majburiyatni bajarmaslik uchun ular duch keladigan ko'ngilsizlar haqida gapirib beradilar. To'g'ri ishni sudgacha olib bormaslikka hamma ham rozi bo'lavermaydi. Bunday hollarda qarzdor bilan muomala ohangi tubdan o'zgaradi.
Bankning majburiy chora ko'ruvchi (kuch ishlatuvchi) bo'lishi vakillarini ogohlantiruvchi xatlari, telefon qo'ng'iroqlari, qo'shnilarinikiga, qarindoshlarinikiga va qarzdorning ishxonasiga shaxsan tashriflari-ta'sir etis choralarining qisqacha ro'yxati halos. Ko'pchilik holatlarda ruhiy bosim o'tkazish ish beradi.
Qonun bo'yicha bank qarzlarni tomonlarga berish, kollektor agentliklari bu qarzlarni qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. Kollektorlik agentliklari ishlarining standart algoritmi quyidagilardan iborat: Kollektorlik markazining eng avval qiladigan ishi: mijozni SMS axborotlari bilan tanishtirish va qarzdorlarga qo'ng'iroq qilib chiqish.
Manzillar bo'yicha borish va qarzdorga shaxsan xabar qilish. Qarzdorlarni qidirish, qarzdor haqida qo'shimcha axborot yig'ish. Sudga ariza berish. Har qanday holatda ham kollektorlar huquq doirasida harakat qilishlari zarur. Kollektor qarzdorga bosim o'tkazish, unga qo'pollik qilish, jismoniy kuch ishlatish bilan taxdid qilish huquqiga ega emas.
Qarzni qaytarish jarayonida yakuniy bosqich kreditning, agar bor bo'lsa, garovni sotishni talab qilib, sudga murojat etishi hisoblanadi. Sud qarori bilan bankka garovi berilgan xonadon yoki mashina "kim oshdi" savdosida sotiladi. Biroq qarzdorga voqealarning bunday rivoji foydasiz. Tomonlar kelishuv bilan, agar qarzdorda pul masalasida muammo kelib chiqsa, u mulkini mustaqil ravishda bozor narxida sotishi mumkin.
Muddati o'tgan qarzlarni qaytarish ma'suliyati malakali yuristlardan tashkil topgan bankning qarzni to'latish xizmati zimmasiga yuklatildi. Muddati o'tgan kreditlarni qaytarish tizimi o'z ichiga bir necha bosqichni oladi. To'lov 10 kundan ortiq muddatga kechikkanda qarzdorga xat yoki SMS xabar yordamida to'lov kechikkani haqida yozma bildirish yuboriladi.
To'lov 30 kundan ortiq muddatga kechiksa, kredit to'lanmagan hisoblanadi. Bank qarzdorga to'lanmagan to'lov haqida telefon vositasida xabar qiladi. Ikkinchi bosqichda muddati o'tgan to'lovlar bo'yicha telefon qilib, qarzdorga hurmat va muloyim ohangda u bankka summa qarz ekanligi eslatiladi va bank tomonidan jarima sanksiyalari qo'llanilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Sud orqali qarzni undirib olish mumkinligi bildiriladi. Bankning statistik ma'lumotlariga ko'ra, muddati o'tgan to'lovlarni qaytarishga yo'naltirilgan choralar nitijalariga ko'ra 13,5% kreditlar qaytarilgan.
Yuqorida tadqiq etilgan muammoli kreditlarni bartaraf etish bo'yicha jahon mamlakatlarining boy tarjibasini o'rganib chiqish Respublikamizda ham banklar kredit portfelida paydo bo'lgan muammoli kreditlarni bartaraf etishda foydalanish yaxshi samara berishi aniq.

Muammoli kreditlarni bartaraf etish bo'yicha normativ hujjatlar sanoqli


bo'lganligi sababli mavjud muammoli kreditlari bilan kurashish yo'lini bankning o'zi belgilaydi.
Bankdan olgan kreditlarini o'z vaqtida to'lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni to'lovga qobiliyatsiz deb e'lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so'rab, xo'jalik sudida da'vo qo'zg'atish huquqiga ega.
Banklarda yuzaga kelgan muammoli kreditlarni berish belgilariga qarab quyidagi guruhlarga bo'lib, tasniflash maqsadga muvofiqdir. Bular:

  • Bankning o'z qarori bo'yicha berilgan kreditlar;

  • Hukumat qarori bo'yicha berilgan kreditlar;

  • Vazirliklar kafolati bo'yicha berilgan kreditlar;

  • Boshqa turli qaror va kafolatlar bo'yicha berilgan kreditlar.

Agar bank barcha riskni o'ziga qabul qilgan holda o'zi kredit berishga qaror qilib, bu kredit bo'yicha muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, u holda bank mijozning aksiyadorlik munosabatini ko'rib chiqishi lozim. Agar mijoz bankning aksiyadori bo'lsa, kreditni qaytarish masalasini uning aksiyadorlik jamiyatidagi salmog'i hisobidan amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Mabodo kredit hukumat yoki vazirliklar kafolati bo'yicha berilgan bo'lsa, Sh. Z. Abdullayeva tomonidan u kreditlarni undirishning quyidagi yechimi taklif qilingan.
Moliya Vazirligida hukumat kafolati bo'yicha berilgan, lekin muammoli kreditlarga aylangan kreditlar bo'yicha ish olib boruvchi agentlik-emitentlarni tashkil qilish lozim. Bu agentlikka obligatsiyal ar chiqarish huquqi berilib, muammoli kreditlar bo'lgan banklar shu obligatsiyalarni sotib olish yo'li bilan muammoli kreditlar salmog'ini qoplashi mumkin. Obligatsiyalar uzoq muddatga ega bo'lgan hollarda banklar ular bo'yicha dividend olish imkoniga ega bo'lishlari lozim. Muammoli kreditlar bozorini tashkil qilib unda muammoli kreditlarni va ular bo'yicha banklar olgan obligatsiyalarni sotishni yo'lga qo'yish lozim. Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari bo'yicha bir-biridan farq qilsada, ularning oldini olishda quyidagi yondashishlar qo'l kelishi mumkin.
Bunda: qarzni restrukturizatsiya dasturini ishlab chiqish;

  • qo'shimcha hujjatlar va kafolatlar olish;

  • qo'shimcha fondlarni to'xtatish yoki qo'shimcha inyeksiya qilish;

  • garovni sotish;

  • boshqa aktivlarni sotish;

  • kafolat bo'yicha to'lovni talab qilish;

  • boshqaruvni almashtirish;

  • menejment ishlarini olib borish;

  • huquqiy ishlarni ko'rib chiqish va boshqalar.

Bizga ma'lumki, tijorat banklarining ishonchliligi va barqarorligini ta'minlash va mustahkamlash Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Shuning uchun banklar tizimining samarali va barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlash masalasi turli mamlakatlar Markaziy bankining asosiy vazifalari dan hisoblanadi. Har bir mamlakatda bu sohada o'rnatiladigan nazorat Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida ularning aktivlari bo'yicha mumkin bo'lgan yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish va uni doimo barqaror ushlash masalasini qo'yadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar sifatining pastligi, ularni to'lash bo'yicha muammolarning ko'pligi bank faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va bank tomonidan kredit siyosatini tuzish va uni olib borishda ma'lum kamchiliklarga yo'l qo'yilganidan dalolat beradi. Ba'zi banklar tomonidan berilgan kreditlar sifatini pastligini quyidagi sabablar tufayli, ya'ni birinchidan, kreditlar berishda mijozning kreditga layoqatlilik ko'rsatkichlari, ularning moliyaviy ahvolining yaxshi tahlil qilinmaganligi, ikkinchidan, kreditning ta'minlanganligi to'g'ri aniqlanib, rasmiylashtirilmaganligi va uchinchidan, o'z vaqtida, to'g'ri kredit monitoringi o'tkazilmaganligi tufayli yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin.
Tijorat banklari faoliyati, ayniqsa kreditlash jarayoni risk bilan bog'liq. Shu sababli banklar faoliyatining barqarorligini ta'minlashda kredit portfelini oqilona boshqarish muhim o'rin tutadi. Fikrlarni yagona tizimga jamlagan holda muammoli kreditlarga quyidagicha ta'rif berish mumkin: kredit risklarini amalda yaqqol namoyon bo'lishining natijasi bo'lib, obyektiv va subyektiv sabablarga ko'ra, kredit shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida, "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o'tib qolgan kreditlar muammolidir.
Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling