Mustaqil ishi Mavzu: Simsiz aloqa tizimlarida axborot resurslarini himoyalash Reja: Axborotlarni kodlash usullari


Download 244.52 Kb.
bet1/9
Sana25.01.2023
Hajmi244.52 Kb.
#1122118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ne`matov Elyorbek mustaqil ishi2


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Urganch filiali “Kompyuter injineringi” fakulteti 961-21 guruh talabasi Ne`matov Elyorbekning Kiberxavfsizlik asoslari fanidan


Mustaqil ishi
Mavzu: Simsiz aloqa tizimlarida axborot resurslarini himoyalash


Reja:

1. Axborotlarni kodlash usullari.
2. Axborotlarni Morze, Sezar, Gamilton marshrutida shifrlash
3. Axborot xavfsizligida himoyalash usullari, Axborotni kodlashtirish,Kriptografik himoyalash
4. Ma`lumotlarni kodlash haqida.
5. Simsiz aloqa tizimlarida axborot resurslarini himoyalash.
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kodlash – axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi


uchun ularni aniq bir qoidalar asosida boshqa ko‘rinishga
o‘tkazishdir.
Axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga bitta kod, ya’ni
belgi yoki belgilar ketmaketligi
mos qo‘yiladi. Kodlangan axborotni
birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish dekodlash deb ataladi.

Kodlashda belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha


bo‘lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo‘yilgan kod
uzunligi bir xil bo‘lsa, tekis kodlash usuli deyiladi.

Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish


qulay bo‘lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham
qo‘llanilgan. Kodlashning bu ko‘rinishi shifrlash deb ataladi. Shifrlangan
axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish deshifrlash deb
ataladi.
Axborotlarni kodlash
Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo’lgan boshqa ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning ko’rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli formada tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, ma’lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, har bir o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter dasturlari yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin, masalan turli xil tovushlarni bir-biriga bog’lash.
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi. Harflar to’plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash deyiladi. Qoidaga ko’ra kompyuterda barcha sonlar nol va bir yordamida ifodalanadi(insonlar qanchalik o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik sanoq sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish va ularni o’qish uchun chiqarishda inson o’nlik formada amalga oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa ham, barcha zarur o’zgartirishlarni kompyuterdagi dasturlar bajaradi.


Download 244.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling