Mustaqil ishi Mavzu: Gul tuzilishi to`pgullar va ularning klassifikatsiyasi Bajardi: Abduvohidov Dilshod Tekshirdi: Isomov Eldor Reja


Download 0.96 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1405165
Bog'liq
Презентация1


Toshkent davlat agrar universiteti
Samarqand filiali
Agrobiologiya fakulteti Mevachilik va uzumchilik yo`nalishi
talabasi Abduvohidov Dilshodning
Botanika fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu: Gul tuzilishi to`pgullar va ularning klassifikatsiyasi
Bajardi: Abduvohidov Dilshod

Tekshirdi: Isomov Eldor
Reja:
Gulning tuzilishi va qismlari;
Topgullar va ularning klassifikatsiyasi;
Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar.

  GULNING QISMLARI.     Gul aslida shakli o‘zgargan novda bo‘lib, uning qismlari bajaradigan vazifasiga ko‘ra metamorfozga uchragan. To‘liq gul quyidagi qismlardan: gulbandi, gulo‘rni, gul-qo‘rg‘on, gultoji, changchi va mevachidan  iborat.

Gultoji va gulkosa birgalikda gulqo‘rg‘on deb yuritiladi


Gulkosa – Calyx
Gultoj – Corolla
Changchi – Androtsey
Urug`chi – Genitsey

Changchilar gulda 1 tadan bir nechta, hatto o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Uning soni bir turga mansub o‘simliklarda odatda bir xil, shu sababli bu asosiy sistematik belgilardan biri hisoblanadi. Masalan, tolda 2 ta, g‘allalarda, gulsafsardoshlarda ular-ning soni 3 ta, qoqidoshlarda 5 ta, loladoshlarda 6 ta, dukkaklilarda 10 ta va hokazo. Guldagi changchilar to‘plami esa androtsey deyiladi.


Gul qismlari
Gulda bitta yoki bir nechta urug‘chi bo‘lishi mumkin. Guldagi urug‘chilar to‘plamini ginetsey deb yuritiladi. Urug‘chi urug‘langandan so‘ng meva hosil bo‘ladi, shu sababli uni ba’zan mevachi ham deb yuritiladi. Urug‘chi odatda 3 qismdan: tuguncha, ustuncha va og‘izchadan iborat.
Agarda gulda ham androtsey, ham ginetsey bo‘lsa, u ikki jinsli gul deyiladi. Bir jinsli gullarda faqat androtsey yoki ginetsey bo‘ladi. Faqat androtseyi bo‘lgan gullar bir jinsli erkak gul, faqat ginetseyi bo‘lgan gullar esa bir jinsli urg‘ochi gul deyiladi.
Erkak va urg‘ochi gullar bitta o‘simlikning o‘zida joylashgan bo‘lsa, bular bir uyli o‘simlik deyiladi. Masalan, yong‘oqning yosh novdalari uchida urg‘ochi gullar, ikki yillik novdalarida kuchala to‘pgulda esa erkak gullari joylashgan.
Murakab to`pgullar uchinchi va undan ham yuqori tartibli gulpoyalarda joylashadi. Oddiy botrik To`pgullar: oddiy shingil To`pgul.; asosiy gulpoyaga gullar uzun gulbandlari bilan joylashgan (karam, rediska, achambiti); oddiy boshoq To`pgul.; uzun gulpoyaga mayda bandsiz gullar bilan oʻrnashgan (zubturum); kallaksimon To`pgul. kalta; yoʻgon gulpoyaga gulbandsiz gullar bn zich joylashgan (toʻngʻiztaroq, beda, sebarga); oddiy soyabon .
Murakkab to`pgul
XULOSA.
Gul-shakli o’zgargan, o’sishi chegaralangan, spora hosil qilishga xizmat qiladigan generativ organdir. Gul olti qismdan iborat: gul bandi, gul o’rni, kosachabarg, tojibarg, changchi va urug’chidan tashkil topgan . O’simliklarning gullari nihoyatda xilma-xil bo’lishiga qaramay, ularning bir qator qismlari umumiy bo’ladi. Gulning poya qismi, uning o’qi gulband, uning yuqori kengaygan qismi esa gul o’rni deb ataladi.
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Xamdamov I.X., Mustanov S.B., Xamdamova E.I., Suvonova G.A. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi (Botanika) darslik – T.,2013. – 375 b


2. Alimova R.A., Sagdiyev M.T. O’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi: o’quv qo’llanma – T., 2013 – 320 b
3. Belolipov I.V., Axmedov X.A., Buxorov K.X. Botanikadan laboratoriya mashg‘ulotlari. – T., 2014. – 189 b.
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling