Mustaqil ish mavzu: laguna fatsiya yotqiziqlari reja: Laguna fatsiya yotqiziqlari. Yotqiziqlar. Laguna yotqiziqlari
Download 77.39 Kb.
|
19.MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontinental yotqiziqlar
MUSTAQIL ISH Mavzu: LAGUNA FATSIYA YOTQIZIQLARI REJA: 1. Laguna fatsiya yotqiziqlari. 2. Yotqiziqlar. Laguna yotqiziqlari - lagunam hosil boʻlgan choʻkindi jinslar. Laguna yotqiziqlari mayda qum, alevrit, gil va karbonatli balchiklardan iborat. Dengizga yaqin joylashgan va undan sohil uyumlari chizigi bilan ajratilgan yoki u bilan boʻgʻoz (mas, Sivash, Qoraboʻgʻozgoʻl) orqali birlashgan sayoz havzalarda vujudga keladi. Laguna choʻkindilari anik, ifodalangan (baʼzida mavsumiy) qatlamliligi bilan tavsiflanadi. Dengiz va oqim suvning kelib quyilishidan laguna suvi shoʻr yoki chuchuk boʻlishi mumkin. Chuchuksuvli lagunalarda, asosan, qum-gilli yotqiziklar va organogen choʻkindilar — koʻmir, lignit, torf; shoʻrlanganlarida — dolomit, gips va boshqa minerallar (galit, mirabilit, astraxanit va h. k.) toʻplanadi. Laguna yotqiziqlari shu xususiyatlari bilan dengiz va quruqlik qatlamlaridan tubdan farq qiladi. Oʻzbekistonning jan. va gʻarbida yuqori yura kesimida Laguna yotqiziqlari 850 m kalinlikdagi osh tuzi, sulfatli togʻ jinslarini, paleogen davri kesimida 350– 400 m qalinlikdagi dolomit, ohak-tosh, gips, angidrit qatlamlarini tashkil qiladi. Laguna yotqiziqlarida neft, gaz, oltingugurt (Gugurttogʻ) konlari, shifo-baxsh mineral suv (Surxondaryodagi Xoʻjaipok bulogʻi) manbalari uchraydi. Laguna choʻkindilarida uchrovchi fauna turlari suv havzasining shoʻrli darajasini koʻrsatadi. Oʻzbekistonda Laguna yotqiziqlari turli yoshdagi jinslarda mavjud.[1] Kontinental yotqiziqlar - togʻ yon bagʻirlarida, daryo, botqoklik va koʻllar tubida hamda dasht va choʻllarda hosil boʻlgan yotqizikdar. Kontinental yotqiziqlar har xil ikdim va tabiiy geografik sharoitlarda hosil boʻlgan. Shuning uchun Kontinental yotqiziqlar tarkibi, qatlamlanishi, rangi, hayvon, oʻsimlik qoldiqlari va ulardagi qazilma boyliklarining turli-tumanligi bilan delta yotqiziqlaridan farq qiladi. Kontinental yotqiziqlardagi organik qoldiqlar (flora va fauna) faqat quruklikka xos boʻlib, dengizga mansublari dengiz va quruqlik chegarasida uchraydi. Kontinental yotqiziqlar saralanmagan dagʻal, chaqiq togʻ jinslari, konglomerat, shagʻal tosh va boshqalardan tashqil topgan (qarang Allyuviy, prolyuviy). Organogen va xemogen choʻkindilar aksariyat botkrkdik va koʻllarda toʻplanadi. Dasht va choʻllarda, daryo terrasalarida eol yotqiziklar va vaqtincha suv oqimidan qum, alevrit va loyqa bilan birga temir konkretsiyalari, kaolin, torf, koʻmir paydo boʻladi. Issiq va sernam gumid iqlim sharoitida tub jinslarning kimyoviy nurashidan alyuminiyga boy laterit, boksit, kaolin (delyuviy, elyuviy), koʻmir qatlamlari vujudga keladi. Issiq, yogʻingarchilik kam boʻladigan iqlimda koʻproq qizil rangli choʻkindi jinslar toʻplanadi. Oʻrta Osiyo hududida yura davrining kulrang, boʻr va neogen davrining qizil rangli Kontinental yotqiziqlar koʻp, ularning qalinligi togʻ oldi tekisliklarida bir necha ming km ga yetadi. Kontinental yotqiziqlarda temir rudasi, koʻmir, torf, kaolin, oʻtga chidamli giltoshlar, har xil tuz va gips konlari hamda oltin, qalay, magnetit, platina, olmos va boshqa nodir metallarning sochma konlari uchraydi. Oʻzbekistonning gʻarbi va Tojikistondagi boʻr davri hamda Fargʻona vodiysidagi neogen davri Kontinental yotqiziqlarda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan gaz va neft konlari bor.[1] Download 77.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling