Mustaqil ish fan nomi: ijtimoiy falsafa mavzu: ochiq jamiyat va uning dushmanlari asari tahlili


Download 26.19 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi26.19 Kb.
#1253677
Bog'liq
karl poperrt


1O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ FALSAFASI VA MADANIYATI KAFEDRASI

MUSTAQIL ISH




FAN NOMI: IJTIMOIY FALSAFA
MAVZU: OCHIQ JAMIYAT VA UNING DUSHMANLARI ASARI TAHLILI.
TOSHKENT- 2023

Karl Popperning “ Ochiq jamiyat va uning dushmanlari ” asari haqida


"Ochiq jamiyat va uning dushmanlari" (1945) Avstriyalik fan faylasufi Karl Raymund Popperning siyosiy falsafaga bag'ishlangan kitobi bo'lib, unda faylasuf o'zining "ochiq jamiyat" to'g'risidagi g'oyalarini, shuningdek, "uning dushmanlariga" nisbatan fikrlarini ilgari surgan. Kitobning asosiy g'oyasi tarixiy taraqqiyotning muqarrar ravishda yakka rivojlanish o'zanidan kechishini da'vo qiluvchi teleologik tarixiychilik (ing. "historicism") metodiga qarshi fikrlar atrofida aylanadi.
Muallif PlatonGegel va Marksning ishlarni tanqid qiladi, ularning asarlarini teleologik tarixiychilik nazariyalari deb ataydi va ularni totalitarizmning mafkuraviy asosini yaratishda ayblaydi.

Asar mohiyati.


Asarda Popper tarixiychilikni tanqid qiladi hamda ochiq jamiyat va liberal demokratiya qadriyatlarini himoya qilib chiqadi. Asarning birinchi jildiga "Platon jodusi" deb nom berilishi, Popperning qarashini, ya'ni asrlar davomida Platonning asarlarini tarjima va talqin qilgan ko'pchilik mutafakkirlarning Platonning buyukligi va takrorlanmas uslubidan sehrlanib qolganidan dalolat beradi. Bu ish bilan muallif ko'pchilik tarjimon va talqinchilarning Platonning siyosiy falsafasining maftunkor uslubi va ifoda san'atiga jodulanib, mazkur falsafaning o'ta xavfli totalitarizmga yo'naltiruvchi jihatlarini e'tiborsiz qoldirganligini ko'rsatmoqchi bo'ladi.
Popper Platonning ijtimoiy jarayonlar va noroziliklarning tahlilini olqishlaydi, uni buyuk sotsiolog deb ataydi, biroq uning yechimlarini inkor etadi. Bu Popperning Platon davrida endigina shakllanib kelayotgan Afina demokratiyasining gumanitar ideallarini o'zining ardoqli "ochiq jamiyatining" boshlang'ich kurtaklari deb hisoblashi bilan bog'liq. Platonning demokratiyaga nisbatan nafrati, deb yozadi Popper, "uni yolg'onchilikni, siyosiy mo'jizalarni, ta'qiqchi irimchilikni himoya qilishiga, haqiqatni yashirishiga va nihoyada zo'ravonlikka" olib keldi. Popperning fikricha, Platonning tarixiy g'oyalari liberal demokratiyalar olib kelishi mumkin bo'lgan o'zgarishlardan qo'rquv bilan harakatga keltirilgan. Oqsuyak va Afinaning bir vaqtlardagi diktatori Kritiasning qarindoshi sifatida Platon, Popperning nazdida, o'z zamondosh oligarxlariga nisbatan xayrixoh va omma vakiliga nisbatan bepisand bo'lgan. Popper, shuningdek, Platon o'zining shuhratparastligi qurboni bo'lgan, deb ham taxmin qiladi va bunga Platonning o'zini oliy faylasuf-podsho sifatida tasavvur qilganligi sabab bo'lgan.
Asarning ikkinchi jildi "Soxta-payg'ambarlar davri: Gegel, Marks va Yakun" deb nomlanadi. unda Popper Gegel va Marksni tanqid qiladi va ularning g'oyalarini Aristotelga taqaydi. Popper aynan Aristotel g'oyalarini XX asr totalitarizmining dastlabki kurtaklari sifatida ko'radi.[3]
Mazkur kitob rus tiliga 1992-yilda tarjima qilingan

“ Ochiq jamiyat va uning dushmanlari” asari tahlili.

Asarda Popper siyosatga chinakam ilmiy yoki falsafiy munosabat, umuman, ijtimoiy hayotni chuqurroq anglash insoniyat tarixini tafakkur va talqin qilishga asoslanishi kerak degan fikr keng tarqalgan deb yozadi. Bu fikrga qisman qo’shilaman, agar biz ijtimoiy hayotni tariximizni tafakkur va talqin qilish orqali yaratganimizda, Hozir dunyoni o’zgartirib yuboradigan bir xalq bo’lardik. Chunki bizning tarixda yashab o’tgan ajdodlarimizni butun dunyo tan olgan. Lekin biz bu ajdodlarga loyiq avlod emasmiz. Masalan: Islom olamida eng buyuk hadisshunos oilm Imom al- Buxoriy bizning vatandoshimiz. Bu kishini butun dunyo tan olgan, ammo hozirgi yoshlarimiz hadis nimaligini bilmaydi, Sovet Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olganda. Bu yer aholisini o’z tarixidan mahrum qildi. Buning natijasida qayerga boshlasa o’sha yerga ketadigan xalq paydo bo’ldi. Bu narsaning asoratlari hozir ham bor. Oddiy odam o’z hayotini, shaxsiy tajribalari va mayda kurashlarning ahamiyatini oddiy deb hisoblasa-da, ijtimoiy olim yoki faylasuf narsalarni yuqori tekislikdan o’rganishi kerakligi aytiladi. U shaxsni garov sifatida, insoniyatning umumiy taraqqiyotida biroz ahamyatsiz vosita sifatida ko’radi. Olim va faylasuf odamlar doim insoniyatning ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun harakat qilishadi. Jamiyatda biror muammo vujudga kelsa, birinchi navbat olimlar va faylasuflar yechim topishga harakat qilishadi, Oddiy odamlar esa bu taqdirdan deb rozi bo’lishadi. Alloh taolo har bir bandasiga bir sinov yoki mushkilot berganda doimo uning yechimini ham beradi. Ammo shu yechimni topish uchun ham inson har tomonlama ilmli bo’lish kerak. Faylasuf va olimlar tarix sahnasining buyuk ishtirokchilari, Buyuk millatlar va ularning buyuk yo’lboshchilari, ularning buyuk g’oyalari ekanligini aniqlaydi, Haqiqatdan ham tarixni o’zgartirib yuborgan buyuk millat va qavmlarning boshida buyuk bir yo’lboshchi bo’ladi. Masalan Usmoniylar imperiyasining asoschisi Usmon I u o’zidan keyin buyuk bir davlat qoldirdi. Uning bu davlatni tuzushdagi asosiy g’oyasi Konstintinopolni egallashdek buyuk g’oyasi bor edi. To’g’ri u bu maqsadga erishmadi lekin uning avlodlari erishishdi.
Asar davomida Popper yunonlarning tarixiy harakteri tanlangan xalq ta’limoti bilan solishtirish mumkin bo’lgan nazariyalarni topdik deb aytib o’tadi. Unga ko’ra Gomer tushuntirishga harakat qilgan narsa tarixning birligi emas, balki unung yo’qligidir. Tarixiy ta’limotni birinchi bo’lib ilgari surgan yunon Gesiod bo’lib, uning fikricha, insoniyat oltin asrdan boshlab rivojlanish jarayonida ham, jismoniy jarayonda ham, axloqiy jarayonda ham tanazzulga yuz tutgan. Gesiodning bu fikrlari aynan hozirgi davr uchun tog’ri keladi. Hozirgi kunda insoniyat jismoniy tomondan tanazzulga uchrashi bu, erta o’lim, ko’p kasalika chalinish, uzoq vaqt jismoniy harakat qilaolmasligi. Insoniyat keyingi davrlarda o’zi uchun qulay bo’lgan narsalarni ixtiro qildi va rivojlantirdi. Inson qiladigan hamma ishni bajaraoladigan texnologiyalar yaratildi. Bu narsalar insoniyat uchun salbiy oqibatlarga sabab bo’lyapdi. Bugungi kunda jismoniy mash’gulotlar shunchaki bo’sh vaqtni o’tkazish uchun mashg’ulot bo’lib qoldi. Avvalgi davrlarda esa jamiyatning ko’plab a’zolari tirik qolish uchun ham jismoniy harakat qilishgan. Masalan ov qilish, urushga tayyorgalik yoki oila boqish uchun. Insonlar bugungi texnologik rivojlanishlarni o’zlarining rivojlanishi deb biladi. Aslida bu narsalar insoniyatni tanazzulga uchratuvchi omillar bo’lishi mumkin. Masalan hozir su’niy intelliktdan foydalanish hayotni ajralmas qismiga aylangan. Ko’plab rivojlangan davlatlarda uyning xavfsizlik tizimi yoki avtomobillar o’zi boshqariladigan bo’lgan, Bu odamlar uchun qulaylikdek ko’rinadi. Ammo ertaga shu su’niy intellikt insoniyatga qarshi ishlashi yoki ishlatilishi mumkin. Oddiy misol hozirda yuz berayotgan Rossiya - Ukraina urushida foydalanilayotgan qirg’in qurollarning aksari masofadan turib boshqariladi. Bu qurollar orqali begunoh insonlar halok bo’lyapdi. Insonyatning qulayligi uchun yaratilgan narsalar insonlarni o’ldirishi bu mening fikrimcha rivojlanishning tanazzulga yuz tutishidir. Axloq jihatdan ham insoniyat tanazzulga duch kelib bo’ldi. Hozirgi kunda ommaviy madaniyat degan narsa vujudga kelgan. Aynan shu narsa jamiyatning axloqini tanazzulga yuz tutishiga sabab bo’lyapdi. Masalan shu ommaviy madaniyat ortidan dunyoda faxsh ishlar ochiqcha namoyish etila boshlandi. Har qanday jamiyatda yoki dinda bo’lmasin buzuqchilik qoralanadi. Ularni qo’llab quvvatlagan jamiyatlar esa tanazzulga yuz tutadi. Hozirgi chirigan yevropa kabi chunki yevropa oxirgi yillarda axloq jihatidan juda yomon darajaga kelib bo’ldi. Yevropada bir jinslilarning qo’llab quvvatlanishining o’zi yevropani qay darajada chiriganligidan dalolat beradi. Ammo sharq davlatlari ham axloqsizlik tomondan g’arbdan qollishmayapdi. Dubay, Tokio, Pekin va Istambul sharq axloqsizligining markazlari hisoblanadi.
Platonning fikricha siyosiy tanazzul har qanday holatda ham uning fikricha, asosan ma’naviy tanazzulga ya’ni bilimsizlikka bog’liq. Bu fikrning yaqqol misoli sifatida Yaqin sharq davlatlarini olsak bo’ladi. Bular Suriya, Iroq va Liviyalar ularning bu ahvolga kelib qolishiga bilimsizlik sabab bo’lmoqda. U yerdagi odamlar din uchun urushyapmiz deyishadi, aslida dindan hech narsani bilmaydi. Ular bilimsizligi tufayli Aqsh va Isroilning qo’g’irchoqlariga aylanib qolishgan.Mening fikrimcha siyosiy tuzumni ushlab qolish uchun bilimning o’zi yetarli emas, kuch va qattiqqo’llik ham kerak faqat meyorida.Geraklit o’zining ijtimoiy oqim tajribasini hamma narsa olamga yoyish orqali umumlashtirgan edi. Platon ham xuddi shunday qilgan.

.Xulosa; Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki bu asar juda murakkab ava mukamma. Men kitobni o’qish jarayonida Popperning qanchalik ilmi va aqilli ekanligini. Asarni o’qigan odam boshida zerkishi mumkin, Lekin keyinchalik bog’lanib qoladi. Asar davomida meni hayratlanartirgan narsa shuki Yunon tarixchilari oʻz fikrlarida hozirgi davrda yuz berayotgan hodisalarni aytib oʻtgan.


1 Hh

Download 26.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling