Mustaqil ishi Bajardi: Shamsiyeva Yulduz Qabul qildi: Jumaniyazov Fazliddin 2023 yil


Download 61.82 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2023
Hajmi61.82 Kb.
#1340462
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish namuna





Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiya universiteti
Urganch filiali Axborot kutubxona yo’nalishi 971-22 guruh talabasi Shamsiyeva Yulduzning
"Dinshunoslik" fanidan


Mustaqil ishi

Bajardi: Shamsiyeva Yulduz


Qabul qildi: Jumaniyazov Fazliddin


2023 yil



Reja:

1. Mahmud Koshg‘ariyning «Odob as-solihin» asarining tarbiyaviy ahamiyati.

2. Dunyoviylik – dahriylik emas.
3. Komil inson tarbiyasida Husayn Voiz Koshifiy ilmiy merosining ahamiyati.
4. Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari.
5. Pravoslav cherkovlari diniy atrubutlari.
6. Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi.
7. Xulosa.



1. Mahmud Qoshg‘ariy - XI asrning o‘rta osiyolik filolog-olimi. 1072-1074 yillar arab tilida “Turk tili lahjalari”ni tuzgan. Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasi ilmiy uslublarini qo‘llab yozgan asari tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar uchun qadr-qimmatga ega. Bu - erta davr turk shevashunosligining yagona yodgorligidir.  Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al Qoshg‘ariy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida tug‘ilgan va qoraxoniy a’yonlarining oliy tabaqasidan kelib chiqqan. Uning otasi Bolasog‘un shahrini boshqargan. Oliy tabaqadan kelib chiqishi olimga o‘z davrining yirik siyosiy va madaniy markazi bo‘lmish Qashqarda ajoyib ta’lim olish imkonini berdi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimiboshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonliFarmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligich qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Respublikamizda bugungi kunda jami 7104 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi. Ulardan 5604 tasi (79%) – davlat, 63 tasi idoraviyva 1437 tasi (21 %) – nodavlat muassasalardir. 3-7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 %), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 %) va qishloq joylarida 432 074 nafari (17,4 %) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Umuman, mamlakat bo’yicha 3-7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim muassasalarida 28,1 ta joy to’g’ri keladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi kamchiliklar qatorida maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhlari bolalarining matematik tasavvurlarini davlat talablari asosida shakllantirish ishlari ham talab darajasida emas.
2.Hozirgi kunda internet olamida dunyoviylik va diniylik borasida turli bahslar avj olmoqda. Jamiyatda dunyoviylik dindan uzoqlashtiradi, ahloq va ma’naviyat tanazzuliga olib keladi degan nihoyatda yanglish fikrlar yangrayotganligi achinarli holat.Bir oddiy haqiqatni anglash lozim, dunyoviylik hech qachon dinni yoki diniy qadriyatlarni rad etmaydi. Aksincha, faqat dunyoviy huquqiy davlat dinning rivojlanishi va dindor insonlarning diniy marosimlarini bajarishi uchun kerakli shart-sharoitlar va huquqiy kafolatlar bera oladi.Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘lib, barcha fuqarolarning irqi, millati, kelib chiqishi, diniy qarashlaridan qat’iy nazar, qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Davlat organlari qonun doirasida faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlarning ichki hayotiga aralashmaydi, barcha diniy tashkilotlar va konfessiyalarning qonun oldida tengligi ta’minlanadi.Davlat taraqqiyoti, jamiyat obodligi, aholi faravonligi avvalo erkinlikkka bog‘liq. Ilm-fan, tibbiyot yangi texnologiyalar faqat inson va ijod erkinligi ta’minlangan jamiyatda rivojlanadi. Aynan shu sababli ham barcha rivojlangan davlatlar, ya’ni ilm-fan yuksak darajada rivojlangan, iqtisodi baquvvat bo‘lgan, jamiyati barqaror va aholisi farovon turmush kechirayotgan davlatlar –dunyoviy rivojlanish yo‘lini tanlagan davlatlardir.Dahriylik (arab, dahr — vaqt, taqdir, falak) — islom paydo boʻlmasdan ilgari arab jamiyatida keng tarqalgan aqida. "Oʻlim", "takdir", "ajalning yetishi" maʼnolarini anglatgan bu aqidaga koʻra, insonning taqdiri oldindan belgilab qoʻyilgan, u erkin iroda yoki ixtiyor egasi emas, peshonasiga "yozilgan" narsa, albatta, sodir boʻladi va undan qutulishning iloji yoʻq. Johiliya arablarida narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat chekkanga u Doʻnyoda ajr, gunoh ishlar qilganlarga azob berilishiga ishonch yoʻq edi. Borliq egasi, oliy hokimi sifatida muayyan bir xudo emas, qandaydir "dahr", taqdiri falak, inson irodasi bilan hisoblashmaydigan va undan yuqori turadigan tasodifiy oʻzgarishlar jarayoni tasavvur qilinardi. Ularning eʼtiqodicha, oʻlimdan soʻng hamma narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun bilan yashab qolish kerak. Bunday hissiyot Qurʼonda quyidagi soʻzlar bilan ifodalangan: "Ular deydilar: faqat bitta — bu dunyodagi hayotimiz bor —yashaymiz va oʻlamiz; bizni dahr (vaqt, takdir) xalok qiladi" (Josiya surasi, 24-oyat). Keyinchalik, islom adabiyotida "dahriy" soʻzi "moʻʼmin" soʻzining aksi sifatida ishlatila boshlandi. Oʻrta asrlarda bir qancha asarlarmutafakkir va shoirlar (mas, Mansur Halloj) D.da ayblanib, shafqatsiz jazolangan. Hozir ham musulmon dunyosida D. qoralanadi. D. va ateizm atamalari bir maʼnoni anglatmasada, shoʻrolar davrida ularni sinonim soʻz sifatida ishlatish rasm boʻlib qolgan edi.Buni aynan inson huquqlari va diniy erkinlik bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydigan AQSh va G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Hatto aholisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan Turkiya yoki Indoneziya davlatlari ham aynan dunyoviylik yo‘lidan ketishmoqda va tarixiy tajriba buni eng to‘g‘ri yo‘l ekanini isbotlamoqda.O‘zbekiston qadimdan turli millat va elat hamda konfessiya vakillari o‘zaro tinch-totuv yashab, o‘z diniy ibodat va rasm-rusumlarini emin-erkin bajarib kelgan bag‘rikeng diyor sifatida qadrlanib keladi.


Download 61.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling