Mustaqil ish mavzu: Elektr aloqa kanallarining umumlashgan matematik modeli Bajardi: kis102-19 guruh talabasi Qaxorov A. Tekshirdi: Jumaboyev T. Samarqand – 2023. Mavzu: Elektr aloqa kanallarining umumlashgan matematik modeli


Download 71.92 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi71.92 Kb.
#1097765
Bog'liq
1-Mustaqil ish — копия


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

“TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI” FAKULTETI


“TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI” KAFEDRASI
TIZIMLAR VA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH
fanidan

MUSTAQIL ISH

MAVZU: Elektr aloqa kanallarining umumlashgan matematik modeli


Bajardi: KIS102-19 guruh


talabasi Qaxorov A.
Tekshirdi: Jumaboyev T.

Samarqand – 2023.


MAVZU: Elektr aloqa kanallarining umumlashgan matematik modeli.
Reja:

  1. Umumiy tushunchalar

  2. Aloqa kanallarning matematik modellari

1. Umumiy tushunchalar
Aloqa kanallari xuddi signallardek asosan uchta ko„rsatkich bilan baholanadi. Bular: Tk – kanal orqali xabar uzatilish vaqti; Dkkanal dinamik diapazoni va Fk – kanal signal spektrining o„tkazish kengligi.
Kanalning uchta asosiy ko„rsatkichlari ko„paytmasi TkDkFk=Vk aloqa kanali hajmi deb ataladi va kanalning xabar o„tkaza olish imkoniyatini belgilaydi.
Signalni aloqa kanali orqali uzatish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Tk Ts ; Dk Ds ; Fk Fs yoki Vk Vs. (1)
Ko„rinib turibdiki, signalning yoki kanalning bir parametrini ikkinchisiga almashtirib aloqa kanali orqali signalni uzatish mumkin.
Har qanday aloqa kanallar quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
1. Aloqa kanallarini chiziqli tizim deb hisoblash mumkin, chunki kanal chiqishidagi signal kanal kirishidagi signallar yig„indisiga teng, ya‟ni superpozitsiya prinsipiga bo„ysunadi;

2. Har qanday aloqa kanalida, foydali signal bo„lish bo„lmasligidan qat‟iy nazar xalaqit signali mavjud, ya‟ni
x(t)=s(t)+w(t), (3)
3.Signal aloqa kanalidan o„tganda u biroz kechikadi va uning sathi kamayadi.
4.Signal aloqa kanalidan o„tganda uning shakli buziladi. Shunday qilib kanal chiqishidagi signal quyidagicha ifodalanishi mumkin:
x(t)=μ(t)•s(t-τ)+w(t) (4)
bunda, μ va τ – signal so„nishi va kechikishini ko„rsatuvchi kattaliklar.
Agar μ va τ vaqt davomida o„zgarmasa, bunday aloqa kanali doimiy ko„rsatkichli kanal deb ataladi. μ va τ lardan biri yoki ikkalasi vaqt davomida o„zgarib tursa, bunday kanal ko„rsatkichlari o„zgaruvchan kanal deb ataladi. Masalan: yer usti radioeshittirish va televideniye kanali ko„rsatkichlari o„zgarmas kanalga misol bo„ladi.
Aloqa kanallarini turli ko„rsatkichlar bo„yicha tasniflash mumkin, masalan, aloqa kanali kirishi va chiqishidagi harakteri bo„yicha:
1. Uzluksiz;
2. Diskretli;
3. Diskretli uzluksiz;
Qo„llaniladigan chastotalar diapazoni bo„yicha:
1. O„ta past - 30-300 Gts (to„lqin uzunligi λ = 1000… 10000 km); 2. Infra past - 300-3000 Gts (λ = 100 – 1000 km);
3. Juda past - 3-30 kGts (λ = 10– 100 km) – mikrometrli;
4. Past - 30-300 kGts (λ = 1– 10 km) – kilometrli;
5. O„rtacha - λ = 100– 1000 m) 300-3000 kGts - gekametrli;
6. Baland - 3-30 MGts (λ = 10– 100 m) - dekametrli;
7. Juda baland - 30-300MGts (λ = 1– 10 m) - metrli;
8. Ultra baland - 300-3000 MGts (λ = 10–100 sm) - detsimetrli;
9. O„ta baland - 3-30 GGts (λ = 1– 10 sm) - santimetrli; 10.Cheksiz baland - 30-300 GGts (λ = 1– 10 mm) - millimetrli;
11. Giperbaland - 30-3000 GGts (0,1-1 mm) – detsimillimetrli.
Chiziqli buzilishlar signallar va xatolar spektrining o„zgarishida aks etadi. Chiziqli buzilishlar determinal va tasodifiy buzilishlarga bo„linadi. Determinal chiziqli buzilishlar real kanallarda priyomnik kirishida chastota tanlovchi zanjirlar, peredatchik chiqishida koaksial va to„lqinli antenna traktlari mavjudligi bilan bog„liq. Nochiziqli buzishlar signalning bo„g„inlar bo„yicha eng kichik amplituda tavsifi F(u) bilan o„tishi natijasida hosil bo„ladi, chunki tarqalish muxiti qoidaga binoan chiziqli bo„lsa, nochiziqli buzilishlar esa aloqa kanaliga kiruvchi texnik qurilma bilan aniqlanadi. Signalning nochiziqli buzilishlari yangi spektral tarkibiy qismlarning paydo bo„lishi va egiluvchisi signalning o„zgarishiga olib keladi.
2. Aloqa kanallarning matematik modellari
Xatoliklarsiz ideal kanal amplitudasining o„zgarishi va signalning vaqtincha holati bilan bog„liq determinallashgan buzilishlarni hosil qiladi. Uzatilgan signal yangi vaqt hisobidan qabul qiluvchi tomonda to„liq qayta tiklanadi. Ushbu model yopiq tarqalishli davomiyligi kichik bo„lgan kanallarni tasvirlashda ishlatiladi. Oq shovqinli Gauss kanali ideal kanal bo„lib, unda signalga xatolik yuklanadi.
U(t)=μS(t-τ)+n(t) (5)
bu yerda μ – aloqa kanalining uzatish koeffitsiyenti, τ – signalning kechikish vaqti.
Chiziqli buzilishli kanallar chiqishidagi signal quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

τn – kanalning xotira vaqti Ts jo„natish davomiyligi bilan o„lchanadigan diskret axborotni radiotizimlarda uzatish chiziqka ega bo„lsa, timsollararo interferensiya bir-biriga qarama-qarshi holatda ifodalanadi.

2- rasm.Diskret axborot uzatish radiotizimlarida interferensiya
Download 71.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling