Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg`ona filiali


Download 21.14 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi21.14 Kb.
#196252
Bog'liq
Ped5 - для слияния


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent Axborot Texnologiyalari

Universiteti Farg`ona filiali

Guruh : 611-18



Amaliy ish-5

Mavzu: Psixalogiyaning ilmiy –tadqiqot metodlari.

Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.

Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.

Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.



Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.

Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.

MEHNAT PSIXOLOGIYASI. Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik asoslarini o`rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta`sirini o`rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi.

INJENERLIK PSIXOLOGIYASI. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi muammolarni o`rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o`rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi.

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING predmeti ta`lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o`rganishdan iborat. Bu soha o`quvchilarda tafakkurning tarkib topishini, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o`zlashtirishni boshqarish muammolari, ta`lim samaradorligiga ta`sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o`quvchilar orasidagi munosabatlarni, o`quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta`lim va tarbiya berish kabi muammolarni o`rganadi. Pedagogik psixologiyaning ta`lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anamol rivojlangan bolalarga ta`lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko`plab tarmoqlari mavjud.

MEDITSINA PSIXOLOGIYASI. Psixologiyaning bu sohasi tibbiyot xodimlarning faoliyatini, bemorlarning xulq-atvorini o`rgandi. Meditsina psixologiyasi quyidagi qismlarga bo`linib ketgan: neyropsixologiya - psixik hodisalarning miyadagi fiziologik tuzilmalarini, asoslarini, mexanizmlarini o`rganadi; psixofarmakologiya - davolashda qo`llaniladigan turli xil dorilarning kishi psixikasiga ta`sirini o`rganadi; psixoterapiya – bemorlarni davolashda turli psixik ta`sirlardan foydalanishni; psixoprofilaktika va psixogigiena - turli psixik kasalliklarning kelib chiqishi, ularni profilaktika qilish masalalarini o`rganadi.

YURIDIK PSIXOLOGIYA - huquq tizimida turli tadbirlarni amalga oshirish mobaynida yuzaga keladigan ko`plab masalalarni ko`rib chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi.

HARBIY PSIXOLOGIYA - jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvori, boshliqlar va ularning qo`l ostidagilarning o`zaro munosabatlarining psixologik tomonlari, "psixologik urush" olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni o`rganadi.

Xulosa: Men bu amaliy ish qilish mobaynida psixalogiyaning ilmiy - tadqiqot metodlari yo’nalishlari, turlari , prinsiplari qanday bo’lishini, ularning jamiyat hayoti oldidagi ahammatini judaham muhim ekanligini bilib oldim.
Download 21.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling