Mutaxasislikka kirish fanidan oraliq nazorat savollari Kredit modul tizimi o’zi nima?


Download 45.56 Kb.
bet1/6
Sana20.01.2023
Hajmi45.56 Kb.
#1103537
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mutaxasislikka kirish fanidan oraliq nazorat savollari


Mutaxasislikka kirish fanidan oraliq nazorat savollari
1.Kredit modul tizimi o’zi nima?
Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi.
2. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi:ularni tushuntiring?
Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
3.Kredit modul tizimining asosiy masalalari nimalardan iborat?
•o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
•bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;
•talabalar bilimini reyting ball asosida baholash;
•talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
•ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;
•ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.
4.Modul nima?
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi.
5.Modulda fanlar qay tarzda shakllantiriladi?
Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariyuslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi.
6.Modulga asoslangan o’quv dasturlari qanday ishlab chiqiladi?
o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi; talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan talablar; modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni ma’ruzalar mavzulari,seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar; o‘qitishning qisqacha
bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan -iborat
7. Modul asosida o’qitish tizimida talabalar bilimi qanday baholanadi?
Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi.
8.Kredit nima?
Kredit (credit) — talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir
9.Kredit qanday o’lchov?
Kredit — talabaning me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir.
10.Talabaga kredit qachon beriladi?
Talabaga kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.
11.Kreditning iqtisodiy tildagi tushunchasini izohlang?
Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.
12.Kredit texnologiyasi talabaga qanday huquqlarni beradi?
Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi.
13.Kredit qayerda va qanday maqsadda yaratilgan?
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan bo‘lib, o‘quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.
14.Kredit soati tushunchasini qachon va kim iste’molga kiritgan?
1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika ta’limining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot “kredit soati” tushunchasini iste’molga kiritadi.
15.Kredit soatlari bilan o’lchanadigan tizizm qachon joriy qilingan?
1870—1880-yillarda kredit soatlari bilan o‘lchanadigan tizim joriy qilinadi.
16.Kredit tizimida o’qish talalabarga qanday imkoniyat yaratib berdi?
Kredit tizimi bilan o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish talabalarga o‘quv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, ta’lim texnologiyalarini -takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.
17.Kredit modul tizimi Boloniya deklaratsiyasida ko’rsatilgan qaysi 2 funksiyani bajarishga xizmat qiladi?
birinchisi, talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini, ya’ni bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa OTMga to‘siqlarsiz, erkin ravishda o‘tishini (o‘qishni yoki ishni ko‘chirish)ni ta’minlaydi;ikkinchisi, talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha barcha o‘quv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yig‘indisi talabaning tanlagan dasturi bo‘yicha nimani qancha o‘zlashtirganligini namoyon etadi.
18.Boloniya deklaratsiyasi qachon imzolangan va necha davlat ishtirok etgan?
1999-yilda Italiyaning Bolonya shahrida 29 ta mamlakat vakillari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolanadi.
19. Kredit o‘lchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha keng tarqalgan to‘rtta modelni ayting?
Kredit o‘lchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha to‘rtta model keng tarqalgan. 1. Bular AQShning kredit tizimi (USCS);2. Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS);3. Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS);4. Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS)
20. Yevropa ta’lim tizimida o‘quv kurslari va barcha ta’lim jarayoni qanday baholangan, O‘zbekiston hamda MDHning boshqa mamlakatlaridachi?
Yevropa ta’lim tizimida o‘quv kurslari va barcha ta’lim jarayoni kreditlarda, O‘zbekiston hamda MDHning boshqa mamlakatlarida esa akademik soatlarda hisoblanib kelinardi.
21. ECTS tizimi bo‘yicha har bir oliy ta’lim muassasasiga qanday imkoniyatlar berilgan?
ECTS tizimi bo‘yicha har bir oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibini,har bir modul bo‘yicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, o‘qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy miqdorini mustaqil belgilaydi.

Download 45.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling