Mustaqil ish mavzu: Vaqt birligi etalonini amalga oshirish


Download 217.88 Kb.
Sana22.11.2020
Hajmi217.88 Kb.
#149779
Bog'liq
Mustaqil ish- Fizika 1111

MUHAMMAD AL- XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI  

MUSTAQIL ISH

MAVZU: Vaqt birligi etalonini amalga oshirish

Bajardi: 710-20 guruh talabasi Abduxalilov J.J.

Tekshirdi: Abduraxmonov Q.P.

REJA:

  • 1. Vaqt birligini astronomik aniqlash;
  • 2. Sutka – kecha va kunduz davri;
  • 3. Yerning quyosh atrofida aylanish vaqti;
  • 4. Atom fizikasi vositalari yordamida vaqt birligini aniqlash va amalga oshirish;
  • 5. Xulosa;
  • 6.Foydalanilgan adabiyotlar.

Yerning osmondagi biron – bir yulduzga nisbatan to’la aylanish davri yulduz sutkasi deyiladi. Biroq kundalik turmushimiz Quyoshning chiqish va botish vaqtlari bilan belgilanganidan, biz Quyosh sutkasi bilan ish ko’ramiz. Biz ishlatadigan vaqtni o’lchashda Yerning o’z o’qi atrofida Quyoshga nisbatan bir to’la aylanib chiqish vaqti – Quyosh sutkasi asos qilib olingan.

Quyosh sutkasi deb,Quyoshning ikki marta ketma – ket yuqori kulminatsiyasidan ( boshqacha aytganda, tush paytidan ) o’tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi.

Quyosh vaqti deb, Quyoshning sutkalik ko’rinma harakatida markazining quyi kulminatsiyasidan ketib, osmonning ma’lum nuqtasiga borguncha ketgan vaqtning Quyosh sutkasi ulushlarida ifodalanganligiga aytiladi.

Mahalliy vaqt. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta aylanib chiqadi.

Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g‘arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi, ya’ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan.

Vaqt hisobi Grinvich meridiani vaqtidan boshlanadi.

Qadimda hindlar foydalangan Quyosh soati

Sutka — Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta aylanish davriga teng boʻlgan vaqt oʻlchov birligi.

Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham yuritiladi.

Sutka kunduz va tun, ertalab va kechqurundan tashkil topgan. Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bulinadi. Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi teng kunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqtga teng .

Yulduz sutkasi haqiqiy (pretsessiya va nutatsiya hisobga olinsa) va oʻrtacha (faqat pretsessiya hisobga olinsa) yulduz sutkalariga ajraladi. Nutatsiya taʼsirida haqiqiy yulduz sutkasining uzunligi oʻzgarib turadi. Quyosh bir sutka davomida osmon sferasida 1° sharqqa tomon siljiydi. Shu sababli, yulduz sutkasi bilan amalda vaqtni oʻlchash noqulay boʻlib, u kun va tunning almashinishi bilan to’g’ri kelmaydi.

Quyoshning ekvator buyicha yil davomida doimiy burchak tezlik bilan harakat qiluvchi oʻrtacha Quyosh sutkasi (24 soat 3 min 56,55536 s yulduz sutkasi) olinadi. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasi yoki 365,2422 Quyosh sutkasidan iborat.

Astronomik birlik – astronomiyada masofa birligi; Yerdan Quyoshgacha bo'lgan o'rtacha masofaga teng. Astronomik birlikni aniqlash uchun Quyoshning gorizontal parallaksi aniqlanishi lozim. Deyarli barcha astronomik hisoblashlarda 1 a.b.=149.6 mln. km deb olinadi. Yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari. Vaqtning asosiy birligi sifatida Yerning o’z o’qi atrofida bir marotaba to’la aylanib chiqishi davri sutka olinadi.

Astronomiyada tanlangan nuqtalar sifatida bahorgi tengkunlik, Quyoshning gardishini markazi, o’rtacha Quyosh deb ataluvchi va o’rni istalgan payt uchun nazariy hisoblab topiladigan faraziy nuqta olinadi. Bu nuqtalarni osmon sferasidagi vaziyatlariga qarab aniqlangan vaqt mos ravishda yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari deyiladi.

Vaqt kvantlanmagan tashqi parametr, u oʻzgarmasdir. Umumiy nisbiylik nazariyasiga koʻra esa, vaqt fazo-vaqt tizimining manfiy ishorali toʻrtinchi oʻlchamidir, demak u oʻzgara oladi (masalan, kuchli gravitatsion linza effektlaridagi kabi). Vaqt birligi- sekund 133-seziy atomining asosiy xolatdagi 2 ta o’ta nozik energetic satxlari orasida o’tishga tegishli 9192631770 nurlanish davrlariga teng bo’lgan vaqtga aytiladi.

ATOM SOATI (kvant soati) — vaqtni oʻlchashda ishlatiladigan qurilma. Atom soati yerda vaqtni oʻlchash uchun oʻzgarmas davriy jarayon sifatida atomlarning xususiy tebranishlaridan foydalaniladi. Atom soatida «mayatnik» vazifasini atomlar bajaradi. Atomlar bir energiya sathidan ikkinchi energiya sathiga oʻtganda ularning nurlanish chastotasi Atom soati yurishini rostlab turadi. Atom soati vaqtni astronomik usullardagidan ham aniqroq oʻlchashga imkon beradi. Hozir qoʻllanilayotgan atom etalonlarida seziyning atom dastalaridan foydalanilmoqda.



XULOSA

Qadimda insonlar o’zlarini kun tartibini tuzib olish uchun Quyoshdan unumli foydalanishgan va Quyosh orqali ular soatni ham ixtiro qilishgan. Shu tariqa insonlar o’zlarini astronomiyaga oid bilimlarini rivojlantirib kelishgan. Sutka odamlar qadimdan foydalangan birliklardan biridir. Yerning quyosh atrofida aylanishidan Yerda tun va kun hamda fasllar vujudga kelgan. Atom fizikasi yordamida vaqtni eng zamonaviy usul bilan o’lchashga erishishgan. Natijada bu soat 15 milliard yilda atiga 1 soniyaga adashishi mumkin ekan. Bu esa judayam katta natija hisoblanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar:


  • Q.P.Abduraxmonov, V.S.Xamidov. Fizika. Darslik Toshkent 2018y.
  • M.Mamadazimov. Astronomiya. Darsli Toshkent 2008y.
  • P.I.Bakulin,N.S.Blinov.Slujbo tochnogo vremeni M.1968y.
  • Uz.Wikipedia.org.
  • https://qomus.info/oz/encyclopedia.



Download 217.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling