Mustaqil ish mavzu: Guruh
Download 43.86 Kb.
|
Mustaqil ish KP
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FELIALI _____________________________ kafedrasi ______________________________fanidan MUSTAQIL ISH MAVZU: ____________________________ Guruh: ______ Bajardi: ____________ Tekshirdi: _____________ Mavzu:Kasbiy psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari Reja: 1.Kasbiy psixologiyada ilmiy tadqiqot 2.Kasbiy psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari turlari Kasbiy psixologiya fanining o’ziga xos ilmiy o’rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o’rganish metodlari («metod» yunoncha so’z bo’lib, «biror narsaga borish yo’li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlar to’g’risidagi bilimlarni egallashda qo’llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig’indisidir. Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o’rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o’zining maqsadi va yo’nalishiga qarab tasniflanadi.Individual-psixologik xususiyatlarni o’rganishning instrumental metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar o’tkazish, anketalar, so’rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga oid asosiy qo’llanmalarda berilgan. Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining doimiyligi yoki o’zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan materiallarda ayrim xatolar ham bo’lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o’rganishning o’ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o’rganish va hisobga olishni talab qiladi. Kasbiy psixologiyaning o’rganish sohalariga, jumladan, tek- shirilayotgan shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda qiyin bo’lgan, yo umuman ko’rinmaydigan tomonlarini ko’rsatadi Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o’rganishga imkon beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo’llaniladi. Anketa metodi. Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko’p sonli shaxslar guruhiga beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va tahlil qilinadi. Suhbat (intervyu) metodi. Ushbu yordamchi metod tadqiqqotning eng boshida umumiy yo’nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida qo’llaniladi. Bu erkin, majburiy bo’lmagan suhbat.Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo’llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari suhbatlashish orqali chuqurroq o’rganiladi. Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e’tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo’lishi kerak. Qiyosiy metod («ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi. Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish. Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishgaxizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning tug’ilganidan, ham to boshlang’ich ma’lumot olgunicha davr oralig’ida salomatlik darajasi qanday bo’lganligi to’g’risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. Biografiya metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo’radi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o’z ifodasini topadi. Kasbiy psixologiya fani ham ma’lum bir psixologik qonuniyatlarni o‘rganadi va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.Ekspеrimеntal tadqiqotlarda psixologiyaning barcha mеtodlaridan kеng qo`llanadi. Bunda tadqiqot mavzusi, maqsadi va xususiyatlardan kеli chiqqan holda u yoki bu mеtod asosida tadqiqotlar tashkil etiladi. Ekspеrimеntal psixologik mеtodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha mеtodlar ma'lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya ekspеrimеntlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-ekspеrimеnt kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik mеtod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrеlyatsion kuzatuvlar, ma'lumotlar yig`ish mеtodi va h.k. Birinchi mеtodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi. Albatta ob'еktga ta'sir etgan holda, ikkinchi mеtod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chеgaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g`ridan-to`g`ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta'sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Ekspеrimеnt jarayonida to`g`ridan-to`g`ri muloqot mеtodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik ekspеrimеnt mеtodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Ekspеrimеntator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish mеtodi» dan to`g`ridan to`g`ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Ekspеrimеnt jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hеch qanday vazifa bеrilmaydi va u o`zini erkin tutadi Kasbiy Psixologiya Fanining Ilmiy Tadqiqot Metodlari Turlari Muqobil metodlar Tabiiy sharoitlarda kuzatish Korrelyatsiya Genetik metodlar Praksimmetrik metodlar Psixometrik metodlar Tajriba(eksperiment) metodlar Matematik ishlov berish metodlari TASVIRLASH - har qanday fanning boshlang‘ich punkti - hodisa va faktlarni tasvirlash. Kundalik hayotda biz odamlarni kuzatamiz va ularga xarakteristika beramiz, bunda ko‘pincha ular o‘zlarini nega aynan shunday tutganlari borasidagi o‘z shaxsiy gipotezalarimizni izlab topamiz. Professional psixologlar ham xuddi shunday qilishadi, ammo buni tizimli va xolisona bajarishadi. ALOHIDA FAKTLARNI O‘RGANISH - Bu eng qadimiy metodlardan biri bo‘lib, bunda psixologlar hammamiz uchun xarakterli bo‘lgan xususiyatlarni aniqlash uchun bir yoki bir necha individlarni chuqur o‘rganishadi. Miyaning ishlashi haqidagi dastlabki bilimlarning katta qismi alohida individlarni tadqiq qilish jarayonida olingan bo‘lib, ular miyalarining ba’zi sohalari shikastlanishi natijasida miya faoliyatining buzilishi kuzatilgan odamlar edi. SO‘ROV - Odatda tasviriy va korrelyasion tadqiqotlarda foydalaniladigan so‘rov metodi tadqiqotning sayozligi bilan ajralib turadi. Odamlardan o‘z xatti-harakatlarini va o‘z fikrini xarakterlash so‘raladi. Haligacha odamlarga berilmagan biror-bir ma’noli savolni o‘ylab topish mushkul. SAVOLLARNING IFODALANISHI - Har bir daraja xulq-atvorga bog‘liq aniq fikrlar bilan ta’minlaydi, garchi to‘liq bo‘lmasa ham. Turli akademik intizomlari singari, psixologik qarashlarni turli savollar so‘rash va o‘z chegarasi doirasida turlarga ajratadi. Bir perspektiv biologik, psixologik yoki ijtimoiy-siyosiy darajalarni ta’kidlab o‘tadi. RESPONDENTLARNI TANLASH - Kundalik hayotda biz turli-tuman odamlar bilan muloqotda bo‘lamiz, ammo asosan kim bizning odatlarimiz va hayotga munosabatimizni yoqlasa, o‘shalar bilan. Shuning uchun ham qancha odam u yoki bu fikrni yoqlashini tasavvur qilishga urinsak, miyamizga darhol o‘zimizga hamfikr bo‘lganlar keladi. Boshqalar ham biz kabi o‘ylaydi deb taxmin qilishga moyillik yolg‘on konsessus effekti deb ataladi. Vegetarianlar dunyoda faqat o‘simliklar bilan oziqlanadigan odamlar go‘sht eydiganlarga qaraganda ancha ko‘p deb o‘ylashadi, konservatorlar esa o‘zlarining siyosiy shiorlari liberallarnikiga qaraganda aholi tomonidan ko‘proq qo‘llab – quvvatlanadi deb faraz qilishadi.So‘rov odamlarning fikri va hulqini aniqlash metodi, savol javoblarga asoslanadi; odatda tasodifiy tanlash prinsipi bo‘yicha tanlab olingan reprezentativ guruh so‘rov qilinadi. Yolg‘on konsessus effekti Boshqa odamlar ham bizning fikrimizga qo‘shilishi va xatti- harakatlarimizni ma’qullashiga bo‘lgan haddan tashqari ishonch. Tirik jonzotlarning xatti-harakatlarini odatdagi sharoitlarda kuzatish va natijalarini yozib borish tabiiy sharoitlarda kuzatish nomi bilan ma’lum. Ular har xil bo‘lishadi: djungli sharoitida shimpanzening to‘da ichidagi xatti- harakatlarini kuzatishdan madaniy an’analari turlicha bo‘lgan mamlakatlarda ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kuzatishgacha, hamda oq va qora tanli talabalar o‘qiydigan kollejlarda talabalar stol atrofida qanday qilib o‘zlariga joy tanlashlarini kuzatishgacha.Alohida voqealarni tadqiq qilish metodi va so‘rov kabi, kuzatishlar ham xatti-harakatlarni izohlamaydi, ular shunchaki xatti- harakatlarni tasvirlab boradi. SHunga qaramasdan bu tasvir juda namunali bo‘ladi. Bir qancha vaqt mobaynida turli xil uskunalardan faqat odamlargina foydalanishadi deb hisoblashardi. Ammo tabiiy sharoitlarda kuzatishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, shimpanzelar ko‘pincha terminiga novda tiqishadi va uni keyin sug‘urib, yopishib qolgan termitlarni eyishadi. SHimpanze va babuinlar o‘z maqsadlariga etishish uchun boshqa ayyorliklardan ham foydalanishadi. Psixologlar Andrew Whiten va Richard Byrne (1988) bir necha marta qanday qilib yosh babuin o‘zini go‘yoki birov tashlangandek qilib ko‘rsatgan va bularning hammasini o‘z onasini kelgindining o‘z ovqatidan haydab solishga undash uchun qilgan. Korrelyatsiya (lotincha “correlatio” – nisbat, munosabat)- tasodifiy o'zgaruvchilar (o'zgaruvchilar) o'rtasidagi statistik ehtimollik bog'liqligi o'lchovini anglatuvchi matematik atama. Korelyasiya - bu muvofiqliklarning statistik me’yori. U ikki ob’ekt bir-biriga nisbatan qanday o‘zgarishini va qanday qilib ulardan biri ikkinchisini prognozlashini ko‘rsatadi. Korrelyatsiya usuli psixologik tadqiqotlarda asosiylaridan biridir. Va bu tasodifiy emas, chunki psixologiya aniq fan bo’lishga intiladi. Aniq fanlarda qonunlarning o`ziga xos xususiyati nimada. Masalan, fizikada tortishish qonuni istisnosiz ishlaydi: jismning massasi qanchalik katta bo’lsa, u boshqa jismlarni shunchalik kuchliroq tortadi. Bu jismoniy qonun tana massasi va tortishish o’rtasidagi munosabatni aks ettiradi. Psixologiyada vaziyat boshqacha. Masalan, psixologlar bolalik davridagi ota-onalar bilan iliq munosabatlarning munosabatlari va balog’at yoshidagi ijodkorlik darajasi haqida ma’lumotlarni nashr etadilar. Bu bolalik davrida ota-onalari bilan juda iliq munosabatda bo’lgan sub’ektlarning har biri juda yuqori ijodkorlikka ega bo’lishini anglatadimi? Javob aniq – yo’q. Jismoniy qonun kabi qonun yo’q. Bolalik tajribasining kattalar ijodiga ta’siri mexanizmi yo’q. Bu bizning fantaziyalarimiz! Ma’lumotlarning izchilligi (munosabatlar – ijodkorlik) mavjud, ammo ularning orqasida hech qanday qonun yo’q. Ammo faqat korrelyatsiya mavjud. Psixologlar ko’pincha aniqlangan munosabatlarni psixologik naqshlar deb atashadi, ularning ehtimollik xususiyatini ta’kidlaydilar Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar irsiyat bilan bevosita bog‘liqligining ildizlari aniqlanadi.Endi tajribada eng ko‘p qo‘llaniladigan empirik metodlar xaqida kengroq ma’lumot beramiz.Kuzatish metodi. Bu metodning ob’ektiv va sub’ektiv kuzatish turlari mavjud. Inson psixologyasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi. 1. Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi. 2. Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi. 3. Sinaluvchining yoshi jinsi aniqlanadi. 4. Tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi. 5. Kuzatish qancha davom etishi qatxiylashtiriladi. 6. Kuzatish insonning qaysi faoliyatida amalga oshirilishi tavsiya qilinadi. 7. Kuzatishning shakli tayinlanadi. 8. Kuzatiladiganlarning qayd qilib borish vositalari taxt qilinadi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokozolari o‘rganiladi. Ammo shaxsning o‘ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak xissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatini tadqiq etishga bu metodning imkoniyati yetmaydi. Praksimmetrik metodlar guruhi. Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo‘llari bo‘lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasbiy psixologiyaning bu guruhidan quyidagi metodlar muhim ahamiyatga ega. Topshriqlar tahlili – bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo‘nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metodidir. Topshiriqlarni tahlil etish metod F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo‘llanilgan.Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng qo‘llaniladi.Y.MakKormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro‘yxatini ishlab chiqishdi. Olingan ma’lumotlarni omilli tahlil qilish yo‘li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil ajratildi va bu omillar “pozitsion tahlil so‘rovnomasi”ni loyihalashtirishga asos bo‘ldi Hujjatlarni o‘rganish – mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi: - Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga quyiladigan talablar; - Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadigan asbob-uskunalarning texnik tavsifnomasi; - Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo‘nimsizligi uning sabablari va hokazolar xaqidagi ma’lumotlar; - Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog‘ligining holati to‘g‘risidagi ma’lumot. Mehnat metodi – bu kasbiy faoliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo‘yicha bayonnoma to‘ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Psixometrik metodlar guruhi. Psixometriya-psixik voqea va hodisalarning miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o‘rganadi. Psixometriyaning muhim belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, parametrlarini o‘lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi. Test – psixologik diagnostika metod bo‘lib, u ma’lum ma’noga ega bo‘lgan standart savol va masalalardan iborat. Test intellektual va maxsus qobiliyatlarini, shaxsning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarining rivojlanishini, kasbiy layoqatni aniqlash, kasbiy ekspertiza va reabilitatsiya shuningdek, kasbiy maslahatlar jarayonida qo‘llaniladi.Test o‘tkazish 3 bosqichga ajratiladi: - test, savolnomasini tanlash (tadqiqot masalasi bilan belgilanadi); - test o‘tkazishda etika normalariga rioya qilgan holda ko‘rsatmaga muvofiq tashkil etish; - olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni o‘rganish. Kasbiy psixologiyada maxsus qobiliyatlarning diagnostikasi va kasbiy yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy intellektual testlar akademik qobiliyatlarni o‘rganishga qaratilgan. Vakant (bo‘sh) o‘rinlarga nomzodlarni kasbiy tanlovi uchun ishonchli usullarga bo‘lgan ehtiyoj psixologlarni maxsus qobiliyatlarni diagnostika qilish uchun test ishlab chiqildi. Ishlab chiqarishning turli sohalari ishchilarning oldiga o‘ziga xos talablarni qo‘yadi. Kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kadrlarni joylashuvi, vakant ishchi o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida muhim kasbiy psixofiziologik xususiyatlar, psixologik sifatlar, kasbiy malakalarni aniqlash imkonini beruvchi testlar bo‘lishi lozim. Eksperiment (lot. Experimento — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgi predmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyat eʼtibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada, Eksperiment fanga nisbatan ishlatiladi. Eksperiment zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan obʼyektni qayd etishni yoki hodisani sunʼiy ravishda yuzaga keltirishni, tegishli texnika va moslamalarni tatbiq etish va oʻlchash ishini oʻz ichiga oladi. Eksperiment bilish obʼyektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. Eksperiment insonning obʼyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida eksperimentdan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Eksperiment ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qoʻllaniladi. Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795–1878) va fizik Fexner (1801–1887), sezgilarni tekshirishda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832–1920) mukammal ishlab chiqqan. 1879-yilda V. Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo‘yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy – Moskvada, Bexterev – Qozonda, N. N. Lange – Odessada shunday laboratoriya ochishgan. 1911-yilda Moskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi. Miqdoriy ma’lumotlarga ishlov berish usullariga tadqiqot xulosalarini chiqarishning statistik usullari hamda ular o‘rtasidagi ma’lum aloqalarini aniqlash, ilgari suralgan gipotezaning haqqoniyligini tekshirish kabilar hisoblanadi. Natijalarga matematik ishlov berish, tadqiqotlarning isbotlanganligini (reprezantliligi) tanlab beradi.Sifat ko‘rsatkichlarining miqdoriy ishlov berilganlik bilan bir qatorda psixologik tadqiqotning ob’ektligi sezilarli darajada oshiriladi. Tadqiqot usullarining to‘g‘riligi nafaqat qo‘llanilgan matematik apparatning takomillashganligiga balki, o‘rganayotgan hodisa va ob’ektlarni real miqdoriy tavsiflarini qay darajada aks etishiga bog‘liq. Bu talablarga rioya etmaslik, matematik o‘lchovni oddiy formulalar o‘yiniga aylantiradi. O‘lchov – ma’lum qoidalarga muvofiq voqealar va ob’ektlarga raqamlarni qo‘yib, yozish raqamli tavsiflarni, narsa – buyum va hodisalarga qo‘shilib yozilishining eng oddiy metod – ularni qayd etishdir. Qayd etishning mohiyati shundaki – qandaydir belgini ajratib kuzatish va eksperimentda shu belgisi bo‘lgan predmet yoki hodisa paydo bo‘lsa shu holat muntazam qayd etib boriladi. Masalan, o‘qish sabablarini o‘rganishda so‘rovnoma asosida javobning u yoki bu variantini tanlangan talabalar sonini aniqlashadi qayd etish natijalariga statistik ishlov berish o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan ayrim muhim umumlashgan va xulosalarni qilish imkonini beradi. Masalan talabalarning bilim va malakalari darajasini, u yoki bu ma’naviy sifatlarining rivojlanishi bu ta’lim metodining samarali darajasini to‘g‘ri o‘lchash qiyin. Ammo shunga tegishli voqealarni – xatolar, o‘zini tutishi va hokazolarni qayd etib, bu sifatlarning ma’lum miqdoriy tavsifini olish mumkin. Demak, ular paydo bo‘lishining qonuniyatlarini o‘rganish mumkin.Ma’lumotlarga miqdoriy tavsif berishning keyingi metodi – tartibga solish operatsiyasidir. Uning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan hodisalar ma’lum belgi hajmining o‘sish yoki pasayish tartibida joylashadi. Keyin ob’ektlarning har qaysi guruhiga o‘sish yoki pasayish qatoridagi bir guruh o‘rniga tegishli bo‘lgan son bo‘ladi. Bu ob’ektlarda o‘rganilayotgan sifatning tartibini ko‘rsatib beruvchi sondir. Xulosa
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. B.R. Qodirov. Kasbiy tashxis metodikalar to’plami. - Toshkent, 2003. 2. E.G’.G’oziev, K.K.Mamedov. “Kasb psixologiyasi”. -Toshkent, 2003. 3. I.M. Kondakov. Diagnostika professionalnix ustanovok podrostkov.-Moskva,1997 . 4. A.F.Kudryashova. Luchshie psixologicheskie testi dlya profotbora i proforientatora. Moskva, 1992. 5. D. Abdullaeva, R.Yorqulov, N.Atabaeva. Oila psixologiyasi. Toshkent, «Noshir», 2005. Download 43.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling