Muzey ashyolarini o`rganish


Download 35 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi35 Kb.
#1337245
Bog'liq
muzey-ashyolarini-o-rganish


Muzey ashyolarini o`rganish

Reja:




  1. Muzey predmetlari tushunchasi.

  2. Tarix ihtisosi bo`yicha muzeylarning predmetlari.

  3. Muzey predmetlari-ekspozitsiyaning asosiy yadrosi.


  1. Muzey predmetlari haqida dastlabki muzeografik yozuvlarda alohida aytib o`tilgan. I.D.Mayor (17 asr) muzey predmetlarini o`tmishning real, haqiqiy, buyuk ashyolari deb hisoblagandi. 19 asrda fanlarning ixtisoslashuvi natijasida muzey predmetlariga turli fanlar, san`at asarlari, qadimgi, tabiiy preparatlarning manbalari sifatida ya`ni, kolleksion predmet sifatida qaralgan.

  2. Hozirgi muzeyshunoslik fanida muzey predmetlariga har qaysi davrdan darak beruvchi, isbotlangan asl manba deb qaraladi. Muzey predmetlariga ilmiy va estetik baholar ham beriladi.

  3. Bizning davrda muzey predmetlariga inson faoliyati va tabiatning yashashi natijasi deb qaralib bular muzey hujjatlari hisoblanadi.

  4. Bular ashyoviy va tasviriy informatsiya manbai bo`lib, muzeylarni boshqa hujjat institutlaridan farqlantiradi.

  5. Muzey predmetlari bir vaqtning o`zida tarix xotirasi hamdir.

  6. Muzey predmetlari - muzeyda uzoq saqlanadigan muzey yig`imi bo`lib, u ijtimoiy va tabiiy-ilmiy informatsiya beradigan manba hisoblanadi.

  7. Tarix ixtisosligi muzeylarining fondlariga ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ichki va tashqi siyosat, madaniyat tarixini yorituvchi predmetlar kiradi.

  8. O`zga institutlardan (arxiv va kutubxona) farqi kompleks ravishda ashyoviy hujjatlashtirishdir. Arxiv va kutubxonalar o`z oldilariga barcha, davr, manbalarining turli tuman bo`lishini maqsad qilib qo`ymaydi. Muzeylar uchun mazmun, hajm va informatsiya hajmidan tashqari informatsiya hajmidan tashqari informatsiyalarni yetkazib berish uslubi ham boshqacha. Manbalarning aniq tipiga kiruvchi ashyoviy moddiy madaniyat yodgorligi va tasviriy, so`zlash(yozma va og`zaki) predmetlarning informatsiya imkoniyatlari ham bir-biridan farq qiladi.

  9. Manbalar tipini saralashda tabiat, predmetning kelib chiqishi, formasi, funksiya belgisini o`rganuvchi semiotika bizga katta yordam beradi.

  10. Ba`zi predmetlar moddiy ishlab chiqarish asnosida paydo bo`ladi. Bular ashyoviy manbalar hisoblanib, bizning tilda moddiy madaniyat yodgorligi deyiladi.

  11. Ashyoviy manba ishonchli, daliliy bo`lib, ikkinchi tomondan informatsion imkoniyati cheklangan. Ashyoviy manba-mavhum tushunchalarni ifodalamaydi. Hatto muzey ashyolaridan tangani olsak ham uning ahamiyati aniq.

  12. Boshqa manbalar- yozma, tasviriy, fonoyozuvlar orqali keng tushunchaga ega bo`lamiz. Tasvirda sezgi orqali seziladigan rang konfiguratsiyalar mavjud. Bular semiotikada tasviriy manba deyiladi. Ulardagi ashyosi formasi, rangi aniq ko`rinadi. Semiotika buni ikonik manbalar deydi. Ularga tasviriy san`at asarlari (rasm, grafika, badiiy plakat, haykaltaroshlik) kiradi. Sxematik tasvirga ega bo`lgan chizmalar, rejalar, kartalar, aniq razmer, geometrik forma to`g`risida aniq ma`lumotlar bera oladigan turga kirib sxematik tasvir deyiladi.

  13. Yozma manbalar aniq-ko`rinishlar orqali emas - belgi-so`z ramzi bo`lib xizmat qiladi. Yozma manbalar keng ma`lumot bergan oladi. Ularga xronikalar, yilnomalar, qonunchilik hujjatlari, senatistik-dalillar, ilmiy ishlar, noyob kitoblar va boshqalar kiradi.

  14. Yozma manbalarni uch guruhga bo`lish maqsadga muvofiq.

  15. Qonuniy, siyosiy, statistik, olimlar tadqiqot-lari va boshqalar.

  16. Estetik zavq beruvchi badiiy adabiyot.

  17. Publitsistik, memuar, xronika yilnomalar.

  18. Fonoyozuv va mikrofilmlar ham katta ahamiyatga ega.

  19. Bu manbalarning eng qadimgisi moddiy manbalar bo`lib, keyinchalik tasviriy va belgi-ramz natijasida yozuv kelib chiqqan.

  20. Ashyoviy, tasviriy, yozma manba har muzeyda bo`la oladi, fonoyozuv va kinofilmlar kam uchraydi. Muzey predmetining qanchalik qimmatga ega ekanligini aniqlashda ularning asl nusxasiga, faktning ilmiy va ijtimoiy ahamiyatiga, ishonchliligiga, hajmiga, isbotliligiga, bajarish san`atiga, estetik xususiyatiga, saqlanish darajasiga e`tibor beriladi. Predmetning qanday materialdan qilinganligi emas, bajarilish san`atiga qaraladi.

  21. Tipli predmetlar - ko`plab chiqariladigan sanoat ashyosidan olinadi.

  22. Yirik muzey predmetlari - kamyob chiqariladi.

  23. Muzey predmetlari- ekspozitsiyaning asosiy yadrosi hisoblanadi. Ekspozitsion materiallar bir necha turda bo`ladi.

  24. Muzey predmetlari - madaniy tarixiy yodgorliklarni, barcha tipdagi tarixiy manbalarni, o`z ichiga olib eksponat rolini bajaradi. Bunga fotohujjatlar ham kiradi.

  25. Ashyoviy manbalar.

  26. Tasviriy materiallar.

  27. Yozma manbalar.

  28. Hujjat fonomateriallari.

Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling